Reja: Asinxron elektr dvigatel


Download 37.15 Kb.
bet3/3
Sana28.12.2022
Hajmi37.15 Kb.
#1021106
1   2   3
Bog'liq
ASINXRON DVIGITELER

ASINXRON ELEKTR DVIGATEL — dvigatel rejimida ishlaydigan asinxron mashina; elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi. Ish tarzi stator chulgʻamlari boʻylab uch fazali oʻzgaruvchan tok oʻtganda vu-judga keladigan aylanuvchi magnit maydonining stator maydoni rotor chulgʻamlarida hosil qiladigan tok bilan oʻzaro taʼsiriga asoslangan. Aylanish tezligini tok chastotasi, qutblar soni va sirpanishga taʼsir etib oʻzgartirish mumkin. Tok chastotasini oʻzgartirish energiya iyerofini cheklagan holda tezlikni ravon oʻzgartirishga imkon beradi. Shuning uchun chastota boʻyicha boshqariluvchi Asinxron elektr dvigatelni yaratish asosiy muammolardan biriga aylangan. Asinxron elektr dvigatel elektr yuritmalarda asosiy dvigatel sifatida ishlatiladi. Quvvati bir necha Vt dan oʻnlab MVt gacha boʻladi. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Ishlab chiqarish mashinalar bajaradigan operatsiyasiga mos ya`ni aylanishlar chastotasig to`g`ri keladigan asinxron dvigatel tanlash imkoniyati mavjud emas.Chunki jarayon to`xtovsiz bo`lishi mumkin.Undan tashqari agar texnologik talabga ko`ra, dvigatel tez-tez ishga tushirilib va to`xtatilib turilsa,u holda bu o`tkinchi rejimda motor cho`lg`amidagi tokdan hosil bo`luvchi quvvat isrofi va undan ajraladigan issiqlik energiyasi miqdori motorni ishdan chiqishiga olib keladi,va undan tashqari motor cho`lg`amidagi tokdan hosil bo`luvchi quvvat isrofi elektir energiyasi sifatini o`zgartiradi va ishlab chiqarish korxonasini oylik elektir energiyasi uchun to`lanadigan reaktiv energiyani oshib ketishiga sabab bo`ladi[2,4].Yuqorida aytib o`tilgan holatlarni bartaraf etish uchun asinxron dvigatel tezligini zamonaviy chastota o`zgartkichlar orqali boshqarshni tavsiya qilamiz. Chastota o`zgartkichlar orqali jarayonni boshqarish-bu birinchi navbatta maxsulot sifatini oshirishga ijobiy ta`sirini ko`satadi,undan tashqari elektir energiyasini tejash imkonini beradi.Buni biz davriy harakat mashinalari (tsiklik) va uzluksiz harakat mashinalari ya`ni pivo ishlab chiqarish linyasi misolida ko`rib chiqamiz.Pivo ishlab chiqarish uzluksiz jarayon bo`lib,unda konstruktsiyaga muvofiq mashinalar konveyer orqali bir-biri bilan sinxiron ishlaydi.Bu jararayonni sinxiron ishlashini ta`minlash uchun harakatga keltiruvchi motorlar bir-biriga mutanosib va mos ravishda harakatlanishi lozim. MUHOKAMA Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash uchun tristorlar stator zanjiriga ulanadi.Bunda ular yordamida stator cho’lg’amlaridagi sinusoidal kuchlanishning amplitudasini (fazali rostlash) yoki chastotasini (chastotali rostlash) rostlash mumkin.Har ikkala holda ham asinxron dvigatelning aylantirish momenti o’zgaradi.Bu aylanishlar chastotasining o’zgarishiga olib keladi[3]. Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini tiristorli kuchlanish o’zgartirgich (TKO’) yordamida rostlash sxemasi 1-rasmda ko’rsatilgan. TKO’ ning har bir fazasida ikkita qarama qarshi (parallel) ulangan tiristor bo’lib,o’zgaruvchan tokning har ikkala yarim davrini o’tkazadi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1210 TKO’ yordamida kuchlanishni o’zgartirish uchun impulsli faza boshqaruvchi sistema (IFBS) deb ataluvchi qurilma bo’lishi kerak.U ikkita vazifani bajaradi va boshqaruvchi impulsni vujudga keltiradi va uni tarmoq kuchlanishiga nisbatan faza bo’yicha siljitadi.IFBS tiristorli o’zgartirgichning rostlash burchagi α ni 0 dan 180 elektrik gradusga o’zgartirish imkonini beradi. [1] 1- rasm Asinxron dvigatelning tiristorli kuchlanish o’zgartirgich yordamida rostlash sxemasi. Boshqaruvchi impulsni tristorlarga berish lahzalarini o’zgartirib, asinxron dvigatelning stator cho’lg’amiga berilayotgan kuchlanishni o’zgartirishga va rotorning aylanishlar chastotasini uncha katta bo’lmagan oraliqda o’zgartirishga erishish mumkin.Shu bilan birga, kuchlanishni kamaytirish asinxron dvigatelning ishga tushirish va maksimal momentlarini kamaytirishga olib keladi.Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini rostlash oralig’ini kengaytirish uchun yopiq yoki chastotali boshqarish sistemalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. NATIJA Dvigatellarning aylanishlar chastotasini tarmoq tokining chastotasini o’zgartirib rostlash alohida manba bo’lishini taqozo qiladi.U asinxron dvigatelni ta’minlovchi kuchlanish chastotasini sanoat toki chastotasi (f1=50Gs) dan oshirish yoki kamaytirishni ravon o’zgartirish imkonini beradi[3].Bu rostlash usulining kamchiligi ancha murakkab va qimmatbaho chastota o’zgartirgichining talab qilinishidadir.Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o’zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi 2-rasmda ko’rsatilgan.Chastota o’zgartirgich boshqariladigan to’g’rilagich BT, u uch fazali va f1= const bo’lgan tarmoq kuchlanishini o’zgarmas tok kuchlanishi (U) ga aylantiradi,to’g’rilangan kuchlanishning pulslanishini tekislovchi drosseli Ld filtr, o’zgarmas tok kuchlanishini o’zgaruvchan chastota f2 uch fazali o’zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantiruvchi SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1211 (asinxron dvigatelni ta’minlash uchun) invertor I va IFBB lardan iborat.Elektron– impulsli faza boshqarish sistemalari IFBB to’g’rilagich va invertor tiristorlarini boshqarishni amalga oshiradi va qurilmaning kerakli ishlash rejimini ta’minlaydi. 2-rasm Asinxron dvigatelning aylanishlar chastotasini chastota o’zgartirgich yordamida rostlashning blok sxemasi. XULOSA Mamlakatimizda sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar hududlarda ishlab chiqarish hajmi va sifatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda[5]. REFERENCES 1-Жуков С.А. Этапы создания автоматизированной информационноизмерительной системы коммерцеского учета электроэнергии (АИИС КУЭ). М.: Журнал «Промышленная энергетика». 2005, №2,10-12 с. 2-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining «Yoqilg’i-energetika resurslari iste’molchilarini energetika tekshiruvidan o’tkazish qoidalari» to’g’risidagi 164-sonli qarori. «Energiya va resurs tejaj muammolari» jurnali, 2006, №2. 47-67 b. 3-Hoshimov O.O., Saidahmedov S.S. O‘zgartkich texnikasiva ta’minot manbai. Toshkent: TDTU, 2002. 96b. 4-Инструкция, расчет и анализ технологического расхода электроэнергии на передачу по электрическим сетям энергосистемы Республики Узбекистан.Руководящий документ. РД РУз34-482-502- 2001. Ташкент, 2001. 5- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 22.08.2019 yil PK-4422-sonli qarori. "Iqtisodiyot
Download 37.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling