Reja: Axborot tizimi haqida tushuncha. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari. Axborot tizimining dasturiy ta’minoti. Avtomatlashtirilgan axborot tiziming tasniflanishi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining tarkibiy va tamoyil juhatdan


Download 50.31 Kb.
bet6/7
Sana20.06.2023
Hajmi50.31 Kb.
#1632334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari

Tizim va tashqi muhit
«Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o’rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o’z-o’zidan emas, balki boshqa ko’plab elementlar qurshovida mavjud bo’ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko’rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo’lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit – bu ko’rilayotgan tizimga ta’sir ko’rsatuvchi yoki ko’rilayotgan masala sharoitida uning ta’siri ostida bo’lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir-biriga bog’liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog’ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqali tizimlar deb ataladi.
Tizimlarning turkumlanishi
Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o’xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi.
Tasniflash – bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar ya’ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta’minlanganligi va hakozo bo’yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo’yicha tasniflash qiziqtiradi.
Tizimni mazkur belgiga ko’ra tasniflash.
Sun’iy tizimlar – bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir.
Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar.
Aralash tizimlar ta’biy va sun’iy tizimlarni o’z ichiga oladi.
Ergonomik tizimlar – bu, «mashina – inson - operator» majmui.
Biotexnik tizimlar – tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir.
Tashkiliy tizimlar – bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar jamoasidan tashkil topgan tizimlar sanaladi.

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling