Badiiy asarni tushunish va, ayniqsa, tushuntirishning qiyinligi, adabiy tanqidda yaqqol koʼzga tashlanib turadigan subʼektivlik badiiy asarni ilmiy tahlil qilish mumkin-nomumkin va kerak-nokerakligi borasida keskin qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Bunday qarashlarda bir-biriga keskin zid boʼlgan ikki yondashuv borligini kuzatish mumkin. - Badiiy asarni tushunish va, ayniqsa, tushuntirishning qiyinligi, adabiy tanqidda yaqqol koʼzga tashlanib turadigan subʼektivlik badiiy asarni ilmiy tahlil qilish mumkin-nomumkin va kerak-nokerakligi borasida keskin qarama-qarshi fikrlar yuzaga kelishiga sabab boʼladi. Bunday qarashlarda bir-biriga keskin zid boʼlgan ikki yondashuv borligini kuzatish mumkin.
- Bu yondashuvlarning biri adabiy sinchilikda faqat subʼektiv qarashlar ifodasini koʼradi va shu sababli uni ilm emas deb hisoblaydi. Chindan ham tahlil amaliyoti koʼrsatadiki, ayni bitta badiiy matn bir necha sinchi tomonidan tamomila har xil yoʼsinda tekshirilishi va turlicha baholanishi koʼp uchraydi. Bunday yondashuv tarafdorlari adabiy sinchilikning ilmiyligi xuddi tabiiy va matematik fanlardagi kabi aniq koʼrinib turadigan hamda boshqacha izohlash mumkin boʼlmagan birgina yoʼsinda ifodalanishida namoyon boʼlishini istaydilar. Аncha keng yoyilgan bunday qarashdagi mutaxassislar kibernetikaning otasi N. Vinerning: “...har qanday fanning ilmiylik darajasi uning matematikalashish darajasiga tengdir”,- degan qarashiga tayanib, matematik apparatga ega boʼlmagan va xulosalari arifmetik miqdorlarda oʼlchanmaydigan ilmiy hodisa fan boʼlolmaydi deb hisoblaydilar.
XX asr rus adabiyottanuvchiligining ulkan vakili D. Lixachyov aytmoqchi: “Fanning aniqligini tayin etishda faqat aniqlikning oʼziga intilmaslik kerak. Tabiatida aniqlik boʼlmagan va boʼlishi mumkin ham boʼlmagan materialdan oʼta darajadagi aniqlikni talab qilish gʼoyat xatarlidir” . Haqiqatan, biror fan tomonidan qoʼllaniladigan tamoyil va usullar shu fanning tabiatiga qanchalik koʼp mos kelsa, ushbu fan predmeti mohiyatining muhim, obʼektiv va oʼziga xos jihatlarini shunchalik toʼla koʼrsatadi hamda bu sohadagi izlanishlar oʼshanchalik ilmiylikka ega boʼladi. Zero, ilmiylikning asosiy, mohiyatan yagona belgisi fan predmetiga mos keladigan qoida va qonuniyatlarni tayin eta olishdan iboratdir. - XX asr rus adabiyottanuvchiligining ulkan vakili D. Lixachyov aytmoqchi: “Fanning aniqligini tayin etishda faqat aniqlikning oʼziga intilmaslik kerak. Tabiatida aniqlik boʼlmagan va boʼlishi mumkin ham boʼlmagan materialdan oʼta darajadagi aniqlikni talab qilish gʼoyat xatarlidir” . Haqiqatan, biror fan tomonidan qoʼllaniladigan tamoyil va usullar shu fanning tabiatiga qanchalik koʼp mos kelsa, ushbu fan predmeti mohiyatining muhim, obʼektiv va oʼziga xos jihatlarini shunchalik toʼla koʼrsatadi hamda bu sohadagi izlanishlar oʼshanchalik ilmiylikka ega boʼladi. Zero, ilmiylikning asosiy, mohiyatan yagona belgisi fan predmetiga mos keladigan qoida va qonuniyatlarni tayin eta olishdan iboratdir.
- Аdabiyotshunoslikdan uning tabiatiga xos boʼlmagan tarzda oʼta aniqlikni talab qilishga urinuvchilar bilan bir qatorda badiiy asarni ilmiy izohlash kerak emas deb qaraydigan yondashuv tarzi ham mavjud. Bu tamoyil tarafdorlari oʼz qarashlarida fan hech qachon sanʼat asarining sehrli ohanrabosi va sirli jozibasini berolmasligiga asoslanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |