Reja: Atrof-muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilish tushunchasi
Download 28.49 Kb.
|
1 2
Bog'liqAtrof-muhitni muhofaza qilish muammosining dolzarbligi.
Xalqaro huquqiy hujjatlarga shartnoma, kelishuv, konvensiya, rezolyutsiya, xartiya, deklaratsiya, qaror (protokol)lar kiradi. Ayrim hollarda xalqaro-huquqiy hujjatlarga davlatlarning ichki qonunlarini ham kiritadilar, qachonki milliy qonunlar xalqaro huquq me’yorlariga nisbatan atrof-muhit muhofazasini ko‘proq ta’minlab bera oladigan bo‘lsa. Nima bo‘lganda ham milliy qonunchilik, bizning fikrimizcha, to‘lig‘icha xalqaro-huquqiy manba bo‘la olmaydi. Faqatgina ma’lum bir xalqaro huquq sub’yekti bo‘lmish davlatlar hududida ekologik talablarga ko‘proq javob beradigan normalar qo‘llanishi mantiqan to‘g‘ri deb topilgandir.Atrof tabiiy muhitni xalqaro-huquqiy muhofaza qilishda markaziy o‘rinni rezolyutsiyalar egallaydi. Chunki BMТ Bosh Assambleyasi rezolyutsiyalarida davlatlarning xalqaro hamkorlikdagi ekologiyaga oid asosiy normalari va harakat qoidalari aks etgan. «Rezolyutsiya» lotin tilida «hal qilish», ya’ni ma’lum bir yig‘in (s’yezd, komitet, konferensiya, simpozium...)larning xulosalovchi yoki hal qiluvchi qarorlari.
Xalqaro-ekologik munosabatlarda ko‘pincha «xartiya» so‘zi ishlatiladi. Xartiya grekchada «qog‘oz», ya’ni qog‘ozga bitilgan ommaviy va siyosiy hujjat ma’nosida ishlatiladi. 1982-yil 28-oktabrda BMТ Bosh Assambleyasi 37-sessiyasida qabul qilingan «Umumjahon tabiatni muhofaza qilish xartiyasi»da xalqaro ekologik huquqning 24 prinsipi qabul qilingan va unga binoan BMТga a’zo mamlakatlar o‘zining milliy ekologik qonunlarini ularga moslashtirishlari talab etiladi.Xalqaro huquqda amaldagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq talablariga moslashtirish «implementatsiya» deyiladi. BMТning mustaqil sub’yekti bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hamjamiyatga dadil qadamlar bilan kirib borar ekan, huquq sohasida uning oldida 3 katta vazifa turadi: 1) mamlakatda demokratik boshqaruvni barpo etish va barqaror rivojlanishni ta’minlab beruvchi huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilish; 2) milliy qonunchilikni xalqaro prinsiplarga moslashtirish; 3) qonun me’yorlarini hayotga tatbiq qilish mexanizmini yaratish.1990-yil 21-noyabr «Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi»da (1993-yil 27-noyabrdan O‘zbekiston ham qo‘shilgan) va 2000-yil Yer xartiyasida ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash har bir ishtirokchi mamlakatning burchi ekanligi alohida ta’kidlangan.Shartnoma — siyosiy ahamiyat kasb etuvchi va boshqa siyosiy, iqtisodiy, ma’rifiy-madaniy masalalar qatori atrof-muhit muhofazasiga oid xalqaro me’yorlarni o‘zida aks ettiruvchi hujjat. Shartnomalar XX asrning ikkinchi yarmida keng tarqalgan xalqaro huquq manbai bo‘lib, ular umumiy, regional va ikki tomonlama tuzilishi mumkin. Dunyoda 300 dan ziyod ekologik munosabatlarni o‘zida qamrab olgan xalqaro shartnomalar mavjud. Ularning ichida eng salohiyatlilari umumiy turdagi «Yevropa xavfsizligini ta’minlashning yakuniy shartnomasi» (1975-yil), «Atmosfera, kosmik fazo va suvda yadro qurollarini sinashni to‘xtatish to‘g‘risida» (1963-yil), «Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida» (1968-yil) kabi xalqaro shartnomalardir. Ikki tomonlama O‘zbekiston—Qozog‘iston, O‘zbekiston—Тojikiston, O‘zbekiston—Qirg‘iziston, O‘zbekiston — Тurkmaniston respublikalari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarda atrof-muhitni birgalikda muhofaza qilish (jumladan, suv resurslaridan oqilona foydalanish)ga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kabi xalqaro huquqiy me’yorlar belgilanib olingan.Shartnoma muayyan yo‘nalishdagi xalqaro munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsa, u «konvensiya» deb ataladi. Konvensiya — lotin tilida «shartnoma», «shart», «kelishuv» degan ma’noni anglatadi. Konvensiya ikki va undan ortiq xalqaro tabiiy ob’yektlarni muhofazalash yoki ulardan birgalikda foydalanishni nazarda tutsa kompleks-ekologik, ma’lum bir turdagi xalqaro tabiiy ob’yektdan foydalanishni nazarda tutsa resurs-ekologik konvensiya deb ataladi.Kompleks-ekologik konvensiyalarga BMТning YUNESKO xalqaro tashkiloti tomonidan 1972 va 1973-yillarda qabul qilingan «Butunjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish» va «Yo‘qolish xavfida turgan yovvoyi turdagi fauna va flora turlarini savdo qilish» konvensiyalari kiradi.Resurs-ekologik konvensiyalarga 1979-yili Bonnda qabul qilingan «Ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish», 1985-yili Venada qabul qilingan «Ozon qatlamini himoya qilish» kabi ekologik shartnomalar kiradi. Download 28.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling