Reja: Asosiy va qo’shimcha o’lchov kattaliklari


Uzunlik va Masofa birligi - Metr


Download 79.18 Kb.
bet2/4
Sana09.04.2023
Hajmi79.18 Kb.
#1346421
1   2   3   4
Bog'liq
BEKTOSH1

Uzunlik va Masofa birligi - Metr.
1889 yildan boshlab metr ta’rifi Platina-Irridiy asosidagi xalqaro etalonga asoslangan edi. Lekin uni, 1960 yilda 11 – O‘TXK, Kripton-86 atomining vakuumdagi nurlanishining to‘lqin uzunligiga muvofiq keluvchi ta’rifi bilan almashtirdi. Bu o‘zgarish metrni aniqlashni takomillashtirish, natijaning aniqligini oshirish maqsadida amalga oshirilgan bo‘lib, u Kripton-86 atomining 2P10 va 5d5 sathlariaro o‘tishiga muvofiq keladigan vakuumdagi nurlanishning 1650763,73 to‘lqin uzunligiga teng ekanligi belgilangan edi. Bu ta’rif ham O‘TXKning 17-Bosh konferensiyasida, (1983, Rezolyutsiya 1, CR-97 va Metrologia, 1984, 20, 25) quyidagi yangisi bilan almashtirildi:
Metr – yorug‘likning vakuumda soniyaning 1/299792458 qismida bosib o‘tadigan masofasiga teng.
Bundan ma’lum bo‘ladiki, yorug‘lik vakuumda soniyasiga 299792458 metr/soniya tezlik bilan harakatlanar ekan. Metrning 1889 yilda 1-O‘TXQ (CR, 34-38) tomonidan rasman tasdiqlangan asl etaloni hali hamon O‘TXQ idorasida, 1889 yilda belgilangan sharoitlarda saqlanmoqda

1-RASM
Massa birligi – Kilogramm.

Platina–Irridiy qotishmasidan tayyorlangan tarixiy artefakt – Xalqaro Kilogramm etaloni, 1889 yildagi 1-O‘TXK (CR, 34-38) orqali bunday e’lon qilingan: Ushbu namuna etalon, bundan buyon massa birligining asosi bo‘ladi. 3-O‘TXK (1901 yil, CR, 70) deklaratsiya orqali «vazn» so‘zining ikki ma’noli talqin qilinishiga chek qo‘yish maqsadida quyidagi tasdiqni qabul qildi:


Kilogramm – massa birligi; u Xalqaro kilogramm etaloni massasiga teng.

Bundan kelib chiqadiki, xalqaro kilogramm etalonining massasi doimo aniq 1 kilogrammga teng: m(K)=1 kg. Lekin, doimiy muqarrar bo‘lgan hodisa – yuza qismida chang to‘planishi natijasida, Xalqaro kilogramm etaloni oldini olib bo‘lmaydigan sirt ifloslanishi tufayli yiliga 1 µg vazn ortishiga uchramoqda. Shu sababli O‘TXI, xalqaro etalon massasining keyingi tadqiqotlar uchun qiymatini, tasdiqlangan usulda (PV, 1989, 57, 104-105 va PV, 1990, 58, 95-97) yuvib tozalangandan so‘ng, Platina-Irridiy qotishmasi etalon namunasining aniqlangan yangi qiymati bilan Milliy standartlarni muvofiqlashtirishni (kalibrovka qilishni) amalga oshiradi. (Metrologia, 1994, 31, 317-336)

Download 79.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling