Reja: Asosiy va qo’shimcha o’lchov kattaliklari
Download 79.18 Kb.
|
BEKTOSH1
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘TXQning asosiy vazifasi
- Bu yig‘ilishlarning asosiy vazifasi
- Elektr konsultativ qo‘mitasi
- Uzunlik konsultativ qo‘mitasi
- Ionlanuvchi nurlanishlar konsultativ qo‘mitasi
- Birliklar konsultativ qo‘mitasi
BILISH NAZARIYASIDA O’LCHASHLARNING O’RNI REJA: Asosiy va qo’shimcha o’lchov kattaliklari O’lchash turlari va usullari O’lchash noaniqligini baholash 1.Asosiy va qo’shimcha o’lchov kattaliklari O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Qo‘mitasi (O‘TXQ) 1875 yilning 20 may kunida, 17 davlat delegatlari ishtirokidagi Metr diplomatik Konferensiyasining yakuniy qaroriga ko‘ra Metr Konvensiyasiga binoan ta’sis etilgan. Konvensiyaga 1921 yilda o‘zgartirish va tuzatishlar kiritilgan. O‘TXQ, farang hukumati tomonidan ajratib berilgan, Parij yaqinidagi Pavillon de Breteuil (Parc de Saint-Cloud) dagi 43 520 m2 maydonda joylashgan shtab – kvartirasida faoliyat yuritadi va Metr Konvensiyasining a’zo davlatlari tomonidan moliyalashtiriladi. O‘TXQning asosiy vazifasi ‒ butun jahon bo‘yicha o‘lchovlarning yagona, unifikatsiyalashgan tizimini ta’minlash; bu borada: · Asosiy fizik kattaliklar uchun o‘lchov birliklarining fundamental standartlarini o‘rnatish hamda, xalqaro etalonlarni saqlash; · Milliy va Xalqaro standartlarni muvofiqlashtirish; · O‘lchov texnikalarini tegishli tartibda muvofiqlashtirish; · Fundamental fizik konstantalarning miqdoriy qiymatlarini va o‘lchamlarini yuqori aniqlik darajasida ishlab chiqish va muvofiqlashtirsh O‘TXQ, O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Konferensiyasi ta’sis etgan O‘lchov va Tarozilar Xalqaro Idorasi (O‘TXI) ning qat’iy nazorati ostida ish olib boradi va bajarilgan ishlar yuzasidan mazkur Idoraga hisobot beradi. Metr Konvensiyasining a’zo davlatlarning delegatlari har to‘rt yilda Bosh Konferensiyada yig‘iladilar. Bu yig‘ilishlarning asosiy vazifasi: • Metr tizimining zamonaviysi bo‘lgan Xalqaro Birliklar Tizimi (SI)ni takomillashtirishga taalluqli zaruriy chora–tadbirlarni muhokama qilish hamda ma’lumot almashinish; ma’lumotlarni ishtirokchilar e’tiboriga yetkazish; • Yangi fundamental metrologik o‘lchamlar natijalari va turli ilmiy rezolyutsiyalarni Xalqaro miqyosda tasdiqlash; • O‘TXQ ning rivojlantirish va tashkilotni moliyalashtirishga taalluqli asosiy iqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqish O‘z faoliyatini masofa va vazn o‘lchov birliklari hamda, ular bilan bog‘liq metrologik tadqiqotlar sohasi bilan cheklangan doirada boshlagan O‘TXQ, keyinchalik, elektr (1927), fotometriya va radiometriya (1937), ionlanuvchi nurlanishlar (1960), vaqt shkalalari (1988) va kimyo (2000) sohalari uchun ham o‘lchov standartlarini joriy etish yo‘nalishlarida faoliyat doirasini kengaytirdi. Bu maqsadlarda 1876 – 1878 yillarda dastlabki laboratoriyalar qurilgan va ular 1929 yilda kengaytirilgan; 1963 – 1964 yillarda ionlanuvchi nurlanishlar laboratoriyalari uchun, 1984 yilda lazerlar bilan ishlash va 1988 yilda kutubxona, hamda, idoralar uchun yangi binolar qurilib, foydalanishga topshirilgan. 2001 yilda ustaxona, idora va majlislar xonalari uchun yangi binolar ochildi. O‘TXQ laboratoriyalarida 41 nafar turli sohadagi fizik va texnik mutaxassislar faoliyat olib boradilar. Ular asosan metrologik tadqiqotlar, xalqaro birliklarning standartlarni o‘zaro muvofiqlashtirsh va bir o‘lchamga keltirish ishlarini olib boradilar Hozirda 10 ta shunday konsultativ qo‘mitalari mavjud: 1) 1927 yilda ta’sis etilgan Elektr va Magnetizm konsultativ qo‘mitasi (CCEM), 1997 yilda unga «Elektr konsultativ qo‘mitasi» (CCE) nomi berildi. (CCE); 2) 1933 yilda ta’sis etilgan Fotometriya va Radiometriya konsultativ qo‘mitasi – (CCPR). 1971 yilda «Fotometriya konsultativ qo‘mitasi» deb yangi nom berilgan. 1930 – 1933 yillarda Fotometriya bilan CCE shug‘ullangan. 3) Termometriya konsultativ qo‘mitasi – (CCT), 1937 yilda ta’sis etilgan. 4) Uzunlik konsultativ qo‘mitasi – (CCL) 1997 yildan buyon sobiq «Metrni aniqlash» (ССDM) konsultativ qo‘mitasi shunday nomlanadi. 5) Soniyani aniqlash konsultativ qo‘mitasi (CCDS) – 1956 yilda ta’sis etilgan. 1997 yildan e’tiboran, Vaqt va Chastota konsultativ qo‘mitasi (CCTF) deb ataladi.
7) Birliklar konsultativ qo‘mitasi – (CCU) – 1964 yilda ta’sis etilgan. Bu konsultativ qo‘mita 1954 yilda tashkillangan Birliklar bo‘yicha Xalqaro Komissiyaning o‘rnida faoliyat yurita 2.O’lchash turlari va usullari
Download 79.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling