Reja: Axborot texnologiyasining integratsiyasi haqida tushuncha. Integratsiyalashgan axborot tizimlari. Axborotdan umumiy foydalanish tizimi. Global axborot tizimlari. Geoaxborot tizimlar haqida tushuncha va ularning ishlash texnologiyasi
Axborot tizimlarini axborot tavsifi bo‘yicha sinflanishi
Download 0.81 Mb.
|
Axborot texnologiyasining integratsiyasi 22-133
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo‘yicha sinflari
- Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sinflanishi.
Axborot tizimlarini axborot tavsifi bo‘yicha sinflanishi
Axborotni qayta ishlash nuqtai nazar axborot tizimini quyidagicha tasniflash mumkin: -Axborotli-ma’lumotli, axborot-qidiruv tizimlari, bunday tizimlarda axborotlar qidiriladi va ma’qul ko ‘rinishda chiqariladi; -Axborotlarni qayta ishlash tizimlari, bu yerda axborotlar murakkab algoritmlar asosida qayta ishlaniladi, masalan, avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari. Axborot tizimlarining masalaning tuzilishi bo‘yicha sinflari Bu yerda quyidagi tasniflash keltirildi, umumiy ko‘rinishda bu yerda axborot tizimining kengaytirilishi inobatga olinadi (masshtablash) Shaxsiy axborot tizimi, bir kishiga mo‘ljallangan axborot tizimi. Guruhlangan axborot tizimi, korxona bo ‘limi xodimlari axborotlardan birgalikda foydalanishadi. Tashkilot axborot tizimi, korxona doirasida axborot jarayonini to‘liq qoplagan bo‘lib, ularni to‘liqliqini va ularni barchaga etkazib berish imkoniga ega bo‘ladi. Axborot tizimlarini avtomatlashtirish darajasi bo‘yicha sinflanishi. Avtomatlashtirish darajasiga ko‘ra avtomatlashtirilgan, avtomatik va avtomatlashtirilmagan (an’anaviy) boshqarish tizimlari o‘zaro farqlanadi. Avtomatlashtirilgan tizimlar kishilar bo‘g‘inini (operatorlar, ma’muriy apparat) uzining organik tarkibiy qismiga kiritadi. Avtomatik tizimlar esa yig‘ish va sozlashdan so‘ng inson ishtirokisiz (proflaktik nazorat va ta’mirlashni hisobga ol-masa) prinsip jihatdan ishlashi mumkin va ularni ko‘proq texnolo-giyalarni boshqarishda qo‘llashadi, garchi bu o‘rinda avtomatlashtirilgan tizimlar afzal ko‘rilsa ham. Tashkiliy boshqaruv tizimlariga kelganda, ular bu spesifikasidan kelib chikib avtomatik bo‘lolmaydi. Odamlar bu tizimlarda quyidagi asosiy vazifalarni hal etadi: birinchidan, bu boshqarish maqsadlari va mezonlarining qo‘yilishi va tuzatib borilishidir (ular sharoit o‘zgarganda o‘zgar-tirib boriladi), ikkinchidan, qo‘yilgan maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘llarini izlab topishda ijodiy elementlarni kiritish (qo‘llanayotgan texnologiya yoki tashkiliy ishni keskin o‘zgartirish), uchinchidan, ishlab chiqilayotgan qarorlar tizimini tugal tanlash va ularga yuridik kuch berish. Nihoyat, to‘rtinchi vazifa bo‘lishi mumkin, bu tizimni boshlangach axborot bilan ta’minlashki, uni to‘plashni to‘liq avtomatlash mumkin emas yoki noratsional hisoblanadi (masalan, kadrlarni hisobga olish ma’lumotlari, ish joyining o‘zgarishi ahvoli va hokazolar). Avtomatlashtirilmagan ATida axborotlar texnika vositasisiz xodimlar tomonidan bajariladi. Avtomatik ATida barcha axborot jarayonlari xodimlarsiz amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) – bu ma’lumotlar jamlanmasi, iqtisodiymatematik usullar va modellar, texnikaviy, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislar bo‘lib ma’lumotlarni qayta ishlash va qaror qabul qilish uchun mo‘ljallangan. AATning tasnifi quyidagicha qabul qilingan: 1.6 - j a d v a l. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tasnifi
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling