Reja: Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashni amalga oshirish tartibi va taxlili


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana11.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1452806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

2.Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashni amalga oshirish tartibi va taxlili. 
 
Bazaviy sug‘urta tariflari sug‘urtalovchi tmonidan mustaqil ishlab chiqiladi. 
Alohida holatlarda sug‘urta mukofotining miqdorini aniqlashda sug‘urtalovchi 
bazaviy sug‘urta tariflariga nisbatan xatarning xususiy xorsslaridan kelib chiqqan 
holda ko‘tariluvchi va pasayuvchi koeffitsientlardan foydalnishga haqli.Bir yildan 
ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilgan sug‘urta shartnomari bo‘yicha sug‘urta mukofoti 
bir vaqtda to‘lab beriladi.
Shartnomani bbir muncha uzoqroq muddatlarga tuzitlganda esa, mukofotni 
to‘lab berish muddati uzaytirilishi va ikki bo‘lib to‘lanishi mumkin, bunda birinchi 
sug‘urta badali butun sug‘urta mukofoti miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmasligi 
shart. Sug‘urta mukofotining ikkinchi qismi sug‘urta shartnomasi muddatining 
yarmi o‘tmasdan avval to‘lanishi shart. Sug‘urta tarifi yillik stavka tarzida 
o‘rnatiladi. Bir oydan kam muddatga sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti yillik 
stavkaning 0,7 foizi miqdorida shartnoma amal qiladigan har bir kun uchun 
to‘lanadi. 
Sug‘urta mukofoti turli usullarda to‘lanishi mumkin: 

sug‘urtalovchining hisob raqamiga. Agar sug‘urta shartnomasida 
boshqacha shart ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz shaklda sug‘urta 
shartnomasi imzolanganidan keyin besh bank kuni ichida 

naqd pul bilan sug‘urtalovchining kassasiga sug‘urta shartnomasi 
tuzilgan va imzolangan kuni to‘lash orqali. 
Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotini uzaytirilgan muddatda 
kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ko‘pincha bunday holatlarda navbatdagi sug‘urta 


badalini belgilangan vaqtida to‘lamaganlik uchun qo‘llanadigan jazo choralari ham 
ko‘rsatib qo‘yiladi. Navbatdagi sug‘urta badalini to‘laguncha sug‘urta hodsasi sodir 
bo‘lgan holatda, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini hisoblash chog‘ida to‘lanmay 
qolgan sug‘urta badalini chegirib olib qolishga haqlidir. 
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda bu haqida sug‘urtalangan shaxslar qisqa 
muddatda sug‘urtalovchiga xabar berishi lozim. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda 
sug‘urtalangan shaxslar sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: 
- sug‘urta polisi;
- davolash profilaktika muassasidan baxtsiz hodisa natijasida sug‘urtalangan 
shaxsning davolanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma. 
Zaruriyat bo‘lganda sug‘urtalovchi sug‘urta summasini to‘lash masalasini hal 
etish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni so‘rashga ham haqli. 
Baxtsiz hodisalar ro‘y berish natijasida o‘lim hodisasi ro‘y berganda quyidagi 
hujjatlar taqdim etiladi: 
- sug‘urta polisi; 
- FXDYO bo‘limidan o‘lim holati ro‘y bergani to‘g‘risida ma’lumotnoma; 
- merosxurlik huquqini tasdiqlovchi hujjat; 
agar o‘lim hodisasi yo‘l-transporti natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, yo‘l harakati 
xavfsizligi organidan olingan ma’lumotnoma 
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat. 
Sug‘urtalovchi zaruriyat bo‘lganda yuqoridagi hujjatlardan tashqari boshqa 
hujjatlarni so‘rashga ham haqli. 
Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta summasini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul 
qilinganda sug‘urta summasi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida to‘lab 
beriladi.
Fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta to‘lovi 
sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta hodisasi bo‘lganini tasdiqlovchi hujjatlarni talab 
qilinishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan, to‘lov to‘g‘risidagi arizaga sud 
tibbiy ekspertizasi ma’lumotnomasi, VKK xulosasi, mehnat qobiliyati 
yo‘qotilganda tibbiy kartadagi yozuv nusxasi, VTEK ma’lumotnomasi nusxasi, 
fuqaro vafot etganda FHDYO tomonidan berilgan vafot etganligi to‘g‘risidagi 
guvohnoma nusxasi va boshqalar. 
Sug‘urta to‘lovi hajmi sug‘urta summasiga proporsional tarzda 
jabrlanuvchining salomatligi va mehnat qobiliyatiga etgan zarardan kelib chiqqan 
holda sug‘urta kompaniyalarining odatdagi qoidalarida belgilangan sug‘urta 
to‘lovlari jadvalida tana jarohatlari xarakteri ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘lim hodisasi 
sodir bo‘lganda yoki 1-guruh nogironligi yuzaga kelganda sug‘urta summasi hajmi 
100 foizlik nisbatda belgilanadi.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash to‘rtta bazaviy kafolatni taqdim etadi. Biroq 
amalda 
sug‘urtalovchilar 
mazkur 
standart 
qoplamalarning 
har 
turli 
kombinatsiyalaridan foydalanishlari yoki ularning ayrimlarini sug‘urtalash 
shartlaridan istisno etishlari mumkin. Masalan, mamlakat sug‘urtalovchilari zarar 
ko‘rgan shaxsni davolashda tibbiy xarajatlar qoplamasini kamdan-kam hollarda 
taqdim etadilar. 


1. Baxtsiz hodisa oqibatidagi o‘lim holati uchun kafolat sug‘urta 
shartnomasida ko‘rsatilgan benefitsiarga yoki sug‘urtalanuvchining merosxurlariga 
sug‘urtalashning alohida shartlari asosida pul summasining (kapitalning) 
to‘lanishini ko‘zda tutadi. Sug‘urtalovchining ixtiyoriga ko‘ra kapital renta 
(pensiya) shaklida to‘lanishi ham mumkin. 
2. Nogironlik holati bo‘yicha kafolat sug‘urtalanuvchiga sug‘urta 
shartnomasida qayd etilgan sug‘urta summasini ishga layoqatsizlik darajasiga 
ko‘paytirish orqali aniqlanadigan tovon puli to‘lanishini ta’minlaydi. Ishga 
layoqatsizlik darajasi quyidagi formula orqali baholanadi: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling