Reja: Astronomiyaning jamiyat ijtimoiy hayoti ehtiyojlaridan kelib chiqishi


Download 200.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.10.2023
Hajmi200.24 Kb.
#1716560
1   2   3   4
Bog'liq
6-Mavzu

 Astronomiyaning ijtimoiy 
jamoa davridagi rivojlanishi
 
Astronomiyaning jamiyat ijtimoiy hayoti ehtiyojlaridan kelib chiqishi. Qadimiy 
yodgorliklarning dunyoning tomonlari bo’yicha orientirlanishi. Osmon jismlari 
harakatlari va o’zgarishlaridagi oddiy qonuniyatlarning ochilishi 
(Oy 
fazalari

planetalarning siljishlari
 yulduzlar osmonining aylanishi). 
Qadimgi Evropa, Xitoy, Misr, Vavilon, Gresiyada astronomiya. 
Misr piramidalarining astronomik versiyalari. Stounxendj astronomik 
qurilmalarining qoldiqlari (Angliya). Qo’y qirilgan qal’a (Xorazm) astronomik 
rasadxonasi IV a.e.o. 
Qadim Xitoy
, Misr, Vavilon, Gresiyada astronomiya. Mayya 
qabilalarining astronomiyasi. Vaqtni o’lchash. Gnomon. Quyosh soatlari. Boshqa 
xil soatlar. Quyosh, Oy va Quyosh – 
Oy kalendarlari

Astronomiya – osmon jismlarining va ular sistemalarining harakatini, tuzilishini, 
kelib chiqishini va rivojlanishini o`rganadigan fan. U to`plagan bilimlar 
insoniyatning amaliy ehtiyojlari uchun qo’llaniladi. 
Astronomiya eng qadimiy fanlardan biri bo`lib, u insonning amaliy ehtiyojlari 
asosida yuzaga keldi va bu ehtiyojlar bilan ming yil avval Vavilon, Misr va 
Xitoyda ma`lum bo`lgan bo`lib, ulardan shu mamlakat xalqlari vaqtni o`lchash va 
gorizont tomonlarini aniqlashda foydalanganlar. 
Hozirgi vaqtda ham astronomiyadan aniq vaqtni va geografik koordinatalarni 
aniqlashda (dengizda suzishda, aviatsiyada, kosmonavtikada, geodeziyada, 
kartografiyada) foydalaniladi. Astronomiya kosmik fazoni o`rganishda va uni zabt 
etishda, kosmonavtikani rivojlantirishda va bizning planetamizni kosmosdan turib 
o`rganishda yordam beradi. Ammo uning vazifalari shu masalalarni yechish 
bilangina chegaralanmaydi. 


Bizning Yer koinotning bir qismi hisoblanadi. Oy va Quyosh Yerda okean 
hamda dengiz suvining ko`tarilishi va pasayishini yuzaga keltiradi. Quyosh 
nurlanishi va bu nurlanishning o`zgarishi Yer atmosferasidagi jarayonlarga va 
organizmlarning hayot faoliyatiga ta`sir ko`rsatadi. Shuningdek, astronomiya turli 
kosmik jismlarning Yerga ta`sir etish mexanizmini ham o`rganadi. 
Astronomiya tarixining katta qismi kuzatish maʼlumotlarini toʻplash bilan band 
boʻlgan. Miloddan avvalgi 6-asrga kelib, misrliklar va bobilliklar tajribaga 
asoslanib Quyosh va Oy tutilishlarini, ularning davriy takrorlanib turishini 
oldindan aytib bera olganlar. Pifagor asarlarida Yerning sharsimonligi haqida 
yozilgan, oʻning maktabi esa Yer va barcha yoritqichlar markaziy olov atrofida 
aylanadi, degan dastlabki kosmologiyalardan birini yaratdi. Aristotel olam 
markazida Yer boʻlgan sistemadir, degan gʻoyani ilgari surdi. 
Miloddan avvalgi 3-asrdan boshlab yunon fanining markazi Iskandariyaga koʻchdi. 
Eratosfen gradus oʻlchash deb nom olgan usul bilan Yerning oʻlchamlarini 
aniqladi. Gipparx 1028 ta yulduzning osmon sferasidagi vaziyatlarini oʻz ichiga 
olgan va bizgacha yetib kelgan dastlabki yulduz jadvallaridan birini yaratdi. U 
yilning davomiyligini katta aniqlik bilan oʻlchadi, Oygacha boʻlgan masofani ikki 
foizdan kam xato bilan aniqladi, fanga geografik koordinatalar – kenglama va 
uzunlama tushunchalarini kiritdi. 

Download 200.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling