Reja: Basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Xalqaro Basketbol Asossiatsiyasining (xba) tashkil etilishi O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi. Basketbolning paydo bo’lishi va rivojlanishi


O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi


Download 78.57 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi78.57 Kb.
#1819116
1   2
Bog'liq
1404286618 52467

O’zbekistonda basketbolning rivojlanishi.
O’zbekiston hududida basketbol 1913g’14 yillarda tarqala boshlanganligi haqida ma’lumotlar bor. Ammo, o’lkamizda faqat 1917 yildan kein chinikkam rivojlana bordi. O’zbek sportchilarining basketbol bilan tanishishi VSEOVUCH vakili L.D. Barxashning nomi bilan bog’liq. U 1920 yilda Farg’onada basketbol jamoalarini tashkil qilib ularni qoidalari bilan tanishtirdi.
Basketbol 28x16 m li maydonchada har jamoada 9 kishidan iborat bo’lib o’ynaydilar. Maydoncha chiziqlar bilan 3 qismga bo’linib, basketbolchilar 3 himoyachi, 3 yarim himoyachi va 3 hujumchiga ajratilar edi. Ular to’pni savatga ikki qo’llab, pastdan otar edilar.
Toshkentda basketbol jamoasini VSEOVUCH instruktori S.Stariy tashkil qildi. R.Taranov, A. Bagachenkov, YU. Beloserkovskiylar bu komanlaga a’zo edilar. Basketbol seksiyalari keyinchalik Namangan, Samarqand va O’rta Osiyodagi boshqa shaxslarning fabrika, zavod va boshqa tashkilotlarda o’ynada boshladi. SHuning uchun basketbol irdaryo viloyatining 1924 yilda olimpiadasi dasturiga kiritildi. Bu yillarda musobaqalar 1922 yildagi Moskva qoidalari asosida o’tkazildi. O’yin vaqti 40 m bo’lib, har ikki jamoa 5 kishidan iborat edi (2 ta himoyachi, markaziy o’yinchi va 2 ta hujumchi ) Himoyaga faqatgina markaziy hujumchi qaytib kelar va o’yinda hech qanday kombinatsiya qo’llanilmasdi. Jarima to’plarini otish jamoaning bitta o’yinchisi zimmasiga yuklatilar edi. O’yin davomida basketbolchining faqat jarohatlandagina almashtirish mumkin edi. Dastlabki to’p otishda markazdan boshlaydigan basketbolchilar bitta qo’llarni orqapa qilib turishlari, jamoalarning hujumchilari esa, oldi zonalarda turishlari lozim edi. Basketbolning bir joyda to’pni 2 dek dan ortiq tutib turish taqiqlanadi. To’pni savatga ikki qo’llab pastdan va bir qo’llab yelkadan otish keng qo’llaniladigan usullardan bo’lib hisoblanadi.
O’rta Osiyo hududida bir necha Respublikalar tashkil etilgach, O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport ishlarini bajarishni sport tashkilotlari o’z zimmalariga oldilar. 1923 yil 13 iyunda chiqarilgan qaror Respublikamiz jismoniy tarbiya va sport hayotida katta voqea bo’ldi.
Musobaqa shu yillarda takomillashdi. SHit maydoni chegaralovchi chiziqdan 60 sm ichkariga o’rnatiladigan bo’ldi. Basketbolchilarning texnikasidan to’pni vaqtida tezlik bilan uzatish va shit tagidan uni va ikki qo’llab savatga otish kabi usullar paydo bo’ldi.
Respublika bo’ylab keng tarqalayotgan basketbol o’yini 1927 yilda butun o’zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Spartakiada Toshkent, Andijon , Farg’ona va Samarqand viloyatlari jamoalari qatnashdilar.
1928 yil 11 butun o’zbek spartakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakiada Toshkentning erkaklar va ayollar birinchi o’rinni egalladilar. Bunda Moskva bo’ladigan spartakiadasida O’zbekiston basketbolchilari terma jamoalari aniqlandi.
1928 yilda Moskvada o’tkazilgan spartakiadada O’zbekiston basketbolchilari xalqaro uchrashuvini o’tkazdilar, ular Fransiya terma jamoasi bilan uchrashuv erkaklar 49x12 va ayollar 24:12 hisobi bilan g’alaba qozondilar.
1928 yildagi spartakiadagi tayyorgarlik natijasida Respublika basketbolning rivojlanishi bir muncha jonlangan bo’lsa ham doimiy musobaqalar kalendarining bo’linishi, basketbol maydonchalarining kamligi jamoalarda murabbiylarning yetishmasligi bu o’yinning chinakkam ommaviy tus olishiga to’sqinlik qilar edi.
1929 yildagi shaharlar birinchiligida ishlab chiqarish jamoalari bilan bir qatorda oliy o’quv yurtlarining jamoalari ham qatnadilar.
1933 yil 10 yanvarda qabul qilingan O’zbekistonning jismoniy tarbiya ishlari haqidagi qarorini Respublika jismoniy tarbiya ishlarini rivojlantirishda katta ahimiyatga ega bo’ldi.
1933 yildan boshlab basketbol butun o’zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi va muntazam ravishda Respublika birinchiliklari o’tkazila boshladi.
1934 yilda basketbol bo’yicha o’tkazilgan birinchi O’rta Osiyo spartakiadasiga esa O’zbekiston erkaklari va ayollar terma jamoalari birinchi o’rinni egallashdilar.
Respublikamiz basketbolchilari 1952 yilgacha o’tgan O’rta Osiyo Respublikalari va Qozog’istonning spartakiadalariga ham birinchilikni qolgan bermadilar. 1952 yildan so’ng musobaqalarda ayollar jamoasi kuchligigicha qolgan bo’lsa ham,erkaklar jamoasi 1973 yilgacha Qozog’iston jamoasini oldiga o’tkazib, ikkinchi o’rin bilan kifoyalanib qoldi.
Respublika basktbolchilari 1935 yilda Leningradda o’tkazilgan sobiq ittifoq musobaqlarida qatnashib, erkaklar 12-inchi, ayollar 11-inchi rinlarni egalladilar.
Sobiq ittifoq musobqalaridan so’ng terma jamoa a’zolari Respublika shaharlariga borib, seminarlar, murabbiylar yig’ilishlari o’tkazib basketbolni targ’ib qila boshladilaryu
1936‑37 va undan keyingi kun musobaqalarida Toshkent shahri jamoalari Respublikamizning boshqa shahar jamoalaridan ancha ustun edilar, lekin o’zbek basketbolchilari texnik va taktik tayyorgarlikda o’sha davrdagi Rossiya, Latviya, Litva va Estoniya jamoalaridan ancha orqaga edilar.
1939 yilda mamlakaitimizda musobaqaning yangi yoidalari joriy etildi. Bu qoidalar Xalqaro musobaqalar qoidalariga munosib tuzildi. Masalan, musobaqalar “toza” o’yin vaqti o’yicha o’tkazilgan bo’ladi, basetbolchilariga ega bo’lishga va bu basketbolchilarni xihlagancha almashtirishlari ruxsat berila boshladi. YAngi qoida bo’yicha maydon ikki zonaga bo’linib, “zona qoidasi” kiritildi. Basketbolchilarning to’pni orqa zonaga 10 sek dan ortiq ushlab turish taqiqlanadi. YAngi qoidalar bo’yicha savatga to’p tushurgan jamoa basktbolchilari o’yinni markazdan boshlamay, to’pni o’z zonalarining shit ortidagi chiziq orqasidan o’yinga kiritadigan bo’ldi. Jarima to’plarini endi “jabrlangan” basketbolchilarning o’zigina bajaradigan bo’ladi. YAngi qoidaning qo’llanish o’yinni bir muncha tez olib borishga, o’yin texnikasi va taktikasining takomillashishiga olib keladi. Respublikaning kuchli basketbolchilari to’pni ko’krakdan ikki o’qldlab va yelkadan bir qo’llab uzatish kabi usullari qo’llay boshladilar.
1944 yilda Respublkamizda atigi 91 ta basketbol maydonchasi bor edi. Bu yillarda, ayniqsa sportning mudofaa turlari keng ko’lamda rivojlantirildi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida sportchilar qatorida basketbolchilar ham faol qatnashdilar. Bir necha orden va medallar bilan mukofatlanganar. A.R.Krillov, M.A. Fyodorov, S.I. Utkin, M.F. Timofeyev lar shular jumlasidandir.
1945 yiloda Toshkentda 3‑incha o’zbek spartakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakianing basketbol turida ayollar va erkaklarning 7 ta jamoalari qatnashdi. Birinchi o’rinni Toshent shahrining ayollar va erkaklar jamoalari egalladilar.
1946‑60 yillar Respublikamizda basketbol o’yinning muhim bosqichi bo’lib hisoblanadi.
1946 yil O’zbekistonda sportchilar o’rtasida olib borilgan nazorat birgina Respublika sport qo’mitasining shifokor tomonidan amalga oshirganlar, hammasi bo’lib 2104 kishi basketbol bilan shug’ullanganlar edi. Bu yillarda Respublikamizning sanoat korxonalarida, o’quv yurtlarida, jamoa xo’jaliklarda haamda mahallik millat vakillari o’rtasida basketbolni rivojlanishiga katta ahamiyat berildi. Mahalliy millat vakillarining jamoalari o’rtasida birinchi Respublika chempionati 1945 yilda Andijonda bo’lib o’tdi. Musobaqalarda 4 ta jamoa qatnashib, 1‑inchi o’rinni Samarqand, 2‑inchi o’rinni Namangan , 3‑inchi o’rinni Andijon, 4‑inchi o’rinni Toshkent shahrining jamoalari egalladilar.
1946 yil Andijon mahalliy millat vakillarining, ya’ni erkaklarning jamoalari o’rtasida ikkinchi Respublika chempionati. Bu musobaqalarda Respublikamizning 8 viloyatidan 50 kishi qatnashdi. Musobaqalar juda qiyin sharoitda o’tkazilgan edi: zalning kattaligi 29x10,4 m bo’lib, shit devorga mahkamlangan, yorug’lik manbalari o’rnatilgan edi va h.k. qizig’i shundaki, musobaqa uchun Andijon shahrida bitta basketbol to’pi topilgan edi. 1939 yil yanvaridan boshlab yangi qoidalar joriy etila boshlandi: zahirada o’yinchilarga ega bo’lishga ruxsat berildi. “O’yinchiga sof vaqt ajratish” qoidasi joriy etildi, “uch sekund” qoidasi mavjud edi. Man shu punktning joriy etilishi bilan o’yin ancha dinamik xarakter kasb etadi. Bunga yana qoidalarning to’pni to’xtamasdan doira chizig’idan to’g’ridan-to’g’ri to’pni halqaga tushirilgan hollarda (o’yinni har safar markazdan boshlamasdan) o’yinni to’xtatmasdan to’pni o’yinga kiritishga ruxsat beradigan boshqa bir punkt ham o’yin dinamikasini oshirdi. Ilgari bir o’yinchi tomonidan shaxsan yo’l qo’yish mumkin bo’lgan xatolarning soni 4 xato bilan chegaralanib quyildi, jarima to’pini tashlash huquqi aziyat chekkan o’yinchining o’ziga beriladigan bo’ldi. O’sha qoidalar bo’yicha basketbol halqasining aniq o’lchovlari ham belgilab qo’yildi (diametri 45 sm, to’pning og’irligi 600-650 gr) hamda barcha basketbol maydonchalari uchun yagona o’lchovlar 26x14 m tarzida belgilab qo’yildi. 1939 yilning qish davri mobaynida ko’rgazmali hakamlik o’yinlari o’tkazildi.

Ulug’ Vatan urushi boshlanishi bilan O’zbekiston jismoniy tarbiya tashkilotlari o’z ishlarini urush davri talablari asosida qayta tashkil etdilar. Respublikada umumiy harbiy ta’lim joriy etildi, harbiy o’quv punktlari tuzildi.


1943 yilga kelib jismoniy tarbiya – ommaviy ishlar, shu jumladan, basketbol ham asta-sekin tiklana boshlaydi. Shu yili basketbol bo’yicha shahar birinchiliklari bo’lib o’tadi. Shahar birinchiligidan keyin Respublika birinchiligi uchun musobaqalar tashkil etilib unda “Dinamo” (Toshkent) jamoasining o’yinchilari ayollar o’rtasida chempion bo’ladilar. Markaziy armiya klubi (Toshkent) jamoasi erkaklar o’rtasida chempion bo’ladi.


1944 yili avgust oyida Tbilisida basketbol bo’yicha XI mamlakat birinchiligi o’yinlarining bayrog’i ko’tarildi. Bu erda DKA O’zbekiston ayollar jamoasi ishtirok etadi. Lekin u muvaffaqiyatli chiqa olmaydi va to’qqizinchi o’rinni egallaydi.


1945 yilda Respublika spartakiadasi o’tkaziladi. U tamombo’lganidan keyin O’zbekiston jamoalari Frunze shahrida o’tkazilgan O’rta Osiyo va Qozog’iston spartakiadasida ishtirok etadilar. Unda O’zbekiston sportchilari basketbol bo’yicha va sportning boshqa turlari bo’yicha birinchi o’rinni egallab g’olib chiqadilar.


1946 yilda O’zbekiston jismoniy tarbiya va sport ishlari komiteti Toshkent shahrida sport bo’yicha birinchi instruktorlar maktabini ochadi.


1947 yilda o’yin qoidalariga o’zgarishlar kiritiladi. Protokollarga 12 kishini kiritishga ruxsat beriladi. Musobaqalarning shiddat bilan o’tkazilishi har bir o’yinga ikkitadan hakam tayinlash zaruriyatini tug’diradi.


1947 yilda Butunmamlakatparadi o’tkazilganidan keyin O’zbekiston basketbol bo’yicha birinchiligi uyushtirildi. Unda 8 ta erkaklar jamoasi uch guruhdagi Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etib, V o’rinni egallaydi.


1948 yilda aprel oyining oxirlarida O’rta Osiyo respublikalari poytaxtlaridan uchrashuvlari tashkil etildi. Bunda O’zbekiston ayollar jamoasi barcha tengdoshlaridan g’olib chiqib I o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoasi esa faqat Olma-ota shahar jamoasiga yutkazib II o’rinni oladi.


1949 yil yoz davrida O’zbekiston terma jamoalari mamlakat birinchiligi uchun o’tkazilgan o’yinlarda qatnashdilar. Unda erkaklar XVIII o’rinni, ayollar esa XX o’rinni oldilar.


1950 yilda Frunze shahrida basketbol bo’yicha O’rta Osiyo respublikalarining III an’anaviy musobaqalari o’tkaziladi. Unda o’zbek basketbolchilari g’olib chiqadilar.


1951 yilda o’smirlar o’rtasida O’rta Osiyo chempionati birinchi marta o’tkaziladi. Unda Toshkentlik yigit-qizlar I o’rinni egallaydilar.


Respublikamiizning terma jamoasi Xarkov shahrida o’tkazilgan Mamlakat terma jamoalari o’rtasida o’tkazilgan o’yinlarda qatnashib, VII o’rinni egallaydi.


O’sha kezlarda matbuotda tez-tez metodik mazmundagi maqolalar paydo bo’la boshlaydi. 1958 yilning birinchi yanvardan boshlab basketbol bo’yicha yangi qoidalar, yangi sport klassifikasiyasi amal qila boshlaydi. Yangi sport klassifikasiyasidagi yosh talablari sport natijalarini oshirishga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Huddi shu yili o’smirlar jamoalari o’rtasida, O’rta Osiyo va Qozog’iston Respublikalari poytaxt terma jamoalari o’rtasida an’anaviy musobaqalar bo’lib o’tadi. Shuningdek, musobaqa o’tkazish soxasida ham o’zgarishlar sodir bo’ladi: endi musobaqalar ikki yosh guruhlari bo’yicha o’tkaziladigan bo’ladi. Shu bilan bizning yigit-qizlarimiz Dnepropetroovsk shahrida bo’lib o’tgan Butunmamlakat musobaqalarida ishtirok etadilar. Hamda qizlar IX o’rinni, yigitlar XI o’rinni egallaydilar.


Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, o’sha kezlarda ko’pchilik jamoalarning tarkibi yosh-yosh o’yinchilar hisobiga kengaytirildi va yangilandi, ko’pchilik jamoalarning texnik tayyorgarlik darajasi yuksaldi. Chunonchi, erkaklar jamoalarining o’yinchilari Toshkent shahridagi eng yaxshi basketbolchilarning o’yin taktikasini mohirlik bilan qo’llab boshladilar. “Tez yorib o’tish” usuli bo’yicha o’ynab raqibning yo’lini to’sish metodlari qo’llanib raqib o’chiti yonida markaziy o’yinchini chalg’itish kombinasiyalari qo’llanilib o’ynalganida o’yinchini shaxsiy o’imoyalash yo’llaridan ham tez-tez foydalaniladigan bo’ldi.


1955 yil – bu sobiq mamlakat xalqlari Spartakiadasiga tayyorgarlik yili bo’ldi. Bir yili ichida 10 ta sport masteri, 348 ta razryadchi sportchilar tayyorlandi. Huddi shu yili Jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi. Shu yili yana Toshkent shahar Oliy o’quv yurtlari birinchiligi uchun musobaqalar o’tkazildi. Uning g’oliblari Butunmamlakat talabalar o’yinida ishtirok etadilar.


1956 yilning avgust oyida Moskvada sobiq mamlakat xalqlarning Spartakiadasi ochildi, unda o’zbek basketbolchilari V o’rinni egalladilar.


1958 yilda basketbol bo’yicha XXR va O’zbekiston o’rtasida birinchi marta halqaro uchrashuv o’tkazildi. Unda mehmonlar g’olib chiqdilar.


1959 yilda X O’zekiston spratakiadasi bo’lib o’tdi. Spartakiada tamom bo’lganidan keyin Respublika terma jamoasi Moskva, Leningrad, Tallin, Riga shaharlarida safarda bo’ldi. Bu shaharlarda o’zining jismoniy, texnik-taktik tayyorgarligini o shirish uchun terma jamoamiz mamlakatning eng kuchli jamoalari bilan bo’lgan uchrashuvlarda katta tajriba to’pladi.


1964 yildan boshlab o’zbek basketbolchilari “A” klassi bo’yicha oliy liga jamoalari bilan baravor mamlakat chempionatida ishtirok etib g’olib jamoalar jadvalida 10-12 o’rinni egalladi.


1970 yildan 1990 yilgacha bo’lgan davrda o’zbek basketbolchilarining “Universitet” erkaklar jamoasi “SKIF” xotin-qizlar jamoasi Butunmamlakat turnirlarida, mamlakat chempionatlarida, “Burevestnik” O’zbekiston sharafini himoya qiladi. O’yinchilarimiz orasidan ko’pgina mashhur basketbolchilar etishib chiqdi. R.Salimova, A.Jarmuxamedova, E.Tornikidu shular jumlasidan bo’lib, ular mamlakat terma jamoasining a’zolari edilar.


1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqil bo’ldi. Halqaro maydonda o’zbek sportchilarining chiqishlari uchun ba’zi bir qiyinchiliklar vujudga keldi. 1992 yil yanvarida O’zbekiston Milliy Olimpiya Komiteti qayta tashkil etiladi, huddi shu yili O’zbekiston Halqaro Olimpia Qo’mitasi (XOQ) ga a’zo bo’lib kiradi. O’zbekiston basketbolchilari shundan keyin tez-tez qatnasha boshlaydilar. Masalan, 1996 yilda bizning xotin-qizlar jamoamiz Pokistonda o’tkazilgan ayollar turnirida ishtirok etib, II o’rinni egallaydi. Erkaklar jamoamiz 1995 yilda Seul shahrida o’tkazilgan XVIII Osiyo chempionatida ishtirok etib, IX o’rinni egallaydi. 1996 yilda AQSHda Armiya klublari o’rtasida musobaqalar o’tkaziladi. Bu yerda bizning miliy jamoamiz SSKA (MHSK) VII o’rinni egalladi. 1997 yilda Malayziyada erkaklar jamoalari o’rtasida Halqaro turnir o’tkazildi. Bu erda o’zbek basketbolchilari uch g’alabaga erishib, yarim final o’yinlarida Rossiya jamoasiga yutkazib quydilar va umumiy hisobda III o’rinni egalladilar.


O’zbekiston Respublikasini o’z mustaqilligiga erishgandan so’ng 3 ta halqaro toifadagi 12 ta milliy toifadagi hakamlar tayyorlandi. Har yili erkaklar va ayollar jamoalari o’rtasida basketbol bo’yicha Respublika Kubogi va birinchiligi o’tkaziladi. “MHSK” jamoasi 16 karra Respublika birinchiligida g’alaba qozonib shohsupaning yuqorisiga ko’tarilgan. 1991-1995 yillar oralig’ida ayollar jamoalari o’rtasida “SKIF” jamoasi Respublika birinchiligida g’olib bo’lgan bo’lsa, 1996 yildan hozirgi kungacha Navoiyning “Nika” jamoasi birinchilikni hech kimga bermay kelmoqda. Har yili g’oliblikni qo’lga kiritgan jamoa o’yinchilaridan 20 dar ortiq o’yinchiga sport ustasi unvoni berilib kelinmoqda. Odatda, basketbol oʻyinchilari quyidagi pozitsiyalarda oʻynashadi:


Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi. Shuni alohida taʼkidlash lozimki, koʻplab basketbol afsonalari, masalan, Michael Jordan, Reggie Miller, Clyde Drexler, Oscar Robertson, Jerry West, Allan Houston, Allan Iverson, Kobe Bryant, Dwayne Wade kabilar aynan hujumkor himoyachi boʻlishgan. Hozirgi kunda oʻynayotgan NBA oʻyinchilaridan James Harden va Klay Thompsonni ham alohida aytib oʻtish mumkin.


Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng mashhur oʻyinchi bu Magic Johnsondir. U 3-marta NBAning eng qimmatli oʻyinchisi deb eʼtirof etilgan. Bunday unvonga yana Oscar Robertson, Allen Iverson, Steve Nash va Stephen Currylar erishishgan. NBA boʻyicha eng koʻp samarali toʻp uzatishlar soni 15086 ga teng boʻlib, bu natija John Stockton ga tegishli.
Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi. Bu pozitsiyada oʻynaydigan mashhur oʻyinchilardan LeBron James, Kevin Durant, Skotty Pippen, Carmelo Anthony va rossiyalik basketbolchi Andrei Kirilenko larni aytib oʻtish mumkin.
Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga slem-dank koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi. Bu pozitsiyada oʻynagan Kevin Garnett, Tim Duncan, Dirk Nowitzki, Dennis Rodman, Ben Wallace kabi oʻyinchilarni misol qilib keltirishimiz mumkin.
Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing. rebound)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi. Bu pozitsiyada oʻynagan eng yorqin basketbolchilardan biri — bu Uilt Chemberlendir. Uning baʼzi rekordlari haligacha ham yangilanmagan (masalan, u bitta oʻyinda 100 ochko toʻplagan yagona oʻyinchi hisoblanadi). Shuningdek, Shaquille O'Neal, Alexsander Belov, Arvydas Sabonis, Yao Min,Dwight Howard, Patric Young, David Robinson, Kareem Abdul-Jabbar kabi oʻyinchilar ham basketbol tarixidagi eng kuchli markaziy oʻyinchilar hisoblanadi.
Mamlakatimiz terma jamoasi Osiyo birinchiliklari saralash musobaqalariga muntazam qatnashib kelmoqda. Hozirgi kunda terma jasoa tarkibida tajribali o’yinchilar bilan birgalikda juda ko’p yosh basketbolchilar ham ko’zga ko’rinmoqda. Ulardan bir qatori BuxDU talabalari hisoblanishadi.
Bu musobaqalarda U. Bektimirov, U. Umarov, A. SHermuxammadov, Munavarxujayev, T. Isoxujayev, X. Sultonov va Musaxujayevlardan tashkil topgan Toshkent jamoasi 1‑inchi o’rinni egalladi.
SHu yillarda basketbol talabalar va maktab o’quvchilari orasitda keng ommalashgan edi. Masalan, Toshkent shahrining talabalari faqat 556 kishi, maktab o’quvchilaridan 962 nafar basketbolchi basketbol seksiyalariga qatnashar edilar.
1947 yilda millat vakillari jamoalar o’rtasida 3‑inchi Respublika chempionati o’tkazildi. Bu musobaqalarda 7 ta jamoa qatnashib, U Orifjonov, M.Tayirxujayev, U. Mirzaaxmedov, CH. Batishev, R. Sodiqov, B, G’ofurov, R. Odilov, A. SHermuxammadov lardan tashkil topgan Toshkent shahri jamoasi 3‑inchi o’rinni egalladilar.
1960 yillarda O’zbekistonda basketbolni rivojlanishida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko’pgina yangi musobaqalar tashkil qilindi, sport mashg’ulotlarini yil bo’yi muntazam olib borish yaxshi yo’lga qo’ydi.
1960‑66 yillarda Toshkentning “Mehnat” jamoasi va shu jamoa bazasida tuzilgan Respublika ayollar terma jamoasi yuqori natijalarga erishdilar. Ular 1961yildan boshlab sobiq ittifoq chempionatining “A” sinfi musobaqalarida qatnashish huquqiga ega bo’lishdilar.
1962 yilda sobiq ittifoq birinchiligida “Mehnat” ayollar jamoasi 7‑inchi o’rinni egalladi. Bu musobaqada jamoaning 6 a’zosi (G.Salimov, K.CHernisheva, A. Iskova va T. Tomina) O’rta Osiyo Respublikalari Qozog’iston xotin‑qizlar o’rtasida birinchi bo’lib basketbol bo’yicha sport ustasi “sobiq ittifoq sport ustasi normasini bajardi.SHunisi qiziqki, O’zbekistonda basketbolchilarni o’sha yilgi chempionatda Riganing TTT jamoasi ustidan g’alaba qozongan edilar.
1968‑1978 yillarda o’tkazilgan Respublika birinchiliklarida Toshkent shahrining jamoalari kuchlilik qildilar.Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Andijon va Buxoro jamoalari sovrinli o’rinlarni egallab keldilar.
O’zbekiston Respublikasi milliy mustaqillikka erishgandan so’ng basketbol sport turlari ichida ommaviy tus oldi, chunki Respublikamizda jismoniy madaniyat va sportning yangi qonunlari chiqarildi. Bir qator tarixiy qarorlar chiqarilishi tufayli Respublikamizning barcha viloyatlarida, shaxarlarida, tumanlarida basketbol jamoalari tashkil qilina boshladi. Uning moddiy texnik bazasini yaratish kabi muhim masalalar hukumat darajasida ko’rinib borildi. Bu boradi, ayniqsa Respublikda xotin‑qizlar basktbol jamoasi iqtidorli basketbolchilar bilan shakllanib bormoqda. Bunda Samarqand davlat universiteti basketbolchilari O’rta Osiyo o’yinlarida muvaffaqiyat bilan qatnashib ovrinli zrinlarni egallab kelmoqdalar. Bunga misol qilib, Namanganda o’tkazilgan talabalarning 2000 yil Universiadasida Samarqandliklar 1‑inchi o’rinnni egallab, “Tiko” mashinasi bilan taqdirlandilar. Ayni vaqtda Navoiy viloyatining Zarafshon jamoasinig xotin‑qizlar basketbol jamoasi ham yildan yilga o’zlarining sport mahoratlarini oshirib kelmoqdalar. Buxoro viloyatida, Toshkent shahrida, ayniqsa o’g’il bolalar o’rtasida basketbol o’yinlari rivojlanib bormoqda. Bunda ustozlardan Burnashov, O. Rasulov larning xizmatlari kattadir. Bular tomonidan basketbolning uslubiy tavsiyanomalari darsdan tashqari vaqtlarda o’yin qoidalari tuzilib Respublika mutaxassislariga tavsiya qilinmoqda. Bu borada O’zbekistnda jismoniy tarbiya instituti tomonidan ustoz‑murabbiylarni malakalarini oshirish borasida juda katta ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda Respublikamizda 100 ga yaqin basketbol zallari 8000 dan ortiq basketbol maydonchalari mavjud. Basketbol to’garaklarini 4000 dan ortiq ustoz‑murabbiylar boshqarib borishmoqda. 2 Basketbol inglizcha basketball soʻzida olingan (basket savat, ball toʻp) boʻlib, har birida beshtadan oʻyinchi ishtirok etadigan jamoaviy sport turidir. Uyindan bosh maqsad toʻpni qo’l bilan oʻynagan xolda 3,05 m balandlikdagi shitga mustaxkamlangan savatga tushirib, imkon qadar koʻproq ochko olish. Xar bir jamoada beshtadan oʻyinchi ishtirok etadi.
3 Basketbolning vatani AQSh, uning «otasi» esa James Naismith hisoblanadi. Oʻyin XIX asr oxirida paydo boʻlgan. Springfild xalqaro mashg’ulotlar maktabining jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, bir paytlar ajoyib regbichi va gimnastikachi boʻlgan James Naismith (1861-yil tug'ilgan 1932-yil vafot etgan) talabalarning qishki paytda jismonan yanada koʻproq chiniqtirish maqsadida zalda toʻp bilan oʻynaladigan yangi oʻyin oʻylab topdi. U toʻpni tashlash orqali talabalarning merganligini tekshirib koʻrish uchun qorovuldan ikki boʻsh quti keltirishni iltimos qildi. Quti topa olmagan qorovul meva solinadigan savat keltirdi. Savatlarni balandligi 3,05 m bulgan zalning ikki tomonidagi balkonga oʻrnashtirdi. Shu tariqa basketbol vujudga keldi. Neysmit yangi oʻyinning qoidalarini ishlab chiqdi va 1891 yilning 21 dekabrda Springfild maktabining zalida birinchi basketbol uchrashuvi oʻtkazildi. Guruxda 18 talaba mavjud edi. Uyinda xar biri 9 kishidan iborat 2 jamoa ishtirok etdi. Basketbolning dastlabki qoidalari 13 qismdan iborat edi va ulardan baʼzilari hozirgacha saqlanib qolingan ammo savatlarni toʻri temir aylana bilan almashtirishdi. Oradan 2 yil oʻtgach, yana bir o’zgartirish joriy qilindi, bu o’zgarish jamoalardagi ishtirokchilar soni edi. Xar bir jamoada 5 kishidan maydonga tushadigan boʻlishdi.

O’yinchilar tarkibi


• Hujumkor himoyachi (ing. Shooting guard, SG); uning vazifasi — uzoq masofadan toʻpni savatga tushirish. Jamoa himoyalanayotganda esa, uch ochkolik zarbalardan savatni himoya qilish. Ularni jamoaning „snayperi“ deb ham atash mumkin. Ular chaqqon va tezkor boʻlishadi. Shuningdek, yaxshi sakray olishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 193-201 sm ni tashkil qiladi.
• Pleymeyker (ing. Point guard, PG); Jamoaning „miya“si. Hamma hujumlar aynan shu oʻyinchi orqali boshlanadi. U maydondagi barcha oʻyinchilarning joylashuvi vaziyatini va imkoinyatlarini oʻrganib, hujum uchun kerakli yoʻnalishni tanlaydi. Toʻp bilan muomala qilish darajasi juda yuqori. Maydonni yaxshi koʻra olishadi. Himoya vaqtida esa raqib tezkor qarshi hujumga oʻtib ketishining oldini olishadi. Jamoaning boshqa oʻyinchilariga nisbatan biroz past boʻyli boʻlishi ham mumkin. Oʻrtacha boʻyi taxminan 185-195 sm ni tashkil qiladi.
• Kichik hujumchi (ing. Small forward, SF); vazifasi hujumkor himoyachinikiga oʻxshash, lekin boʻy jihatdan biroz balandroq boʻlishadi (oʻrtacha boʻyi taxminan 195-210 sm), shuningdek, maydonning istalgan nuqtasidan savatga toʻp tashlay oladi, raqib toʻplarini qaytarish uchun blok (ing. Block shoot) qoʻyishadi.
• Ogʻir hujumchi (ing. Power forward, PF); asosiy vazifasi hujum vaqtida va himoyalanishda savatdan qaytgan toʻplarni qoʻlga kiritish. Shu sababli bu pozitsiyada oʻynaydigan oʻyinchilar jismonan baquvvat va chidamli boʻlishadi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 200-215 sm ni tashkil etadi. Asosan, toʻpni savatga slem-dank koʻrinishida tushirishadi. Boshqa pozitsiyadagi oʻyinchilar, masalan, hujumkor himoyachi yoki kichik hujumchi ham bunday dankni amalga oshirishi mumkin. Lekin ogʻir hujumchilar bu zarbani mutlaqo boshqacha kuch bilan ijro etishadi
• Markaziy oʻyinchi (ing. Center, C); uning vazifasi — jamoa himoyalanayotganda, savatni himoya qilish va raqibga savatdan qaytgan toʻp (ing. rebound)ni qoʻlga kiritishiga yoʻl qoʻymaslik. Hujum vaqtida esa, aynan savatdan qaytgan toʻplarni raqib savatiga tushirish bilan shugʻullanishadi. Bu toifadagi basketbolchilar jamoaning boshqa aʼzolariga nisbatan boʻydorroq va jismonan baquvvatroq boʻlishadi. Jarimadan toʻpni savatga tushirishda esa, koʻrsatkichlari 70 % dan kamroq boʻladi. Oʻrtacha boʻyi taxminan 210-225 sm boʻladi.


Xulosa


Xulosa qilib, shuni ta’kidlash kerakki, basketbol jamoalarini bugungi milliy yerli xxalqlar bilan to’ldirish ular uchun deyarli sharoitlar yaratib berish, basketbolning hozirgi zamon talablariga mos keladigan moddiy texnik bazasini yaratish, milliy usto‑murabbiylar maktabini yaratish basketbolning yangi qonuni va oidalari deyarli hamma maktablarda , o’rta maxsus bilim yurtlariga va ayniqsa, oliy o’quv yurtlarida yetkazish va shu asnoda jamoalarni tayyorlash birinchi o’rinda turibdi. Buning uchun o’zbekcha adabiyotlar, darsliklar, uslubiy qo’llanmalar, uslubiy tavsiyanomalar, ilg’oir ustoz‑murabbiylarning ish tajribasidan namuna keltirib jamoa tayyorlab borish bugungi kunda O’zbekiston basketbolini yanada pog’onaga ko’tarish kabi vazifalarni bajardi. Buning uchun har bir mutaxassis o’zlarining ishlarini mukammaal reja asosida tashkil qilishlari kerak bo’ladi. Umuman basketbolda o’yinchilarni tanlovda jamoalarni o’yinlarini nazorat qilib borish, baland bo’yli o’yinchilarni izlash kabi ishlarni amalga oshirish lozim.


Adabiyotlar



  1. I.A.Karimov “Xalqimizning yo’li mustaqillik ozodlk va tup islohatlar yo’lidadir”. Toshkent‑O’zbekiston 1996 yil.

  2. I.A.Karimov “Barkamol avlod orzusi” O’zbekiston milliy ensklopediyasi. Davlat ilmiy nashriyoti.Toshkent 2000 yil.

  3. Basketbol. Pod.redaksiya dotsenta N.V. Semashko, M:FIS 1976 yil.

  4. Material sentalnogo gosudarstvennogo arixiva. Uz.

  5. Basketbol. Tuzuvchilar dotsent A.SH. Kosimov, dotsent O.T. Rasulov , X.A. Ismatullayev, Toshkent – O’qituvchi ‑1986 yil

Download 78.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling