Reja: Audit sifatini nazorat qilish bir necha darajada bo’ladi: 2


Bosh auditor auditorlik tashkilotining hodimi bo’lib, unga audit tekshiruvi ishtirokchilariga rahbarlik qilish yuklatilgan bo’lishi mumkin.Bosh auditor quyidagilar uchun ma’suldir


Download 263.84 Kb.
bet2/3
Sana07.05.2023
Hajmi263.84 Kb.
#1441328
1   2   3
Bog'liq
Auditor ishi sifatini nazorat qilish.

Bosh auditor auditorlik tashkilotining hodimi bo’lib, unga audit tekshiruvi ishtirokchilariga rahbarlik qilish yuklatilgan bo’lishi mumkin.Bosh auditor quyidagilar uchun ma’suldir:

  • Bosh auditor auditorlik tashkilotining hodimi bo’lib, unga audit tekshiruvi ishtirokchilariga rahbarlik qilish yuklatilgan bo’lishi mumkin.Bosh auditor quyidagilar uchun ma’suldir:
  • Auditorlik jarayoni natijalariga tayyorgarlik, ularni amalga oshirish va hujjatlashtirish;
  • Unga biriktirilgan audit tekshiruvi ishtirokchilari ishlarini tashkil etish va nazorat qilish. Bosh auditor auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun attestatsiyadn o’tgan bo’lishi lozim.

Auditorlik tekshiruvining rahbari quyidagilar uchun ma’suldir:

  • Auditorlik tekshiruvining rahbari quyidagilar uchun ma’suldir:
    • xo’jalik yurituvchi sub’ekt bilan joriy nazorat ishlarini tashkil etish va olib borish;
    • ishlarni rejalashtirish (umumiy reja va audit dasturini tasdiqlaydi);
    • o’tkazilayotgan audit va uning natijalari bo’yicha tayyorlanayotgan ish hujjatlarini auditorlik milliy standartlariga va ichki firma talablariga muvofiqligi;
    • auditorlik xulosasi tarkibiga ta’sir etishi mumkin bo’lgan audit natijalari to’g’risida auditorlik tashkiloti rahbarni xabardor qilish;
    • auditorlik tekshirish rahbari auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun attestatsiyadan o’tgan bo’lish kerak.

Auditorlik tashkilotining rahbari deganda, auditorlik tashkilotining ma’muriyati tarkibiga kiruvchi va shu tashkilot nomidan auditorlik xulosasiga imzo chekish huquqiga ega shaxs tushuniladi.Auditorlik tashkilotining rahbari:
ho’jalik yurituvchi sub’ekt bilan o’zaro aloqani olib boradi;
auditorlik tekshiruvi rahbarini tayinlaydi va auditga yo’naltirilgan mutaxassislar guruhini tuzadi;
tekshirilayotgan sub’ektning auditorlik xulosasida aks etgan buxgalteriya hisobining haqqoniyligi to’g’risida auditorlik tashkilotining fikrini aks ettiradi.
Auditorlik tashkilotining rahbari o’z tashkiloti nomidan berilgan auditorlik xulosasining tarkibidan to’liq xabardor bo’lishi lozim. Auditorlik tashkilotining rahbari auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun attestatsiyadan o’tgan bo’lishi kerak. Auditorlik tekshiruvining rahbari auditorlik tekshiruvining xodimi hamda xo’jalik yurituvchi sub’ektni auditorlik tekshiruvidan o’tkazayotgan xodimlar guruhiga rahbarlik qilayotgan shaxs hisoblanadi.
Audit o’tkazish jarayonida ishning sifat nazorati uchun javobgar xodimlar doimiy ravishda quyidagi harakatlarni bajarishi lozim:
umumiy reja va audit dasturini bajarilishi jarayonini kuzatish; ichki xo’jalik xatari, nazorat vositalari xatari va aniqlamaslik xatari darajasini baholash;
audit jarayonida olingan audtorlik isbotini hujjatlashtirilishini kuzatish;
tekshiruvlar jarayonida shakllangan xulosalarning to’g’riligini tekshirish;
audit paytida topilgan farqlanishlarni topish va baholash.
Auditorlik tashkilotining professional hodimlarining audit jarayonida bajaradigan vazifalari quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: Auditorlik tashkilotining rahbarlari Auditorlik tekshiruvining rahbarlari;
V) Bosh auditorlar;
G) Auditorlik tekshiruvining ishtirokchilari.
 
Auditorlik tashkilotlarida nostandart hodisalar aniqlangan sharoitda mutaxassislarning harakati tizimi ishlab chiqilgan bo’lishi lozim; misol uchun xodimlarning tezkor konsultatsiyasi.
Har bir ijrochining ish natijasini yuksak professional darajadagi xodimlar tomonidan tekshiriladi.
Tekshiruvchi asosiy e’tiborni quyidagi jarayonlarni aniqlashga qaratadi:
audit umumiy reja va dastur asosida amalga oshirilganligi; audit jarayonida barcha maqsadlarga erishilganligi; audit o’tkazish paytida aniqlangan farqlanishlar auditorlik xulosasida izohlanganligi; auditorlik xulosasining asoslanganligi; bajarilgan ishlar va ularning natijalari ish hujjatlarida kerakli tarzda aks ettirilanligi. Auditorlik tashkilotlarida ish natijalari turli xil sxemalar tarzida ko’zda tutilgan bo’lishi mumkin. Albatta, ish natijalari bo’yicha hujjatlashtirish «Hujjatlashtirish» nomli 230-son XAS asosida amalga oshirilishi lozim. 
Hozirgi kunda suhbatga malakali psixologlarni taklif qilish ham maqsadlidir. Har bir mutaxassis uchun oldingi ish malakasidan qat’iy nazar sinov muddatini berishi lozim. Chunki ushbu tashkilot uchun uning malakasi muhim ahamiyat kasb etmasligi mumkin. Bulardan tashqari tashkilotda xodimlarni malakasini oshirish maqsadida qayta attestatsiyalashning doimiy ravishda amal qiluvchi tizimi bo’lishi lozim. Tashkilotda ichki seminarlarni tematikasi va uni o’tkazish grafigi tasdiqlangan bo’lishi lozim. Xodimlarni malakasini oshirish bo’yicha ishlar puxta rejalashtirilgan va yaxshi tashkillashtirilgan bo’lishi darkor. Kichikroq tashkilotlarda bunday ishlar bir xodimga, katta tashkilotlarda esa maxsus bo’linmaga yuklatilgan bo’ladi.Amaliyotni ko’rsatishicha g’arbiy auditorlik tashkilotlarida ichki firma seminarlarini o’tkazish va unga tayyorgarlik ko’rish tashkilot xodimlarining majburiyatlari hisoblanadi. Bunday ishlarni mukammalligi va sifati xizmat zinapoyalari bo’yicha ko’tarilishda e’tiborga olinadi. Shuning uchun barcha xodimlar bunga puxta tayyorlanadilar.Avval mutaxassis tematikasini va qaysi guruh tinglovchilari uchun mo’ljallangan ekanligini e’lon qiladi. Tematika firma raxbariyati tomonidan tasdiqlanganidan so’ng mutaxassis o’qituvchi va tinglovchilar uchun materiallar tanlaydi va ularni kerakli bo’limga taqdim etadi. Ana shu jarayonlarni barchasi amalga oshirilgandan so’ng seminar o’tkaziladi.
Audit sifatini nazorat qilish bir necha darajada bo’ladi: Davlat tomonidan auditorlik faoliyatini nazorat qilish (litsenziya berish, bekor qilish); Auditorlik kompaniyasining etakchi auditorlari ustidan nazorat: muayyan mijozlarni tekshirishda dasturga asoslanganligini tekshirish va muhokama qilish; auditorning Axloq kodeksiga qattiq rioya qilishini ta’minlash; auditorlik kompaniyasining doimiy mijozlarini tekshirishda etakchi auditorlar smenasiga e’tibor berish. Auditorlik kompaniyasining assistentlari ustidan nazorati. 5-standart barcha auditorlik tashkilotlarida mavjud bo’lishi lozim bo’lgan audit sifati nazorati tizimini funktsiyalashtiruvchi va tashkil etuvchi birdan bir talablarini joriy etish maqsadida ishlab chiqilgan..
Qoida va jarayonlar auditor ish sifatini nazorat qilish samarali olib borilayotganligi to’g’risidagi asosli ishonchni taminlab berishi kerak. Mazkur talabning bajarlishi uchun har bir xizmatchi vazifalarining bajarilishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa sherik yoki xizmatchi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo’ladi. Ma’muriy ishlar va xizmatchilar tomonidan yuritiladigan ishlarni ham nazorat asosida tekshirib chiqilishi lozim. Auditorlik tashkiloti tomonidan hujjatlarasosida nazorat qilish natijalarini tasdiqlovchi tavsiyanoma beradi. Hujjatlar shakli va xajmi auditorlik tashkiloti hajmiga, funktsional bo’limlar soni, faoliyat tusi va boshqa omillarga bog’liq.
Download 263.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling