Reja: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari va ularning tasnifi


Download 415.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.01.2022
Hajmi415.09 Kb.
#203190
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-amaliy mashgulot.



Amaliy mashg’ulot 1.   Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari va 

ularning tasnifi. Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. 

 

REJA: 

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari va ularning tasnifi. 

2.Texnik vositalar va ularning rivojlanib borish tendensiyalari. 

 

 



Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy tushunchalari va ularning tasnifi. 

 

Respublikamizning  iqtisodiyot  tarmoqlariga  va  hayotimizning  barcha  sohalariga  yuqori 



texnologiyalarni,  jumladan,  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalarini  joriy  etish  davlat 

organlarining  aholi  va  tadbirkorlik  subyektlari  bilan  interaktiv  hamkorligini  kengaytirishda  bir 

yo‗nalish sanaladi. 

Ayni vaqtda, axborot va kommunikatsiya texnologiyalari bosqichma-bosqich jamiyat hayotining 

barcha  jabhalariga  jadal  kirib  bormoqda  va  mamlakatimiz  taraqqiyotida  yuz  berayotgan  tub 

islohotlarning  amalga  oshishida  faol  ishtirok  etmoqda.  Dastlab  axborot  va  kommunikatsiya 

texnologiyalari  jamiyat  hayotiga  sanoat,  ishlab-chiqarish  kabi  sohalarda  turli  jarayonlarni 

boshqarish  hamda  nazorat  qilish  mexanizmi  sifatida  kirib  kelgan  bo‗lsa,  endilikda  yoshlarga 

zamonaviy  ta‘lim-tarbiya  berish,  innovatsion  va  nanotexnologiyalarga  asoslangan  ilmiy-

tadqiqotlarni  olib  borish,  axborot  almashish  va  umuman  jamiyat  hayotida  ijtimoiy-iqtisodiy 

islohotlarni  amalga  oshirish  samaradorligini  oshirish  kabi  turli  sohalarda  keng  miqyosda 

qo‗llanila  boshlandi,  ayniqsa,  keyingi  yillarda  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalaridan 

o‗ziga  xos  bir  yo‗nalish  sifatida  dav-lat  hokimiyati  va  boshqaruv  organlari  faoliyatida  keng 

qo‗llanilishi ushbu sohaning jamiyat hayotidagi o‗rni va rolining yanada oshib borayotganligidan 

dalolat beradi. 

Prezidentimiz  rahnamoligida  amalga  oshirilayotgan  izchil  islohotlar  samarasida  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalari  jadal  rivojlanmoqda.  2014-yil  5-mayda  O‗zbekiston 

Respublikasining  «Davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari  faoliyatining  ochiqligi 

to‗g‗risida»gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  Qonunning  qabul  qilinishi  hamma  foydalanishi 

mumkin  bo‗lgan  resurs  sifatida  davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlarining  faoliyati 

to‗g‗risidagi  axborotni  o‗z  ichiga  olgan  rasmiy  veb-saytlarning  tashkil  etilishiga  va  bu  sohada 

olib  borilayotgan  ishlarning  yangi  pog‗onaga  ko‗tarilishiga  olib  kelmoqda.  O‗zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  Islom  Karimov  2012-yilda  mamlakatni  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlariga va 2013-yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‗nalishlariga 

bag‗ishlangan  ma‘ruzasida  «Elektron  hukumat»  tizimini,  shu  jumladan,  boshqaruv  jarayonlari, 

shuningdek,  biznes  sohasiga  va  fuqarolarga  davlat  xizmatlari  ko‗rsatish  tizimini  shakllantirish 

konsepsiyasi  va  kompleks  dasturini  ishlab  chiqishni  jadallashtirishga,  Axborot  tizimlarining 

idoralararo  va  idoraviy  komplekslarni  integratsiya  qiladigan  milliy  tizimini  yaratishga  alohida 

e‘tibor qaratish lozim» ligini ta‘kidlagan edi. 

Davlatimiz  rahbarining  2013-yil  27-iyundagi  «O‗zbekiston  Respublikasining  Milliy  axborot-

kommunikatsiya  tizimini  yanada  rivojlantirish  chora-tadbirlari  to‗g‗risida»gi  PQ-1989  sonli 

Qarori  ham  axborot  sohasini  takomillashtirishda  muhim  omil  bo‗lmoqda.  Mazkur  qarorga 

muvofiq,  2013–2020  yillarda  O‗zbekiston  Respublikasida  telekommunikatsiya  texnologiyalari, 

tarmoqlari  va  aloqa  infratuzilmasini  rivojlantirish  dasturi  tasdiqlandi.  Qaror  ijrosini  ta‘minlash 

doirasida  O‗zbekiston  Respublikasi  Axborot  texnologiyalari  va  kommunikatsiyalarini 

rivojlantirish  vazirligi  huzurida  yangi  tuzilmalar —  «Elektron  hukumat»  tizimini  rivojlantirish 

markazi  va Axborot  xavfsizligini  ta‘minlash  markazi  tashkil  etildi.  Ushbu  markazlar  oldida 

turgan  muhim  vazifalardan  biri  mamlakatimiz  axborot  resurslari,  tizim  va  tarmoqlarini  jadal 

rivojlantirishdan  iboratdir.  Jumladan,  «Elektron  hukumat»  tizimini  rivojlantirish  markazining 

faoliyati  mamlakatimizda  davlatning  aholi  va  tadbirkorlik  subyektlari  bilan  elektron  hamkorlik 

tizimini  takomillashtirish  va  yanada  rivojlantirishning  strategik  yo‗nalishlarini  ishlab  chiqishga 



qaratilgan.  Davlat  organlarida  foydalaniladigan  ma‘lumotlar  bazasi  va  axborot-resurslarini 

loyihalashtirish,  ishlab  chiqish  va  birlashtirish  mexanizmini  nazarda  tutadigan  ushbu  tizimni 

shakllantirishga  yagona  texnologik  yondashuvni  ta‘minlaydigan  mazkur  markaz  bu  boradagi 

jahon tendensiyalari hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq etadi. 

Bugungi  kunda  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalariga  asoslangan  «Elektron  hukumat» 

tizimini  rivojlantirish  jarayonida  tadbirkorlik  subyektlari  hamda  aholiga  vaqt  va  mablag‗ni 

tejagan holda sifatli davlat xizmatlari ko‗rsatishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Xuddi shunday 

2013–2020 yillarda O‗zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari 

va  aloqa  infratuzilmasini  rivojlantirish  dasturiga  muvofiq  tegishli  me‘yoriy-huquqiy  baza 

takomillashtirilmoqda.  Bu  esa  o‗z  navbatida,  aholi  va  tadbirkorlik  subyektlarining  davlat 

hokimiyati va boshqaruv organlari bilan o‗zaro hamkorligini elektron shaklda amalga oshirishga 

qaratilgan  ishlarning  yanada  faollashuviga  olib  kelmoqda.  «Elektron  hukumat»  tizimida 

yigirmadan  ziyod  loyiha  amalga  oshirildi.  O‗zbekiston  Respublikasining  hukumat 

portali (www.gov.uz) shular jumlasidandir. Fuqarolar  yoki  tadbirkorlik subyektlari, tashkilot  va 

muassasalar  vakillari  ushbu  portal  orqali  davlat  hokimiyatining  barcha  elementlari  bo‗yicha 

to‗liq  axborot  olishi,  u  yoki  bu  davlat  organiga  elektron  shaklda  rasmiy  so‗rov  yuborishi 

mumkin.  Portalda  muhim  interaktiv  davlat  xizmatlarining  reestri  ham  joylashtirilgan.  Internet 

tarmog‗ida «yagona oyna» rejimida Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining (www.gov.uz) 

ishga  tushirilishi  bu  boradagi  ishlarning  mantiqiy  davomi  bo‗ldi.  Bugungi  kunda  ushbu  portal 

yigirmadan  ortiq  yo‗nalish  bo‗yicha  170dan  ziyod  interaktiv  xizmatdan  foydalanish  imkonini 

bermoqda  va  davlat  xizmatlarini  qamrab  olishni  kengaytirib,  o‗z  vazifalarini  takomillashtirib 

bormoqda.  Ayni  paytda,  xavfsizlikni  ta‘minlamasdan  taraqqiyotga  erishib  bo‗lmasligini 

hayotning o‗zi ko‗rsatib turibdi. Shu bois «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish va Axborot 

xavfsizligini ta‘minlash markazining tashkil etilishi va ular o‗rtasidagi hamkorlik O‗zbekistonda 

milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. 

O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi  Qonunchilik  palatasida  O‗zbekiston  Respublikasining 

«Elektron  hukumat»  to‗g‗risidagi  Qonun  loyihasi  keng  muhokama  qilindi.  Mazkur  qonun 

loyihasini  maromiga  yetkazishga  mas‘ul  bo‗lgan  Axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari 

masalalari qo‗mitasi tomonidan ekspertlar ishtirokida tashkil etilgan ishchi guruhi ish olib bordi. 

Qonun loyihasining muhokamalarida siyosiy partiyalarning Qonunchilik palatasidagi fraksiyalari 

va O‗zbekiston Ekologik harakati deputatlari guruhi tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar 

inobatga olindi. Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida joriy yil 18-noyabrda uchinchi o‗qishda 

qabul  qilindi  va  O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  Senatiga  yuborildi.  «Elektron 

hukumat»  to‗g‗risidagi  Qonun  loyihasining  qabul  qilinishi  O‗zbekiston  Respublikasi 

Konstitutsiyasining  29-moddasida  belgilangan  har  kimning  fikrlash,  so‗z  va  e‘tiqod  erkinligi 

hamda o‗zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish kabi huquqlarining amalga oshishida 

muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Xuddi  shunday  Konstitutsiyaning  30-moddasida  «O‗zbekiston 

Respublikasining  barcha  davlat  organlari,  jamoat  birlashmalari  va  mansabdor  shaxslari 

fuqarolarga  ularning  huquq  va  manfaatlariga  daxldor  bo‗lgan  hujjatlar,  qarorlar  va  boshqa 

materiallar  bilan  tanishib  chiqish  imkoniyatini  yaratib  berishi  lozim»  ligi  belgilangan  bo‗lib, 

«Elektron  hukumat»  to‗g‗risidagi  Qonun  loyihasi  aynan  ushbu  normaning  amalga  oshishini 

ta‘minlovchi muhim mexanizm sifatida ham alohida o‗rin tutadi. 

Dunyoda ro‗y berayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, madaniyatlarning o‗zaro qorishib, 

turli  axboriy-psixologik  hurujlar  kuchayib  borayotgan  bir  paytda  mazkur  yo‗nalishdagi 

qonunchilikni  yanada  takomillashtirish,  uni  milliy  manfaatlarimizni  himoya  qilishning 

mustahkam  huquqiy  kafolatiga  aylantirish  ustida  ishlash  istiqboldagi  ustuvor  vazifalarimizdan 

biri bo‗lib qoladi, albatta. 


Download 415.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling