Reja: amir Temur haqida Amir Temurning harami


Download 445.58 Kb.
Sana28.09.2023
Hajmi445.58 Kb.
#1689458
Bog'liq
Temuriylar shajarasi

Reja:

1 Amir Temur haqida

2 Amir Temurning harami

3 Temuriylar shajarasi



1 AMIR TEMUR HAQIDA
Amir Temurning onasi Takina xonim edi. Otasi Amir Taragʻay esa turkiy barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning buyuk ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻay ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. Shu bilan birga u, Sharafuddin Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, „ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi…“. Taragʻayjon piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻaybek 1405-yilda vafot etgan.
Amir Temurning katta opasi Qutlugʻ Turkon ogʻo va singlisi Shirinbeka ogʻo bor edi. Ular Temurdan oldin vafot etishgan va Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasidagi maqbaralarda dafn etilgan. "Muyizz al-Ansabʼga koʻra, Temurning yana uchta ukasi bor edi: Djuki, Olim Shayx va Suyurgʻatmish. Temurning bitta amakisi bor edi, uning ismi Bolta edi.

Temurning zamondoshi va asiri, uni 1401 yildan beri shaxsan bilgan Ibn Arabshoh shunday deydi:
Temur yaxshi qaddi-qomatli, baland boʻyli, peshonasi ochiq, boshi katta, ovozi kuchli, kuchi uning jasoratidan kam emas edi; yorqin qizarish yuzining oppoqligini jonlantirdi. Uning keng yelkalari, qalin barmoqlari, uzun sonlari va kuchli mushaklari bor edi. U uzun soqol qo'ygan; o‘ng qo‘li va oyog‘i shikastlangan. Uning nigohi juda mehrli edi. U o‘limdan nafratlanar, o‘limida 70 yoshga to‘lganidan biroz tortinchoq bo‘lsa-da, hali ham o‘z dahosini ham, qo‘rqmasligini ham yo‘qotmagan edi. U yolg'onning dushmani edi; hazillar uni qiziqtirmasdi. ... u qanchalik shafqatsiz bo'lmasin, haqiqatni tinglashni yaxshi ko'rardi. Yaxshi yoki yomon muvaffaqiyatlar uning kayfiyatiga ta'sir qilmadi. Jasur askarlarning do'sti, o'zi jasoratga to'la, u o'zini hurmat qilishga va itoat qilishga majburlashni bilardi”



2 AMIR TEMURNING HARAMI
Saroy Mulk xonim Chig‘atoy ulusiga mansub bo‘lgan mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga yetgach, 1355 yilda amir Husayn o‘z nikohiga kiritadi. 1370 yilda amir Husayn qatl qilingach, Amir Temur nikohiga kiradi. Zotan, sohibqiron Amir Temur mazkur Saroy Mulk xonim tufayli “Kuragon” unvoniga musharraf bo‘ladi. Kuragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, “kuyov” degan ma’noni ifodalar edi. Saroy Mulk xonim xon avlodiga mansub bo‘lgani tufyli haramdagi barcha malikalardan ulug‘ hisoblanib, “katta xonim” (Bibixonim) degan unvonga ega bo‘ldi. Saroy Mulk xonim o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir bo‘lgan. Amir Temur o‘zining ulug‘ bekasi Saroy Mulk xonimga atab 1399-1404 yillar mobaynida Samarqandda mashhur Bibixonim masjidini qurdirgan edi. Sohibqiro Amir Temur Saroy Mulk xonimdan farzand ko‘rmagan. Amir Temurning xaramlaridan yana biri Cho‘lpon Mulk Og‘o begim bo‘lib, Hojibek mo‘g‘illarining qizi edi. U nihoyat darajada go‘zal edi. U sohibqironning 1391 va 1394 yillardagi harbiy yurishlarida birga yurgan. Ibn Arabshoxning ta’kidlashicha, go‘yo vafosizlik qilgani uchun Temur uni o‘zi bo‘g‘ibo‘ldirgan deydi. Temur xaramlaridan ya’na biri Dilshod Og‘obegim bo‘lib, Sulton Uvays Shayx Hasan Jazoyiring qizi edi. U 776/1374 yilda Amir Temur nikohiga kiradi va 785/1383 yilda kasal bo‘lib o‘ladi. Undan farzand bor yo‘qligi no’malum. Sohibqironing suyukli xotinlaridan biri – Tuman Og‘obegimdir. Tuman Ogo begim Saroy Mulk xonimning akasi amir Musoning qizidir.Xonimga jiyan o‘rnidadir. Tuman Og‘o 1366 yilda tug‘ilib, 1378 yilda 12 yoshida Amir Temurga nikoh qilingan. U xusnda tengi yo‘q bo‘lgan. Uning sharifaga Samarqandda maxsus Bog‘i bihishitni barpo ettirgan. Temur vafotidan keyin Xalil Sulton 1406 yilda Shayx Nuriddin bilan bo‘lgan jangda yengilib, Tuman Og‘o begimni xotinlikka berishga majbur bo‘ladi. Shayx Nuriddin vafot etgach uni Xirotga olib keladilar. Amir Temurning yana bir xotini Tukal xonimdir, Hizr Xo‘janing qizi edi. 800/1397 yilda sohibqiron Amir Temur Konigulda katta to‘y o‘tkazib, Tukal xonimni o‘z nikohiga kiritadi. Tukal xonim xaramda (xon qizi bo‘lgani tufayli) Saroy Mulk xonimdan keyingi o‘rinda turgan, ya’ni “kichik xonim” deb atalgan. 1397 yilda sohibqiron Tukal xonim sharafiga Samarqandda “Bog‘i dilkusho”nibarpo ettiradi.
3 TEMURIYLAR SHAJARASI
Temuriylar shajarasi Oʻrta Osiyo va xususan Oʻzbekiston hududida XIV-XVII asrlarda hukumdorlik qilganlar. Buyuk sarkarda va hukumdor, markazlashgan davlat tuzishgan erishgan Amir Temurning avlodlari tarixda juda katta iz qoldirishgan. Amir Temurning 6 ta xotini boʻlgan, ularda eng kattasi Saroy Mulk Xonim boʻladi, Moʻguliy malika boʻlgan, Amir Temur Saroy Mulk Xonimga uylangandan keyin „Ko'ragon“ unvonini oladi, bu degani Moʻgʻul tilida kuyov ma'nosini beradi. Amir Temurning ikkinchi xotini Choʻlpon Mulk Ogʻo begim boʻlgan. Temurning yana bir xotini bu Dilshod Ogʻo begim Sulton Hasan Jazoy tarafdan boʻlgan. Amir Temurning[1] yana bir xarami Tuman Ogʻo begi hisoblanadi, u Saroy Mulki Xonimga qarindosh sanalgan. Amir Temurning yana ikki xotini boʻlgan ular Tukal Xonim va Rux Parvar Ogʻo boʻlganlar.Temurning ikki qizi boʻlgan Oʻgʻi Begi Xonim va Sulton Baxt Begim. Amir Temurning eng katta oʻgʻli bu Muhammad Jahongir Mirzo, uning tugʻilgan sanasi 1356-yil, onasi esa Turmish Ogʻo hisoblanadi. Umarshayx Mirzo Amir Temurning ikkinchi sevikli farzandi hisoblangan, 1356-yilda dunyoga kelgan Umarshayx Mirzo harbiy harakatlarda juda koʻp bor otasi bilan ishtirok etgan. Temurning 3 oʻgʻil farzandi Mironshoh Mirzo sanaladi va 1366-yil dunyoga kelgan. Amir Temurning soʻngi oʻgʻil farzandi bu Shohrux Mirzo 1377-yilda dunyoga kelgan


Download 445.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling