Reja: Bakteriofaglar
BAKTERIOFAGLAR DUNYODAGI UGLEROD AYLANISHIDA MUHIM ROL O'YNAYDI
Download 270.22 Kb.
|
3-Bakteriofaglar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bakteriofag – bakteriyalarni zararlovchi virus
- Bakteriofag infeksiyalari
- Litik sikl
BAKTERIOFAGLAR DUNYODAGI UGLEROD AYLANISHIDA MUHIM ROL O'YNAYDIBakteriofaglar okeandagi eng ko'p tarqalgan virusdir. Pelagifaglar deb ataladigan fajlar SAR11 bakteriyalarini yuqtiradi va yo'q qiladi. Ushbu bakteriyalar erigan uglerod molekulalarini karbonat angidridga aylantiradi va mavjud atmosfera uglerod miqdoriga ta'sir qiladi. Pelagifaglar SAR11 bakteriyalarini yo'q qilish orqali uglerod aylanishida muhim rol o'ynaydi, ular juda tez tarqaladi va infektsiyani oldini olish uchun juda yaxshi moslashadi. Pelagifaglar SAR11 bakteriyalar sonini bir maromda ushlab turadi va bu dunyo miqyosida karbonat angidrid ishlab chiqarishning ko'payib ketmasligini ta'minlaydi. Bakteriofag – bakteriyalarni zararlovchi virusBakteriofag yoki qisqacha fag bu bakteriyalarga yuqadigan virusdir. Boshqa viruslar singari, bakteriofaglar ham shakl va genetik maʼlumot jihatidan juda xilma-xil. Fag genomlari DNK yoki RNKdan tuzilgan boʻlib, ularning soni eng kamida toʻrtta va eng koʻpi bir necha yuztagacha ham borishi mumkin1,2,31,2,3start superscript, 1, comma, 2, comma, 3, end superscript. Bakteriofagning kapsidi ikosaedr, tolasimon yoki bosh-dum shaklida boʻlishi mumkin. Bosh-dum shaklli tuzilish koʻpgina faglar va ularning yaqin qarindoshlari orasida keng tarqalgan (eukariot viruslarida esa umuman uchramaydigan) holat hisoblanadi4,54,5start superscript, 4, comma, 5, end superscript. Ikosaedr fag, “bosh-dumchali” fag va tolasimon fag. Manba: “Corticovirus,” “T7likevirus,” and "Inovirus, / ViralZone/Shveysariya Bioinformatika Instituti, CC BY-NC 4.0. Bakteriofag infeksiyalariBoshqa viruslarga oʻxshab, bakteriofaglar ham koʻpayish maqsadida xoʻjayin hujayralarni zararlashi kerak. Infeksiya jarayonini tashkil etuvchi bu bosqichlar birgalikda fagning hayot sikli deb ataladi. Baʼzi faglar faqat litik hayot sikli orqali koʻpayishi mumkin, bunda ular oʻzlarining xoʻjayin hujayralarini yorib, halok qiladi. Boshqa faglar litik va lizogen hayot sikllari orasida oʻzgarib turishi mumkin, bunda ular xoʻjayin hujayrani oʻldirmaydi (buning oʻrniga hujayra har safar boʻlinganida xoʻjayin DNK bilan birga fag DNK nusxasi koʻchirilaveradi). Keling, ushbu ikki sikl haqida yaqinroq tanishamiz. Misol tariqasida E. coli bakteriyasini zararlovchi, litik va lizogen sikllar orasida koʻchib yuruvchi lambda (lambda) fagini koʻrib chiqamiz. Litik siklLitik siklda fag odatiy virus kabi yoʻl tutadi: u xoʻjayin hujayrani egallaydi va undagi resurslardan foydalanib yangi faglarni koʻpaytiradi. Natijada hujayra lizisga uchraydi (yoriladi) va nobud boʻladi. Download 270.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling