Reja: Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash turlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari


Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana11.05.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1452806
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-mavzu

3. Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari. 
Sug‘urtalovchilar tomonidan foydalaniladigan mehnatga layoqatsizlik 
koeffitsientini aniqlashga oid ikkinchi usul umumiy nogironlik bo‘yicha foiz 
ma’lumotlariga asoslangan bo‘lib, ular tibbiy muassasalar yoki tibbiyot-ijtimoiy 
ekspertiza komissiyalari (VTEK) tomonidan hisoblab chiqiladi. VTEK tomonidan 
belgilangan nogironlikning u yoki bu toifasiga qarab sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan sug‘urta tovonini to‘lash uchun mehnatga layoqatsizlik darajasi 
aniqlanadi. Amalda bu koeffitsientlar quyidagi oraliqda tebranib turadi: 1-toifa 
nogironlik uchun sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta ummasining - 75 – 80%; 
2-toifa nogironlik uchun – 50 – 65%; 3-toifa nogironlik uchun – 25 – 50% miqdorini 
tashkil etadi. 
3. 
Mehnatga 
vaqtinchalik 
layoqatsizlik 
holati 
bo‘yicha 
kafolat 
sug‘urtalanuvchiga davolnish va salomatlikni tiklash davri uchun kundalik tovon 
puli to‘lanishini ta’minlaydi. 
Bu kafolatni taqdim etish o‘ziga xos xusiyatlrga ega. Birinchidan, tovon 
pulining miqdori mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik bo‘yicha sug‘urta 
shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta summasiga proporsional ravishda belgilanadi, 
masalan har kun uchun sug‘urta summasining 0,3 yoki 0,5 % miqdorida. Nafaqaning 
eeng ko‘p miqdorini belgilash chegarasi sifatida sug‘urtalanuvchining o‘rtachcha bir 
kunlik daromadi miqdori olinadi. Ikkinchidan, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik 
holati kafolati odatda franshizaga ega bo‘lib, u nafaqa to‘lanmaydigan mehnatga 
layoqatsizlikning birinchi kunlarida ifodalanadi. Eng ko‘p tarqalgan franshiza 
odatda 7 kundan ortiq bo‘lmaydi. Uchinchidan, mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik 
holati kafolati tovon puli to‘lashning oxirgi muddati chegaralanishi bilan ajralib 
turadi. Bu muddat xususiy holda aniqlanadi va an’anaga ko‘ra 365 kunni tashkil 
etadi. 
4. Tibbiy xarajatlarni to‘lash kafolati, baxtsiz hodisa oqibatidagi 
shikastlanishlarni davolash uchun zarur to‘lov bo‘lib, shifoxonaga yotqizish, 
ambulatoriyada davolash, dori-darmon, parvarish uchun xarajatlarning qoplanishini 
nazarda tutadi. Opsion tarzida protezlash, kosmetik jarrohlik harajatlarini, 
sanatoriyada davolanishni to‘lab berishni ham taklif etish mumkin. Asosiy kafolatlar 
bo‘yicha to‘lovlar tibbiy xarajatlarning 100% miqdorida. Qo‘shimcha kafolatlar 
bo‘yicha esa 20 – 50% dan yuqori bo‘lmagan holda belgilanishi mukin. Odatda 
bunday kafolatning miqdori ijtimoiy sug‘urta yoki ijtimoiy ta’minot hisobidan 
davolanish xarajatlari uchun beriladigan to‘lovlaring miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 
2. Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashning asosiy maqsadi baxtsiz hodisa 
tufayli sug‘urtalanuvchi salomatligi va hayotiga etkazilgan zararni qoplashdir, ayni 
damda sug‘urtaning mazkur turi bo‘yicha asosiy mijozlar sifatida maktab 
o‘quvchilari, oliy o‘quv yurti talabalari va korporativ mijozlar namoyonn 
bo‘lmoqda. Korporativ mijozlar o‘z xodimlarining salomatligidan manfaatdor 


bo‘lgan ish beruvchilardir, maktab o‘quvchilarini esa odatda farzandi haqida 
qayg‘urgan ota-onalar sug‘urta qildiradilar. SHunday ekan ushbu mavzuni 
yoritishda sug‘urta bozorida aynan shu sug‘urta turi bo‘yicha o‘z faoliyatini amalga 
oshiruvchi sug‘urta kompaniyasining faoliyatini hamda unda mazkur sug‘urta turi 
bo‘yicha erishilgan ko‘rsatkichlarini taxlil qilish maqsadga muvofiqdir. 
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalashga oid qoplamalar to‘g‘risida gap ketar 
ekan, sug‘urta qoplamalarining muayyan hajmini aniqlashga nisbatan ikki xil 
yondashuvni ajratib ko‘rsatish lozim. Sug‘urta kompaniyasi yo barcha kafolatlarni 
o‘lim holati uchun ko‘zda tutilgan bitta sug‘urta summasidan kelib chiqib foiz 
nisbatida belgilaydi, yoki har bir kafolatni aniqlash uchun alohida turlicha sug‘urta 
summalarini qo‘llaydi. Mamlakat sug‘urtalovchilari hisob-kitoblarni o‘lim holati 
uchun ko‘zda tutilgan bitta sug‘urta summasidan kelib chiqib, turli foiz 
meyorlaridan foydalangan holda olib borishni ma’qul ko‘radilar. Biroq har qanday 
holatda ham sug‘urta tovoni to‘lovlarining umumiy summasi sug‘urta shartnomasi 
amal qilib turgan davrda sodir bo‘lgan bitta yoki bir necha sug‘urta hodisasi uchun 
sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yilgan sug‘urta summasi miqdoridan, yoki agar 
shartnomada bir necha sug‘urta summalari ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir kafolat uchun 
belgilangan summadan ortiq bo‘lishi mumkin emas. 
Sug‘urta kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan baxtsiz hodisalardan 
sug‘urtalashning Namunaviy Qoidalarida sug‘urta to‘lovi miqdorini sug‘urta 
to‘lovining muayyan turi bo‘yicha sug‘urta summasiga foiz hisobida belgilash 
tavsiya etiladi. Bunda sug‘urta to‘lovlariga oid Jadvalga muvofiq, sug‘urtalanuvchi 
tomonidan baxtsiz hodisa oqibatida mehnatga umumiy layoqatniing yo‘qotilishi 
holatida, to‘lov davolash-profilaktika muassasining ma’lumotnomasiga asoslanib, 
odatda sug‘urtalanuvchi shaxsdan qo‘shimcha shahodatnomalarni talab etmasdan 
amalga oshiriladi. Agar sug‘urtalanuvchi shaxsning yumshoq to‘qimalariga, ko‘rish, 
eshitish qobiliyatiga, jinsiy-siydik tizimiga zara etgan bo‘lsa, sug‘urtalovchi 
tomonidan ana shu shikastlarning oqibaini aniqlash maqsadida uni mutaxassis 
shifokordan shahodlantirish uchun yuborilishi mumkin. 
Mazkur Qoidalarga ko‘ra mehnatga vaqtinchalik layoqatsizlik yuzaga 
kelganligi munosabati bilan sug‘urta to‘lovlari sug‘urtaningt ana shu turi bo‘yicha 
mehnatga layoqatsizlikning har bir kuni uchun sug‘urta summasining 0,2 foizi 
miqdorida to‘lovlarni mehnatga layoqatsizlikningn 6-kalendar kunidan boshlab 
to‘lanadi, lekin to‘lovlar bir yilda 90 kundan ortiq bo‘lshiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalangan fuqarolar baxtsiz xodisa natijasida zarar 
ko‘rganlarida sug‘urta kompaniyalari ularga sug‘urta qoplamalarini to‘lashda 
maxsus jadvaldan ya’ni to‘lov jadvalidan foydalanadilar. “O‘zagrosug‘urta” AJ 
sug‘urta kompaniyasining to‘lov jadvalini taxlil qilar ekanmiz, ushbu to‘lov 
jadvalida baxtsiz xodisa natijasida inson tanasi va ichki organlarga etkazilgan 
zararlar uchun to‘lanadigan sug‘urta qompalamalari umumiy sug‘urta summasiga 
nisbatan aloxida foizlarda belgilangan.
Ushbu jadvalda jaroxat yoki shikastning engil, o‘rtacha va og‘ir darajalariga 
qarab foizlar belgilangan. Masalan, jadvalga asosan insonning birgina bosh miya 
suyaklari va asab tizimini taxlil qiladigan bo‘lsak, baxtsiz xodisa natijasida 
sug‘urtalangan shaxsda bosh miya suyaklarining sinish xolatlari kuzatilsa zarar 


darajasiga qarab unga nisbatan sug‘urta summasi xajmi 5 fozdan 25 foizgacha 
belgilanishi mumkin.
Agar baxtsiz xodisa natijasida zarar ko‘rgan insonning ichki miyasida 
travmatik gemotomalar aniqlansa, unga nisbatan sug‘urta summasi xajmi 15 fozdan 
25 foizgacha belgilanishi mumkin. Ushbu jadvalni aniqroq qilib taxlil qilish 
maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJning to‘lov jadvaliga asosan quyidagi jadvalni 
ishlab chiqdik: 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling