Reja: Auditning mohiyat


Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak


Download 47,36 Kb.
bet7/11
Sana07.05.2023
Hajmi47,36 Kb.
#1436613
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
audit

Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak:

  • Dastlabki rejalashtirish;

  • Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish;

  • Audit dasturini tayyorlash va tuzish.


Auditni dastlabki rejalashtirishning mazmuni

  • Auditni samarali rejalashtirish uchun auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati bilan auditni o‘tkazish bilan bog‘liq asosiy tashkiliy masalalarni kelishib olishi kerak.

  • Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditor xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati bilan tanishishi va quyidagilar to‘g‘risida axborotga ega bo‘lishi shart:

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, mamlakat (mintaqa) bo‘yicha iqtisodiy vaziyatni va uning tarmoq xususiyatlarini aks ettiradigan tashqi omillar;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning xo‘jalik faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan, uning individual xususiyatlari bilan bog‘langan ichki omillar;

  • Auditor quyidagilar bilan ham tanishishi kerak:

  1. xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy-boshqaruv tuzilishi;

  2. b) ishlab chiqarish faoliyati turlari va ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi;

  3. kapital tarkibi va aksiyalar kursi (xo‘jalik yurituvchi subyekt aksiyalari kotirovka qilinishi kerak bo‘lgan holda

  4. mahsulot ishlab chiqarishning texnologik xususiyatlari;

  5. rentabellik darajasi;

  6. o‘jalik yurituvchi subyektning asosiy xaridorlari va ta’minotchilari;

  7. tashkilot tasarrufida qoladigan foydani taqsimlash tartibi;

  8. shu’ba va tobe tashkilotlar mavjudligi;

  9. xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi;

  10. xodimlar mehnatiga haq to‘lashni shakllantirish prinsiplari.



  • Auditor uchun quyidagilar xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risida axborot olish uchun manba hisoblanishi kerak:

  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt ustavi;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi hujjatlar;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning kuzatuv va (yoki) ijroiya organlari majlislari, aksiyadorlar yig‘ilishlarining yoxud boshqa shu singari boshqaruv organlari majlislari bayonnomalari.

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosatini va unga o‘zgartirishlar kiritishni tartibga soluvchi hujjatlar

  • Buxgalteriya hisobotlari;

  • Statistika hisobotlari;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini rejalashtirish hujjatlari (rejalar, smetalar, loyihalar);

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning kontraktlari, shartnomalari, bitimlari;

  • Auditorlar, maslahatchilarning ichki hisobotlari;

  • Firmaning ichki yo‘riqnomalari;

  • Soliq tekshiruvlari materiallari;

  • Sud da’volari materiallari;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish va tashkiliy tuzilishlarini tartibga soladigan hujjatlar, uning filiallari va shu’ba korxonalari ro‘yxati;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyati va ijrochi xodimlari bilan suhbatlardan olingan ma’lumotlar;

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektni, uning asosiy uchastkalari, omborlarini ko‘zdan kechirishda olingan axborot.

  • Dastlabki rejalashtirish bosqichida auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish imkoniyatini baholaydi. Agar auditorlik tashkiloti audit o‘tkazishni mumkin deb hisoblasa, u auditni o‘tkazish uchun shtatni shakllantirishga o‘tadi.

  • Auditorlar guruhiga kiradigan mutaxassislar tarkibini rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagilarni hisobga olishi shart:

  • Auditning har bir bosqichi: tayyorgarlik, asosiy va yakunlash bosqichi uchun ish vaqti budjetini;

  • Guruh ishining mo‘ljallanayotgan muddatlarini;

  • Guruhning miqdoriy jihatdan tarkibini;

  • Guruh a’zolarining mansab darajasini;

  • Guruh xodimlarining vorisligini;

  • Guruh a’zolarining malaka darajasini.



Download 47,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling