Bugungi kunda aminokislotalarni ajratib olinishini hamma uslublari orasida
mikrobiologik uslubga ko`proq e`tibor beriladi. Bu uslubning ustunligi shundaki,
unda kimyoviy biosintez uchun xos bo`lgan kamchiliklar uchramaydi va ajratib
olinadigan aminokislotalar biologik faol, ya`ni L-shaklda olinadi. Bu narsa
chorvachilik uchun yem-oziqa tarkibiga qo`shib beriladigan texnik preparatni
ajratish va tozalash imkonini beradi. Aminokislotalarni L-shaklini sanoat miqyosida
ishlab chiqarishni tashkil qilish ikki xil texnik sxema asosida amalga oshirilishi
farqlanadi. Birinchi xili bo`yicha mikrob o`stiriladgan suyuqlikni ikki bosqichda (ikki
bosqichli uslubda) olinsa, ikkinchisi bir bosqichda (bir bosqichli uslubda) olinadi.
Ikki bosqichli uslubda olinishi lozim bo`lgan aminokislotani mikrob hujayralarida,
uni sintezlanishi uchun xizmat qiladigan eng arzon turadigan manbalardan
foydalanishni nazarda tutadi. Bu o`rinda manba sifatida xizmat qiladigan moddani
hosil qilish va uni keyingi bosqich uchun tayyorlash jarayonning birinchi bosqichi
hisoblanadi. Bu bosqichga ferment preparatini (odatda mikrob tabiatli) biosintezi ham
kiradi, hamda bu ferment manba sifatida xizmat qiladigan moddani maqsadli ravishda
tegishli
aminokislotagacha
transformatsiyalaydi.
Bunda
sanoat
miqyosida
fermentlarning produsenti (mikroorganizmlar biomassasi) ni o`stiriladi. Biomassani
mikrob o`stirilgan suyuqlikdan ajratiladi va bevosita transformatsiya uchun
foydalaniladi yoki imkoniyat chegarasidagi har xil uslublar (mexanik, fizik-
kimyoviy, kimyoviy) vositalar yordamida hujayralarni shikastlantirgandan so`ng
foydalaniladi
Ikkinchi bosqichda esa, birinchi bosqichda mikroorganizm tomonidan ishlab
chiqarilgan ferment tizimidan foydalanib, aminokislotani sintezlanishi uchun xizmat
qiluvchi moddani aminokislotagacha transformatsiyalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: