To’pli hujumchiga qarshi harakatlar. To’pli hujumchiga qarshi kurashda himoyachi:
a) raqibga to’pni savatga aniq otishda yo’l qo’ymaslik;
b) raqibning shchit tomonga o’tishiga (ayniqsa kuchli, odatda, o’ng tomondan);
v) to’pni xavfli yo’nalishda uzatilishiga (ayniqsa, jamoa lideri yoki markaziy o’yinchisiga, aniq otuvchi (snayperga) merganga halaqit berish);
g) to’pni egallab olishga yo’l qo’ymaslik;
d) raqibning oldindan tayyorlangan o’zaro harakatlanishiga yoki kombinatsiyalariga o’tkazish uchun qilayotgan harakatlarga halaqit berishishga erishish uchun harakat qilishi kerak.
O’zining raqibini ta’qib qilayotgan vaqtda maydondagi umumiy vaziyatni ham kuzatib turishi shart. Bu esa o’zgarib borayotgan holatni o’z vaqtida baholash va o’z sheriklari bilan muvaffaqiyatli o’zaro harakat qilish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |