Reja Asosiy tushunchalarning ta’rifi 2
O’z maydonidagi faol himoya
Download 87.55 Kb.
|
BASKETBOL O\'YINI TAKTIKASI TASNIFI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaxsiy zonali pressing.
- Shiddatli hujumga qarshi himoya.
O’z maydonidagi faol himoya. Bu sistemada jamoa harakatlarining zichlanish va taqoqo prinsplari birlashadi, shu bilan birga qarshi harakatlarning struktira va intensivligi o’yinchining shchit va maydonning to’p bo’lgan tomonga, yoki to’psiz tomonga nisbatan egallagan pozisiyaga bog’liq ravishda farqlanadi. To’p turgan tomonga to’p bilan bolgan o’yinchiga qattiq va doymiy ta’sir ko’rsatiladi, qolgan sheriklari to’pni uzatilishgi mumkin bo’lgan yo’nalishlarda raqibni zich ta’qib qiladi: markaziy o’yinchi – oldidan yoki yonidan, kanot hujumchisi – to’pni olish imkonini bermaslik va raqib burilib mo’ljallovchi aloqani yoqotmasdan orqaga o’yib olganda, uning orqasidan yugurib ulgurish uchun yo’piq turishda (yuzma-yuz) turishi kerak.
Shaxsiy zonali pressing. Jamoali himoyaning intensivligini oshirish uchun aralash shaxsiy-zonali pressingni qo’llab erishish mumkin. Musobaqa amaliyotida ba’zida bir to’pni o’ynab maqsadga erishish uchun o’yinchilarni almashib pressing qilish qo’llaniladi; jamoa o’z oldiga maydonning o’rta qismini yaxshi berkitish, 1x2 tuzog’ini qo’yish vazifasini qo’yib, sof zonali pressing bilan boshlaydi; tuzoq ishga tushganda jamoa aralash pressing va hihoyat, o’z maydonida faol shaxsiy himoyaga o’tadi. Shuni e’tiborga olish kerakki, maydon o’rta qismini to’sish uchun 2-2-1 zona pressingini ochiqdan-ochiq juda toraytirib yuborish raqibga yon chiziq bo’ylab o’tib himoyani yo’rib kirishiga imkon yaratishi mumkin. Keyin barcha himoyachilarning tuzoq hosil qilish uchun yo’n chiziqlardan biriga harakat qilganda, raqibning to’pni qarama-qarshi kanotga uzatishi himoyachilarni qiyin ahvolga solib qo’yishi mumkin. Shiddatli hujumga qarshi himoya. Shiddatli hujum qilishni yaxshi egallab olgan jamoaga qarshi o’yinda raqib uchun qulay bo’lgan o’yin sur’atini pasaytirishga harakat qilish kerak. Buning uchun pozitsion hujumni odatdagidan sekinroq o’tkazish bilan o’ynash, qaltis to’p uzatish va tayyorlanmasdan to’pni savatga otishdan saqlanish kerak. O’zining orqa zonasini kamida ikki o’yinchi kuchi bilan juda ham etiborlik bilan straxovka qilish kerak. Shchitdab sapchigan to’p uchun kurashda yoki boshqa paytda to’pni egallab olgan o’yinchini himoyani yorib o’tish maqsadida birinchi to’pni uzatishiga halaqit berishi uchun unga qurmasdan hujum qilish kerak. Raqibning ijobiy natijali to’p otgandan so’ng hujumchilar vaqti-vaqti bilan maydon bo’ylab ta’qib qilish va yana o’zining jarima to’pi otish maydonchasiga qaytib kelish kerak. Download 87.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling