Reja: Atmosferaning gaz tarkibi va ahamiyati
Download 36.73 Kb. Pdf ko'rish
|
Atmosfera havosi va inson tuxtapulatov Sherzodbek
Atmosfera havosi va inson Reja: 1. Atmosferaning gaz tarkibi va ahamiyati 2. Atmosferani ifloslantiruvchi manbalar 3. Atmosferani tabiiy tozalanishi va chora tadbirlar Atmosfera haqida tushuncha . Atmosfera – tirik jonzotlar va inson hayoti uchun zarur bo'lgan tabiiy muhit va er qobig'ining muhim komponentidir. Atmosfera georafik qobiqning paydo bo'lishi, rivojlanishi va hozirgi holatida juda katta ahamiyatga ega. Tirik mavjudotlar o'zining butun evolyusion rivojlanish jarayonida Yer atmosferasi havosining tabiiy tarkibiga moslashgan bo'lib, huddi ana shu tabiiy tarkib organizm uchun eng optimal hisoblanadi. Atmosfera erning himoya qatlami hisoblanadi, u barcha tirik organizmlarni zararli kosmik nurlardan, samodan tushadigan meteoritlarning zarrachalaridan himoya qilib turadi. Sayyoramiz yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agarda havo qobig'i bo'lmaganida edi, er yuzida kunduzi +100 0 C va kechqurun -100 0 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Hozirgi vaqtda Yer yuzasining o'rtacha havo harorati +14 0 C ga teng. Quyoshdan fazoga juda katta miqdorda issiqlik energiyasi tarqalib turadi. Yer yuzasida yuzasining har 1 km2 maydoniga 2500000 ot kuchiga teng energiya tushadi. Quyosh energiyasi atmosferaning yuqori qatlamlarida yutilib, Yer yuzasiga juda oz miqdorda etib keladi. Unda bulutlar paydo bo'ladi, yomg'ir, qor bunyodga keladi, shamol hosil bo'ladi, shuningdek erga namlik berib, tovush o'tkazadi va hayotbaxsh kislorod manbai hisoblanadi. Atmosfera qobig'i quyidagi qatlamlarga bo'linadi: 1. Troposfera – er sirtida 0-15 km gacha, stratosfera – 15-50 km gacha, mezosfera – 50-80 km gacha, termosfera – 80-800 km gacha, ekzosfera – 800- 1000 km dan yuqori. Atmosferaning gaz tarkibi deyarli doimiy bo'ladi: asosan azot-78,09%, kislorod-20,95%, argon -0,93%, karbonat angidrid-0,03% mavjud. Shu bilan birga yana inert gazlar: geliy, neon, ksenon, vodorod, kripton, metan, ammiak, yod, radon gazlar va havoda doim 3-4 % suv bug'lari, changlar bo'ladi. Atmosferani tashkil etgan havo zichlikka ega. Bosim yuqoriga ko'tarilgan sari gazlarning zichligi kamayib boradi. Havo qobig'i o'z og'irligi bilan bizni va atmosferadagi barcha narsalarni bosib turadi. Yer atmosferasi qobig'ining taxminiy massasi 5,9 . 1015 tonnani tashkil etadi. Atmosferada sodir bo'ladigan fizik, kimyoviy va biologik o'zgarishlar tirik organizmlarga o'z ta'sirini ko'rsatadi. So'nggi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasida gazlar muvozanatining o'zgarishi kuzatilmoqda. Atmosferadagi gazlar doimiy miqdorining o'zgarishi sayyoramiz uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlangan. Atmosferaning ifloslanishi deganda havoga zaharli birikmalarning qo'shilishi natijasida uning fizik va kimyoviy xususiyatlarini o'zgarishi tushuniladi. Insoniyatga qolaversa, barcha jonivorlarga hayot baxsh etadigan atmosfera havosini hozir asosan ikki manba: tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen (sun'iy) manba ifloslantiradi. Tabiiy omillarga: kosmik changlar, vulqonlarning otilishidan, tog' jinslarining emirilishi va tuproqning nurashidan vujudga kelgan moddalar, o'simlik va hayvon qoldiqlari, o'rmon va dashtdagi yong'in, dengiz suvining mavjlanishi bilan havoga chiqqan tuz zarrachalari kabilarni misol qilib ko'rsatish mumkin. Atmosferaning sun'iy ifloslanishiga: avtomobil transporti birinchi o'rinni (40%), energetika sanoati ikkinchi o'rinni (20%), korxona va tashkilot ishlab chiqarishi uchinchi o'rinni (14%), qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishi, maishiy kommunal xo'jaligi va boshqalar zimmasiga ifloslanishning (26%) to'g'ri keladi. Hozirda er kurrasida xo'jalik faoliyati bilan bog'liq holda atmosferaga har yili 500 mln.tonna oltingugurt gazi, sulfat oksidi, azot oksidi, 6,5-7 mlrd. t. karbonat angidrid chiqarilmoqda. Shuningdek atmosferaning ifloslanishida va ko'plab kislorodni sarflanishida samolyotlarning ham roli katta. Birgina reaktiv samolyot 8 soat ichida Amerikadan Yevropaga uchib o'tganda 50-100 tonnagacha kislorod yoqadi, ya'ni buni 100 ming gektar o'rmonzor bir kunda chiqarib beradi, bir kosmik kemaning fazoga chiqishi uchun 16 km radiusida ozon qatlami emiriladi. Atmosfera havosining ifloslanishida qishloq xo'jalik ishlab chiqarishining ham hissasi bor, bunda parrandachilik va chorvachilik komplekslari, go'sht kombinatlari, kimyoviy o'g'itlar, zararli ximikatlar ko'proq ta'sir etadi. Bulardan tashqari kanalizatsiya shaxobchalaridan, avtomobil g'ildiraklaridan, oyoq kiyimidan, oshxonalardan va boshqalardan chiqqan chang, gazlar, hidlar ham atmosferani ifloslaydi. Issiqlik elektr stansiyalari orqali olinadigan elektr quvvati asosan ko'mir, mazut, gaz kabi yoqilg'ilar yonishining hosilasidir. Masalan, 1kvt/ soat elektr quvvati olish uchun 290-350 gr ko'mir kerak bo'ladi. Tabiiyki, toshko'mirning yonishi patijasida uchuvchi chang, qurum, kul paydo bo'ladi. Bu murakkab aralashmalar zaharli gazlar bilan birga atmosfera havosiga tushadi. Toshko'mir tarkibidagi oltingurgut yonish jarayonida sulfidangidridlarga aylanadi, u esa o'z navbatida, havo havzasiga tushib uni ifloslantiradi. Moddalar yonishidan hosil bo'lgan yuqori darajali harorat- alanga atrofida havodagi tajovuzkor azot oksidiga aylanadi. Atmosfera havosida uchib chiqadigan is gazi va uglevodorodlar salmog'i yoqilg'i (ko'mir) yoqilayotgan jarayonga bog'liq bo'ladi.toshko'mir qanchalik to'la-to'kis yonsa, chiqindi moddalar shunchalik kam bo'ladi. Ma'lumotlarga qaraganda, 1000 mvt kuchga ega bo'lgan issiqlik elektr stansiyalari yil davomida 3800 tonna turli tarkibli zaharli chiqindilarni atmosferaga chiqarib tashlaydi. Shuningdek 1 tonna toshko'mir 83,4 kg oltingurgut oksidini, 44,1 kg azot oksidini, 374 kg changni,1,1 kg is gazini, 0,4 kg uglevodorodlarni va 0,01 kg aldegidlarni ajratadi. Ma'lumki, issiqlik quvvatini olish uchun juda ko'p miqdorda toshko'mir yoqiladi, buning natijasida zaharli SO 2 gazi ajralib chiqadi. Toshko'mir o'zining tarkibida tabiiy holdagi har-xil oltingurgut birikmalarini saqlaydi. Jumladan, Kuznesk ko'miri tarkibida 0,4%, Donesk ko'mirida 1,7-3,7%, Kizel ko'mirida 5,1% oltingurgut unsuri bor. Bu ko'mirlar qaerda va qancha miqdorda yoqilishidan qat'iy nazar, atmosfera havosini sul'fit angidridi bilan zararlaydi. Masalan, 1 tonna qo'rg'oshin eritilsa- 8,8 tonna rux eritilsa- 0,88 tonna sulfit angidridi ajralib chiqadi. Atmosfera Havosining tabiiy tozalanishi. Insoniyatni, shu jumladan, butun jonivorlarni o'z bag'riga olgan tabiatni har qanday zararli modda haddan ziyod kyib ketmasa, tabiiy jarayonlar ta'sirida zararli omillar o'z-o'zidan zararsizlanishi mumkin. Masalan, tuproqqa solinadigan go'ng 3-6 oy mobaynida bakteriyalar, tabiiy ta'sirlar yordamida noorganik moddalarga aylanadi,infeksiyalar qiriladi, natijada odam organizmigazarar etkazmaydigan holatga keladi. Shuning dek atmosfera havosiga chiqarib tashlanadigan gazsimon, bug'simon moddalar yoki changlar oz miqdorda o'tishi bilan o'z-o'zidan zaharlanishi mumkin. O'z-o'zicha zaharlanish atmosfera havosida kechadigan doimiy tabiiy, kimyoviy jarayonlar ta'sirida yuz beradi. Umuman atmosfera havosining o'z-o'zicha tozalanish xususiyati juda sekin kechadi, unga tushadigan zararli iflosliklar salmog'i esa ortib boradi. Atmosfera havosini tozalanishida yog'inlar asosiy rol o'ynaydi. Havo tarkibidagi zararli omillar qor va yomg'ir yuvib ketadi. Yog'ingarchilik qancha ko'p bo'lsa, havo tarkibi shuncha ko'p tozalanadi. Havoni tozalashda dov-daraxtlar, qolaversa butun o'simliklar olamining ahamiyati kattadir. Masalan daraxt barglari chang zarralarini ko'p miqdorda ushlab qoladi, zararli gazlarni o'ziga singdirib oladi. Daraxt barglari havodan CO2 gazini fotosintez reaksiyalari vositasida olib, havoga toza oksigenni chiqarishda katta rol o'ynaydi. Havoning iflosliklardan tozalanishida suv havzalarining roli ham bor. Okean va dengiz suvlari ayniqsa ekvador mintaqalarida zararli moddalar xuddi nasosdek tortib havoni tozalashda yordam beradi.ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, katta daryolar - Volga, Angara, YEnisey vaboshqa daryolar havodan sulfit angidridridni, azot oksidini o'ziga singdirib, havoni tozalashda yordam beradi. Shuni aytish kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi zararli chiqindilar hamda gazlar kamayishida faol qatnashgan yog'in suvlar suv havzalarini ma'lum darajada ifloslantiradi. Atmosferani muhofaza qilish chora tadbirlari. Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki atmosfera havosi inson hayoti, qolaversa tabiatdagi muvozanat uchun katta ahamiyat kasb etadi. Shu bois atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlaridan ustivori – bu ekologik ta'lim-tarbiya ishlarini olib borishdir, chunki atmosfera havosining ifloslanishi natijasida sodir bo'ladigan o'zgarishlarni to'liq anglay olgan inson to'g'ri va atroflicha xulosa chiqara oladi. Havo ifloslanishini oldini olish va kamaytirishning turli yo'llari mavjud. Korxonalarda tozalash qurilmalari o'rnatiladi, zararli korxonalar shahar chekkasiga chiqariladi, ayniqsa chiqindisiz texnologiyaga o'tish, shuningdek transport harakatini tartibga solish metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'i sifatini yaxshilash, ekologik toza transport vositalarini yaratish havoning ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega, shu bilan bir qatorda sanoat korxonalari, shahar, dam olish zonalari atroflarini ko'kalamzorlashtirib atmosfera havosidagi muvozanatga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Зиёмухамедов Б. – Экология ва маънавият. Тошкент, «Чинор»ЭНК, 1997 2. Золотарев Э.Л. – Охрана природы и улучшение окружающей среды. Ташкент, 1975 3. Қодиров Э.В. ва бошқ. – Табиий муҳитни муҳофазалашнинг геоэкологик асослари. Тошкент. «Ўзбекистон», 1999 4. Куклев Ю.И. – Физическая экология. М. «Высшая школа», 1979 Download 36.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling