Reja: Badiiy obraz tushunchasi


Download 15.46 Kb.
Sana23.02.2023
Hajmi15.46 Kb.
#1224372
Bog'liq
3- amaliy


3-mavzu: Badiiy adabiyotda obrazlilik
REJA:

  1. Badiiy obraz tushunchasi

  2. Badiiy obraz xususiyatlari

  3. Inson obrazi va uni yaratish vositalari

  4. Badiiy obraz turlari

Tayanch tushunchalar: obraz, obrazlilik, obrazli tafakkur, badiiy obraz, obyektiv ibtido,subyektiv ibtido, muallif xarakteristikasi, portret,badiiy psixologizm
Savollar:

  1. “ Badiiy obraz badiiy adabiyot va san’atning tafakkur shakli” deyilishining boisi nimada?

  2. ‘’ Badiiy obrazning konkretliligi” deganda nimani tushunasiz?

  3. Badiiy obrazning ko’pma’nolik kasb etishi nimalarga bog’liq?

  4. Badiiy asarlar tasnifi qaysi jihatlardan amalga oshiriladi?

  5. Inson obrazini yaratish vositalari qaysilar?

Topshiriqlar :

  1. Obrazli tafakkur bilan tushunchalar vositasidagi tafakkur tarzining farqini misollar yordamida ko’rsating.

  2. Personajning so’z bilan chizilgan tashqi qiyofasi- portret ham inson obrazini yaratishda muhim vosita sanaladi. Abdulla Qodiriyning portret yaratish mahoratini misollar yordamida ko’rsatib bering.

  3. Umumlashtirish darajasiga ko’ra muayyan darajada turg’un shaklni olgan holda adabiy jarayonda takrorlanishi nuqtayi nazaridan badiiy obrazning motiv, topos, arxetip deb yuritiluvchi ko’rinishlari ajratiladi.( Motiv- shakliy va mazmuniy jihatdan muayyan turg’unlik kasb etgan,bir yoki bir necha ijodkorlarning asarlarida qaytarilib turishi bilan ularning ijodiy intilishlarini namoyon etib turuvchi obraz.)

Topshiriq: Yozuvchi Ulug’bek Hamdam va Isajon Sulton asarlaridagi motiv obrazlarni aniqlang va topgan misollaringizni “Konseptual jadval” da ko’rsatib bering.

N

Yozuvch i nomi

Motiv obraz

Badiiy asar nomi

janri

Qanday ma’no anglatgan

1.

Ulug’bek Hamdam

shamol


































2.

Isajon Sulton

shamol


































  1. Adabiy asarda xarakter ruhiyatini ochish,umuman, inson obrazini yaratishning muhim vositalaridan biri personaj nutqidir.

Topshiriq: Audio topshiriq. O’zingiz yoqtirgan asar qahramonining nutqidan parcha yod oling va diktafonga yozib, audio fayl orqali jo’nating.Nima uchun aynan shu parchani tanlaganingizni izohlang.
Mavzu yuzasidan tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Toshkent.”Akademnashr” 2018 yil. 88-116 bet.

  2. Yo’ldoshev N. Cho’lpon she’riyatida inson va tabiat talqini. Toshkent. ‘’ Akademnashr” 2016yil.

  3. Rasulov A.Adabiy xarakterlar// Badiiylik-bezavol yangilik.Toshkent: “ Sharq” 2007 yil.6-27 betlar.

  4. Hamroyeva D. Obraz, timsol va ramz.// O’zbek tili va adabiyoti jurnali. 2008 4-son. 72-75 bet

Download 15.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling