yoritilganlik hosil qiladi. Fotometrni Е1=Е2 bo‘ladigan qilib joylashtirganimiz uchun quyidagini yoza olamiz: (3.10) Ikki manbaning yorug‘lik kuchlari nisbati yorug‘lik manbalaridan birday yoritilgan sirtgacha bo‘lgan masofalar kvadratlarining nisbati kabidir. Yuqoridagi (3.10) ifoda bir manbaning yorug‘lik kuchi ma’lum bo‘lganda ikinchi manbaning yorug‘lik kuchini topishga imkon beradi. Faqat ikkala taqqoslanuvchi sirtlarning rangi bir xil bo‘lgandagina ravshanliklarning tengligini ko‘z bilan yetarli darajada aniq belgilash mumkin. Sirtlarning rangi bir-biridan ozgina farq qilganda hamma ravshanliklarni taqqoslash juda qiyinlashadi, faqat farq katta bo‘lganda esa ravshanliklarni taqqoslash mumkin bo‘lmay qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |