Reja: Basketbol o’yin xarakatlanishi
Download 1.25 Mb.
|
5 Baskitbol o’yinida xarakatlanishni o’rgatish
Baskitbol o’yinida xarakatlanishni o’rgatish Reja: 1.Basketbol o’yin xarakatlanishi. 2.Basketbol xarakat turlari. 3.Basketbol to’pini ushlashlab olish. Basketbol – bu to‘p bilan jamoaviy o‘yindir. Jamoa o‘yiniga talabnomasiga 12 kishini kiritish mumkin, maydonda xar bir jamoaning 5 o‘yinchisi xarakat qiladi. O‘yinning maqsadi – raqibning xalqasini gol urishdir. G‘olib jamoa 10 daqiqadan iborat bo‘lgan 4 ta bo‘limdan so‘ng aniqlanadi. Agar 4 bo‘limdan so‘ng durrang qayd etilsa, 5 daqiqadan iborat qo‘shimcha vaqt (overtaym) belgillanadi. Basketbol qo‘l bilan o‘ynaladi. To‘pning maydonda olib borilishi ikki yo‘l bilan ijro etiladi: (dribling) – to‘pni maydonda urib olib borilishi va to‘pning jamoadoshlarga oshirilishi.To‘pga oyoqni tegilishi, yoki musht bilan urilishi ma’n etiladi. To‘pni tasodifan oyoqqa tegishi o‘yin qoidasini buzilganligini bildirmaydi. Ochkolar xalqaga aniq tushgan to‘plar bilan inobatga olinadi. Ochkolar miqdori o‘yin xolatidan kelib chiqib, yoki masofaviy jixatdan xisobga olinadi: Har bir jarima to‘pini aniq tushishga 1 ochko beriladi. Uch ochkoli aylana yoyining ichkarisidan aniq tushirilgan to‘pga 2 ochko xisobga yoziladi. Uch ochkoli aylana yoyining tashqarisidan, yani maydonning istalgan joyidan aniq tushirilgan to‘pga 3 ochko beriladi. O‘yin 28 ga 15 o‘lchamdagi maydonda o‘tadi. Xalqa 3,05 m. balandligda turgan 1,8m ga 1,2m o‘lchamdagi shitga qotiriladi. To‘pning o‘lchami erkaklar va ayollar uchun xar xil (# 7 va # 6) og‘irligi 567-650 gramm bo‘ladi. Xakam markaziy aylanada to‘pni yuqoriga tashlanganidan keyin o‘yin boshlanadi. Markazda turgan o‘yinchilar sakrab o‘zlarinig jamoadoshlari uchun to‘pni tashlab berishlariga xarakat q ilishadi. To‘pga yuqori nuqtaga yetmaganidan oldin tegishga yo‘l qo‘yilmaydi, xamda qo‘lga olish mumkin emas. Uyinning vaqti ikki qismga bo‘linadi, xar bir qism bo‘limdan iborat. 1 va 2, xamda 3 va 4 bo‘limlar orqali 2 daqiqa. 1 va 2 qism, ya’niy 2 va 3 bo‘lim orqali tanaffusi esa 15 daqiqa tashkil qiladi. Shu oraliqdan keyin jamoalar tomonlar (yarim maydon) bilan almashadi. Basketbol o‘yin qoidalarini buzish. Xar qanday o‘yin qoidasini buzilishi to‘pning egallashini yoqotishiga va uning raqib jamoaga o‘tishiga olib boradi. Shu xarakatni oshirish uchun 5 soniya ajratiladi. Aut – bu xar qanday maydonchaning tashqaridagi nuqtasidir. Aut (maydon chekkasi) chiziq – bu autning qismidir. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling