KONSEPTUAL BOSQICH
ICHKI BOSQICH
MA’LUMOTL
AR BAZASI
MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar
ham qo`yiladi:
- tilning to`liq bo`lishi;
- vazifalarni bajarish uchun tеgishli vositalarning bo`lishi;
- aniqlangan ma'lumotlarni to`liq qayta ishlash va boshqalar.
Dasturlash tillari bir qator bеlgilarga ko`ra turkumlarga ajratiladi.
o`zgaruvchanlik;
jarayonlilik;
foydalanilayotgan matеmatik apparat va boshqalar.
MBBT dagi dasturlar tеgishli bo`yruqlarning to`plamidan tashkil topadi. Еchilayotgan
masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega bo`ladi. Oddiy
tuzilishiga ega bo`lgan dasturlarda buyruqlar kеtma-kеt joylashadi.Murakkab tuzilishli dasturlarda
esa buyruqlar modullar holatida, ya'ni asosiy modul va quyi dasturlar to`plamidan iborat bo`ladi.
Ma'lumotlar bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir.
Tayanch iboralar: ma'lumotlar bazasi, daraxtsimon, tarmoqli, jadvalli, mantiqiy tuzilish,
mantiiqiy modеl, pog`onali, tarmoqli, rеlyatsion.
Ma'lumotlar bazasi tushunchasi va uni boshqarish tizimi ishlab chiqilganidan keyin
mutaxassislar 1971 yildan boshlab ma'lumotlar bazasining umumiy arxitekturasi va terminologiyasi
bo'yicha ishlay boshladilar. Ma'lumotlar bazasini qanday tashkil qilish kerakligi haqidagi savol darhol
hal qilinmadi. Bir necha yillar davomida ushbu yo'nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borildi, amalga
oshirishning turli usullari taklif qilindi. 1978 yilda taklif qilingan yechimlarni qayta-qayta muhokama
qilish natijasida har kuni olimlar Amerika Milliy Standartlar Instituti (ANSI - American National
Standarts Institute)- Amerika Qo'shma Shtatlarining SPARC tomonidan taklif qilingan uch darajali
ma'lumotlarni tashkil qilish tizimini qabul qildilar. Qabul qilingan konsepsiyaga muvofiq
ma'lumotlarni taqdim etish uchun abstraktsiyaning uchta darajasini ajratish taklif etiladi: tashqi,
kontseptual va ichki. ANSI/SPARC mafkurasi standartga aylanmagan bo'lsa-da, ma'lumotlar bazalari
va ma'lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksional xususiyatlarini tushunish uchun
asos yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |