Reja: Alisher Navoiy hayoti


Download 33.38 Kb.
Sana09.06.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1476308
Bog'liq
navoiy


REJA:
ALISHER NAVOIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI
KIRISH.
Reja:
1. Alisher Navoiy hayoti
2.Alisher Navoiyning ta’limiy-axloqiy qarashlarida etuk inson tarbiyasi mazmuni, shakl va uslubi
3. Alisher Navoiy asarlarida zamonaviy pedagogikaning o’rni
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

KIRISH.
Allomaning tasavvuridagi komil inson o’z qiyofasida eng yuksak insoniy fazilatlar mujassam eta olishi lozim. Chunonchi, u ijodkor, qobiliyatli, shu bilan birga ilm-fanga nisbatan muhabbatli bo’lmog’i zarur. Alisher Navoiyning qarashlariga ko’ra, ana shunday sifatlarning sohibi bo’la olgan insongina o’z kuchi hamda aqlu zakovatiga ishonadi. O’z kuchi va aqlu zakovatiga qattiq ishona olgan insongina turli qiyinchiliklarga bardosh bera oladi, u o’ta murakkab muammolarni ham echimini topa olishga qodir. Ilm-fan sirlaridan xabardor bo’lishning inson ahamiyatini yoritar ekan, alloma ayni o’rinda ilmni qorong’ulikni yoritadigan chiroq, hayot yo’lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning haqiqiy qiyofasini ko’rsata oluvchi omil sifatida ta’riflaydi. Ushbu fikr mutafakkir tomonidan yaratilgan «Nazmul-javohir» asarida quyidagicha bayon etiladi:


Kim olim esa nuqtasida barhaq de oni,
Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.
Har kimsaki yo’q ilm axmaq de oni,
Majlisdaki ilm bo’lsa uchmaq de oni1 .Mazkur to’rtlikning mazmunida ilmli, oqil odam o’z maqsadiga erishish yo’lida uchraydigan har qanday qiyinchilikni engib o’tadi, kim ilmni o’ziga tayanch qilib olsa, u hech qachon qoqilmaydi, zero, ilm insonning baxt-saodatini ta’minlashga xizmat qiladi degan g’oya o’z aksini topgan.«Hayrat ul-abror» dostonining o’n birinchi maqolatida esa mutafakkir ilmni quyosh, oy hamda kunduz sifatida quyidagicha ta’riflanadi: «Ilm sipehrning baland axtarligidakim, jahl tunin yoritmoq uchun «ayn»i ( ), quyoshdan va «lom»i ( ) oydin va «mim» ( ) kunduzdin nishona aytur. Va jahl shomi tiyra manzaralig’dakim, g’aflat chohini zalolat kechasida zohir qilib, bu kechada shahovatdin fasona aytur. Va olimning bovujudi ganju mol tufroq aro najandligi» («ilm osmonning yulduzlaridek baland martaba, mavqega ega, bilimsizlik tunini yoritish uchun arab alifbosidagi «ayn» quyosh, «lom» oy, «mim» esa kunduz belgilarini ifoda etadi; bilimsizlik shomining qorong’i ko’rinishi g’aflat chohini pastlik kechasida zohir bo’lib, bu kechada olimning butun baxtsiz vujudi quyoshdek yuksak, johilning esa butun borlig’i boylik, mol bo’lsa ham tuproqdek xordir”). Ushbu o’rinda arab tilida ( ) aynning ma’nosi quyosh, ( ) lomning ma’nosi oy ( shaklan oyga o’xshaydi va abjid hisobida “o’ttiz”ni bildiradi), ( ) mimning ma’nosi esa kunduz ekanligiga alohida urg’u beriladi . Alisher Navoiy ilmni quyosh, oy hamda kunduzga o’xshatish orqali, u insonni baxt-saodatga eltuvchi vosita ekanligiga e’tiborni qaratadi.

1. Alisher navoiy xayoti va ta’limiy pedagogik qarashlari (1441-1501)


O’zbek adabiyotining asoschisi, she’riyat mulkining sultoni, ma’rifatparvar shoir, davlat arbobi Alisher Navoiy 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug’ilgan. Yosh Alisher favqulodda iste’dod egasi bo’lib, iste’dodining dastlabki ko’rinishlari u uch-to’rt yoshga to’lgan vaqtlardayoq namoyon bo’la boshlagan. Shu vaqtda u Fariddin Attorning «Mantiq-ut-tayr» asarini yod oladi.
Alisherdagi ilm o’rganishga bo’lgan kuchli qiziqish hamda ishtiyoqni o’z vaqtida anglagan ota-onasi uni 1445 yilda maktabga beradilar. Maktabda tahsil olayotgan chog’larida o’tmish mutafakkirlari va o’z zamonasining zabardast shoirlarining ijodlari bilan yaqindan tanishadi. Mazkur davrda badiiy mavjud asarlar mazmunini o’qib-o’rganish bilan kifoyalanib qolmay, 10-12 yoshidayoq mustaqil ravishda she’rlar yoza boshlaydi. Yosh Alisher tomonidan yaratilgan she’riy misralar o’zida yuksak badiiy va falsafiy g’oyalarni aks ettirar edi. Chunonchi, uning ustozi Lutfiyga o’qib bergan quyidagi misralari bugungi kunga qadar she’riyat ixlosmandlarining hayratiga sazovor bo’lib kelmoqda: Orazin yopqoch ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
Bo’ylakim, paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lgach quyosh. Qomusiy bilimlarni chuqur o’zlashtirgan Alisher Navoiy xalq orasida hurmat-e’tibor qozonadi. Bolalikda birga ulg’aygan do’sti sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiyning iste’dodi, bilimi hamda hayotiy qarashlarini yuksak qadrlagan holda uni o’ziga vazir etib tayinlaydi. Davlat arbobi sifatida faoliyat olib borgan Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlari, musiqa, hattotlik, tasviriy san’at hamda me’morchilikning rivoji yo’lida amaliy harakatlarni olib borish bilan birga yoshlarga ta’lim va tarbiya berish masalalariga ham alohida diqqat-e’tibor qaratdi. Ulug’ mutafakkir o’zining «Xamsa», «Mahbub-ul-qulub», «Munojot», «Vaqfiya», «Majolis-un-nafois», «Muhokamat-ul-lug’atayin», shuningdek, Abdurahmon Jomiyning «Arba’in» nomli asarining tarjimasi sifatida yaratilgan «Chihil hadis» («g’irq hadis») kabi asarlarida ta’lim-tarbiya masalalariga oid qarashlarini ifoda etadi.
Alisher Navoiy ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga undaydi. Mutafakkir ilm o’rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e’tirof etadi. Zero, ilm o’rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo’lishini ta’minlashga hissa qo’shishdir, deya ta’kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o’z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo’lida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Mazkur o’rinda Mirzo Ulug’bekni ana shunday xislatga ega bo’lgan kishilardan biri bo’lganligiga urg’u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni etuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to’g’rilik, rostgo’ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Alisher Navoiyning pedagogik qarashlari
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va in-sonparvarlik masalalari.
Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qo’shgan hissasi.
Navoiyning oqituvchi (mudarris) to’grisidagi fikrlari.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va taffakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyondasi, millatimizning g‘ururi, sha’n -u sharafini dunyoga tarannum qilgan o‘lmas so‘z san’atkoridir. Ta’bir joiz bo‘lsa, olamda tirkiy va forsiy tilde so‘zlovchi biron bir inson yo‘qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e’tiqod bilan qaramasa. “Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir”, I.Karimov.
Sharq xalqlarining adabiyoti qanchalik chuqur o‘rganilsa, bu xalqlar orasidagi adabiy aloqalar ham shunchalik ravshanroq ko‘rina boradi. Adabiy aloqalarning o‘rganilishi esa dohiy san’atkorlarning, adabiy maktab vakillarining ijodiy qudratini , ta’sir doirasini aniqlash uchun to‘laroq tasavvur beradi. Bu jihatdan Navoiy merosini o‘rganish alohida ahamiyatga egadir.
Navoiy merosini o‘rganish yolg‘iz o‘zbek olimlarininggina vazifasi emas. Navoiy buyuk bir adabiy maktab boshlig‘i sifatida dohiy Nizomiy kabi bir qancha xalqlarning adabiyotiga kuchli ta’sir ko‘rsatganligidan uning ijodini o‘rganish ham keng bir sohani tashkil etadi. Dunyo sharqshunoslari Navoiy merosini o‘zbek xalqining adabiyotini o‘rganish maqsadida tekshirsalar, sharq xalqlari tadqiqotchilari butun hayotini xalq baxt-saodatiga bag‘ishlagan bu ulug‘ san’atkorning hayoti va ijodini o‘z madaniyatlarini o‘z adabiyotlari tarixini chuqur o‘rganish, o‘zaro mushtaraklik tomonlarini aniqlash maqsadida o‘rganishgan. Chunki Navoiy tojik, eron, hind madaniyatida buyuk bir madaniyat homiysi sifatida mashhur bo‘lsa, ozarbayjon, turkman, qozoq, tatar, turk, qoraqalpoq xalqlari adabiyotida esa o‘zining kuchli ta’siririni ko‘rsatgan1.

Alisher Navoiy turk dunyosi adabiyotining eng mashhur vakilidir .Chunki hech kim bu til va adabiyotning ravnaqi uchun uningdek xizmat qila olgan emas. Navoiy ijodi turkiy adabiyotning eng yuksak cho‘qqisidir. Chunki hech kim unga qadar bu tilde bunchalik ko‘p va xo‘p (Bobur) yozmagan edi. Navoiy barcha xalqlarning eng buyuk shoiridir. Chunki u o‘zini “Xito(y)dan to Xuroson” gacha yoyilgan turkiy qavmlarning o‘z shoiri, deb bildi. Ularni bir adabiy til bayrog‘i ostida birlashtirdi, “yakqalam” qildi.Bu bilan millatning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ravnaqiga buyuk ta’sir ko‘rsatdi.


Navoiy asarlarining umuminsoniy g‘oyasi - insonparvarlik, xalqparvarlik, adolatparvarlik, do‘stlik, tinchlik, mehr va sadoqat, pok sevgi va vafo, ma’rifatlilik kabi go‘zal tuyg‘ularning yuksak badiiy shaklda ifodalashi orqali o‘zbek adabiyoti shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqdi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo’lsa ham, o’zining bu haqidagi fikrlarini turli ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiy o’zining umuminsoniy tarbiya to’g’risidagi fikrlarini badiiy asarlarida barkamol inson obrazini yaratish yo’li bilan bayon etdi.
Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g’oyalari bosh o’rinda turadi. Alisher Navoiyning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiy o’z davridagi barcha sof vijdonli insonlarning manfaatini himoya qildi. U inson uchun zarur bo’lgan umuminsoniy axloq qoidalarini o’rgandi, asar qahramonlari obrazida o’z qarashlarini aks ettirdi. Alisher Navoiy odamlarni axloqli va odobli bo’lishga da’vat etadi hamda axloqni bunday ta’riflaydi: “ Ahloq shaxsning og’ir baqolig’ libosidir va libos jismning sangin debosi. Shuning bilan birga odamni bezaydigan ham axloqdir”.
Alisher Navoiyning fikricha, inson uchun toj, davlat va boshqalar emas, balki eng yaxshi fazilatlar har qanday boylikdan afzaldir. Alisher Navoiy xalqqa ish bilan ham, so’z bilan ham foyda keltirish kerakligini aytadi. U xalq manfaati uchun ishlaydigan, xalqning baxt-saodati uchun kurashadigan kishilarni haqiqiy odam deb biladi:
Odami ersang demagil odami,
Onikim yo’q xalq g’amidin g’ami.
Xalqqa yordam berishni istamaydigan, xudbin, qora ko’ngil odamlarni Alisher Navoiy eng yomon odam, xalqqa zarar yetkazadi deb ta’riflaydi.
El qochsa birovdin el yomoni bil oni,
Ahvolida idbor nishoni bil oni.
Fe’l ichra ulus bolam joni bil oni,
Olam elining yomoni yomon bil oni.
Insonlar bir-birlari bilan do’st-inoq va hamjihat bo’lib yashamas ekanlar, o’z orzu-niyatlariga yeta olmaydilar, yakkalik, yolg’izlik bilan hech qanday ish qilib bo’lmaydi, shuning uchun ham u hamma insonlarni do’st bo’lib yashashga chorlaydi. Alisher Navoiy do’stlikni ulug’laydi, shu bilan birga soxta, g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi.
Navoiy ilm-ma’rifatni qadrlagan va unga homiylik qilgan. Shoir insonning ma’naviy kamolotini, avvalo, uning ilm va donish sohibi bo‘la olganligida deb biladi. Ilm o‘zidan o‘zi bo‘lmaydi, kishi faqat havas va ishtiyoq bilangina ilmga ega bo‘la oladi, deb hisoblaydi.Alisher Navoiy hikmatlarida olam- olam ma’no mujassamdir. Uning hikmatlarida ilm-ma’rifat, mehr- oqibat, insoniylik kabi masalalar markaziy o‘rinni egallaydi.
Birovkim qilsa olimlarga ta’zim,
Qilur go‘yoki payg‘ambarga ta’zim.
Shoir olim ahlini qadrlaydi, ulug‘laydi.Olimlarga ta’zim qilish- payg‘ambarga ta’zim qilsh bilan barobar ekanligini ta’kidlaydi. Jumladan:Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
Navoiy kishi bilimga ega bo‘lishi uchun oz-ozdan o‘rganib borishi lozimligini, bilimlari yig‘ilib ma’lum ko‘nikmaga ega bo‘lishi mumkinligini yozadi va buni tomchi-tomchi sivlar yig‘ilib daryoga aylanishiga o‘xshatadi.Haq yo‘linda kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,Aylamak bo‘lmas ado aning haqin yuz ganj ila.
Ushbu jumlalarda birinchi ustoz haqida gap boradi. Ilk ustoz tolibiga savod chiqarishida ko‘maklashadi, bu bilan uning hayot yo‘lini- to‘g‘ri yo‘lni belgilab beradi.Ustozning bu xizmatini yuzlab xazinalar bilan ham to‘lay olmaslikni Navoiy shu ikki misrada bayon qiladi.Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi amoliga qarab baho beradi. Odamiylikning mezoni bu -porsolik (taqvodorlik), pokdomonlik va haqparastlikdir. Uyg‘oq qalb sohibi nazdida har qanday holatda ham to‘g‘ri so‘zni ayta olgan, haqiqat tarafida turib harakat qilgan kishigina inson nomiga munosib. Aksincha, sharoitga qarab o‘zgaraverish, o‘z shaxsiyatini asrab, haq gapni aytishdan qo‘rqish -bu imonsizlik belgisi. Yaxshilikka davogarlik qilgan holda yomonlar hayliga ham sherik bo‘lib ketaverish -bu munofiqlik namunasidir.

Aytish lozimki, Navoiy insonga tanbeh berar ekan, avvalo o‘z hayotiy kuzatishlariga asoslanadi. Pok e’tiqodi, ijtimoiy qarashlari taqozosiga ko‘ra mulohaza yuritadi. Ulug‘ inson tafakkurining hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan xulosaviy fikr -mulohazalari xalqning “Yaxshiga yondosh, yomondan qoch”, “yaxshi bilan yurding yetding murotga, yomon bila yurding, -qolding uyatga”, “Yaxshi odam yo‘ldoshidan bilinar”, “Do‘sting kimligini aytsang, sening kimligingni aytaman” kabi maqollar bilan butunlay mushtarakdir.Uyg‘oq qalb sohibi nazdida yaxshi inson yoki yaxshilik tushunchasining ma’nosi nihoyatda keng bo‘lib, unda imon va etiqod, odat va hayo kabi inson zotini bezaydigan go‘zal fazilatlar jamuljam bo‘lgan. Odamiylikning mezoni bu faqat o‘zi uchun emas, balki, o‘zgalar manfaati , xalq g‘am- tashvishi bilan yashashdir. Binobarin, axloq targ‘ibotchisining navbatdagi tanbehi ham yaxshilik xususida: “Baxlning andoqki, butun topqoni zaxira bo‘lg‘ay, tong va qabri ham bu kungi maoshi uyidek tiyra bo‘lg‘ay.Zuhdu taqvo barcha vaqtda dilpisanddur, ulug‘lar nazarida arjumandroq . Yaxshiliq va yomonliqni kim qildikim, jazo ko‘rmadi. Saloh va fasod tuxmin kim ekdikim, o‘rmadi”.


Shoir insonga xos qusurlar va hislatlar haqidagi fikrini quyidagi bayt bilan yanada oydinlashtiradi va qissadan hissa chiqaradi:
Yaxshiliq tuxmin sochg‘ilkim budur dehqong‘a so‘z,
Har nekim ekding bugun borin hamon tut oning ko‘z.
Alisher Navoiy ilm o'rganishga intilishni inson kamolotini ta'minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta'riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g'oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma'rifatli bo'lishga undaydi. Mutafakkir ilm o'rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e'tirof etadi. Zero, ilm o'rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo'lishini ta'minlashga hissa qo'shishdir, deya ta'kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o'z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo'lida faoliyat olib borishlariga ishonadi.Mazkur o'rinda Mirzo Ulug'bekni ana shunday xislatga ega bo'lgan kishilardan biri bo'lganligiga urg'u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo'lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni yetuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to'grilik, rostgo'ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.Mutafakkir axloqlilikning eng muhim mezoni odob deb hisoblaydi. Odobli, axloqli bo'lish insonga atrofdagi kishilar o'rtasida muayyan mavqe hamda hurmatga sazovor bo'lishga yordam beradi. Odobga ega bo'lishning inson hayotidagi rolini ko'rsatib berar ekan, Alisher Navoiy shunday fikrlarni ifoda etadi: “Adab kichik yoshdagilarni ulug'lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod bahramand bo'ladi. Adab, kichkinalar mehrini ulug'lar ko'ngliga soladi va u muhabbat ko'ngilda abadiy qoladi”.Alisher Navoiyning asarlaridagi Farhod, Shirin, Layli, Dilorom, Qays, Shopur kabi ijobiy qahramonlar umuminsoniy tarbiya asosida tarbiyalanganlar, kamtarin, odobli, or-nomusli insonlardir. Bu qahramonlar orqali yoshlarni ulardan ibrat olishga chorlaydi.
Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o’z asarlarida har bir so’zdan unumli va o’rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo’ladi. Ulug’ shoir o’zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo’shdi, umuminsoniy fazilatlar to’g’risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir.
XULOSA:
Alisher Navoiy ilm o’rganishga intilishni inson kamolotini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. Ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaholatdan qutqazuvchi omil sifatida ta’riflaydi. Asarlari mazmunida ilgari surilgan g’oyalar yordamida kishilarni ilmli va ma’rifatli bo’lishga undaydi. Mutafakkir ilm o’rganishni har bir kishining insoniy burchi deya e’tirof etadi. Zero, ilm o’rganishdan maqsad ham xalqning farovon, baxtli-saodatli hayot kechirishini, mamlakatning obod bo’lishini ta’minlashga hissa qo’shishdir, deya ta’kidlaydi. Bilimli va dono kishilar hamisha o’z xalqining manfaati hamda mamlakatining ravnaqi yo’lida faoliyat olib borishlariga ishonadi. Mazkur o’rinda Mirzo Ulug’bekni ana shunday xislatga ega bo’lgan kishilardan biri bo’lganligiga urg’u beradi hamda uning nomi tarix sahifalarida abadiy saqlanib qoladi, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson faqat ilmli bo’lish bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni etuk inson sifatida ta’riflash uchun unda, yana shuningdek, sabr-qanoat, saxiylik, himmat, to’g’rilik, rostgo’ylik, tavoze, adab, vafo va hokazo sifatlarning ham mavjud bo’lishi taqozo etiladi.
Alisher Navoiy asarlari mazmunida o’z aksini topgan har bir fikr amaliy ahamiyatga ega, zero, mutafakkir ularni o’zining ulkan hayotiy tajribasiga tayangan holda bayon etadi. Alloma uzoq yillar davomida olib borgan hayotiy kuzatishlari va tajribasi asosida «Mahbub-ul-qulub» («Ko’ngillarning sevgani») asarini yaratadi. Ushbu asarda «Xamsa» dostonining tarkibiy tuzilmasidan o’rin olgan «Hayrat-ul-abror», shuningdek, «Nazm-ul-javohir» kabi ta’limiy-axloqiy asarlarida ilgari surilgan axloqiy qarashlarni mazmun jihatidan yanada boyitadi.Mutafakkir «Mahbub-ul-qulub» asarini yozishdan ko’zlagan asosiy maqsadini asar muqaddimasida quyidagi tarzda ochib bergan: «Har ko’cha-ko’yda yuguribman va olam ahlidin har xil kishilarga o’zimni etkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarini tajriba qilibman.Yaxshilik va yomonlikning aslini ham, zahrini ham tortib ko’rdim. Xasislar va karamlar etkazgan yara va bergan malhamni ko’nglim tag-tugi bilan sezgandirman. Zamon ahlidan ba’zi hamsuhbatlar va davr kishilaridan ayrim do’stlar bu hollardan xabarsiz va ko’ngillari bu yaxshilik va yomonliklardan asarsizdir...
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
Badiy adabiyotlardan foydalanilgan.
Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling