Reja: Analitik kimyo fani


Download 54.64 Kb.
bet3/4
Sana11.11.2023
Hajmi54.64 Kb.
#1766258
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Alisher Usanov

Kimyoviy analiz. Moddalarning kimyoviy tarkibiga doir ma’lumotlar to‘plash maqsadida bajarilayotgan amallar majmuasi kimyoviy analiz deyiladi. Kimyoviy analizning asosiy vazifasi tekshiriladigan namuna tarkibi qanday tarkibiy qismlardan iboratligi va ular qanday nisbatlarda ekanligini aniqlashdan iborat. Kimyoviy analizsiz xom ashyo va tayyor mahsulot sifatiga baho berish mumkin emas. Fabrika va zavodlarda kimyoviy analiz uchun maxsus laboratoriyalar mavjud. Shu laboratoriyadarda xom ashyo, ishlab chiqarilayotgan mahsulot va hattoki ishlab chiqarish chiqindilari ham analiz qilinada va shu asosda mahsulot sifatiga baho beriladi.
Analiz usuli(metodi) va uslubi (metodikasi). Analitik kimyoda analiz metodi va metodikasi tushunchalari mavjud .Kimyoviy analiz jarayoni analitik kimyoning usul va uslublari yordamida amalga oshiriladi.Analiz usuli deyilganda ob’yekt tarkibini aniqlashninganiqlanadigan modda va analiz qilinadigan ob’yektga bog‘liq bo‘lmagan nazariy jihatdan asoslangan keng qamrovli tadbir tushuniladi. Analiz uslubi deyilganda analizni bajarish tartibi va tanlangan usul asosidagi analizning to‘liq sxemasi tushuniladi.
Analitik reaksiyalar. Analizning kimyoviy usullari kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Analiz jarayonida foydalaniladigan ana shunday kimyoviy reaksiyalar analitik reaksiyalar, ularni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlardeb ataladi.
Analiz usuli va uslubi tushunchalariga mos ravishda analitiktadqiqotchi (kimyogar-analitik) va analitikamaliyotchi (kimyogar-laborant)tushunchalari mavjud. Analitik-tadqiqotchining vazifasi eng avvalo analiz usullarini ishlab chiqish, takomillashtirish va nazariy asoslashdan iborat. U kimyoviy analiz vositalarini (asosan asboblarini) o‘ylab topadi va konstruksiyasini ishlab chiqadi, analitik reagentlar va standart namunalarni yaratadi. Eng muhimi analitik tadqiqotchi turli ob’yektlar tarkibi va tuzilishini aniqlash metodikasini ishlab chiqaradi. Analitik amaliyotchi tayyor metodika bo‘yicha bir-biridan farq qiluvchi turli analizlarni yoki farq qilmaydigan bir xil moddani yalpi analizlarini bajaradi. Analiz metodikasini ishlab chiqadigan tadqiqotchi analitikningo‘zi har qanday analizni bajara oluvchi mutaxassis bo‘lishi kerak, aks holda uning yaratgan metodikasi ko‘pchilik holda yaroqsiz bo‘ladi.
Huddi shunday analitik amaliyotchi ham yaxshi mutaxassis bo‘lishni xohlasa, albatta, ilmiy analitik kimyodan chetda qolmasdan analitik kimyoning nazariy asoslarini o‘rganishi kerak.

Download 54.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling