Reja Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil qilish 1 Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanish bosqichlari


Download 0.66 Mb.
Sana18.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1032220
Bog'liq
iqtisodiy tahlil qilish asoslari


Iqtisodiy tahlil qilish asoslari
Tayyorladi: Hakimov Quvonchbek
Qabul qildi: Eshqobilova Nargiza
Hakimov Quvonchbek
Reja
Bilish nazariyasi va iqtisodiy tahlil qilish
1
Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va
rivojlanish bosqichlari
2
Bilish - falsafa fanining fundamental uslubiy bo‘limi bo‘lib, u obyektiv borliqni inson ongida aks etishining o‘rganilishini o‘rgatadi.Awalo, mazkur nazariyada bilishning obyekti va subyekti tushunchasi aniqlanadi.Birinchi tushuncha mazmunini bevosita obyektiv xatti-harakat,
amaliyot, insonning moddiy faoliyati, ya’ni jamiyat rivojlanishining asosini tashkil etuvchi shaxslar tashkil etadi.Ikkinchi tushuncha esa insonning o‘zi, jamiyat, insoniyat ya’ni
bilish obyektiga ijodiy yondashuvchi shaxslami bildiradi.Bilish obyekti va subyektining dialektik birligi uning ishonchliligini va haqqoniyligini ta’minlaydi.Amaliyot va uning seziluvchi predmetlari - moddiy buyumlashgan, ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik mazmundagi tomonlari
bilishning obyekti hisoblanadi.Zamonaviy fanlaming usul va uslublarini umumlashtirib
aytish mumkinki, bilish jarayonida quyidagi vositalardan keng foydalaniladi: analiz va sintez, eksprement, modellashtirish. Ta’kidlash kerakki, bulaming barchasini asoslaydigan hamda
amalga oshiradigan shaxslardir, ya’ni mutaxassislardir. Ular mohiyatiga ko‘ra barcha holatlami yuqori darajada analiz-sintez etadigan insonning fikrlash qobiliyatidir.Fikrlash, ijodiy jarayon sifatida tushuncha, hukm, xulosalami o‘z ichiga oladi.Obyektiv reallik: hodisalar, buyumlar, munosabatlar,
ko‘rsatkichlar o‘z shakli va mazmuniga hamda xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi, guruhlarga ajratiladi hamda fikrlash vositasida muayyan tushunchani hosil qiladi.Hukm orqali nimadir tasdiqlanadi yoki inkor etiladi.Tahlil etilgan jarayonlar sintez etilib, xulosa chiqariladi.
Aytilganlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, bilish nazariyasi orqali
o‘rganilayotgan borliqni muayyan obyekti to‘g‘risida ishonchli va
haqqoniy ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.
Barcha tarmoq fanlarning uslubiy asosi sifatida bilish
nazariyasi iqtisodiy tahlilning ham mohiyati, zaruriyligi va
natijasini aniqlab beradi.
Iqtisodiy tahlil - amaliy fandir. Agar u bilish nazariyasiga
tayanib rivojlansa, msonning amaliy faoliyatida naflilik va
iqtisodiy samaradorlik oshadi. Bu esa fanning amaliy hayotda o‘z
o‘mini topganidan dalolat beradi.
“Tahlil” so‘zi grekcha “analysis” so‘zining o‘zbek tilidagi
tatjimasi bo‘lib, u “bo‘laman” yoki “ajrataman” degan ma’noni
bildiradi. Demak, tahlil deganda, tor ma’noda butunni qismlarga
(unsurlarga) ajratish, bo‘laklarga bo‘lish yo‘li bilan uning tarkibiy
qisimini o‘rganish tushiniladi.
Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, real voqelikda yuz
berayotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishda faqat tahlilning o‘zi
yetarli bo‘lmaydi. Inson tafakkuriga mos keluvchi boshqa
usullardan foydalanishga ham juda ko‘p hollarda katta zarurat
tug‘iladi. Ushbu ma’noda tahlilga juda yaqin keluvchi “sintez”
usuli bo‘lib, uning yordamida o‘rganilayotgan to‘plamning ayrim
birliklari orasidagi aloqalar va o‘zoro bog‘liqliklar aniqlanadi.
“Sintez” atamasi grekcha “syntezis” so‘zidan olingan bo‘lib,
“birlashtiraman”, “qo‘shaman” degan ma’noni bildiradi. Hozirgi
zamon dialektikasi, sintez va tahlilga real voqelikda yuz berayotgan hodisa va jarayonlami o‘rganishning ilmiy metodlari sifatida qaraydi. Faqat tahlil va sintez birgalikdagina hodisalami har
tomonlama dialektik bog‘liqlikda ilmiy o‘rganish imkonini beradi.
Analiz va sintez (tahlil va umumlashtirish) kategoriyasi ham
iqtisodiy tahlilning metodologik asoslaridan biri hisoblanadi. Tahlil
deganda bir butun yaxlit predmetni alohida boTaklarga bo'lib
o‘rganish tusliuniladi. Umumlashtirish (sintez) esa o'rganilayotgan
obyekt to‘g‘risida yaxlit xulosaga kelish uchun foydalaniladi. Unda
obyektning barcha bo‘laklari bo‘yicha qilingan xulosa
umumlashtiriladi.
Ma’lumki, tahlil tushinchasi juda keng ma’noga ega bo‘lib, u turli soha va yo‘nalishlarda qo‘llanadi. Fan va amaliyotda tahlilni juda ko‘p turlarini uchratish mumkin: kimyoviy, fizik, matematik,
statistik, iqtisodiy va h.k. Ular albatta bir-biridan o‘rganayotgan obyektlari, maqsadlari va o‘rganish uslublari bilan farq qiladi.Yuqoridagi fikrlarga tayanadigan bo‘lsak, iqtisodiy tahlil o‘z
faoliyatida dialektikaning asosiy tamoyillariga asoslanadi. Ular quyidagilardan iborat:
-doimo harakat;
-o‘zaro aloqa va o‘zaro bog‘liqlik;
-sabab-oqibat;
-koordinatsiya va subkoordinatsiya;
-qarama-qarshilik;
-miqdor o‘zgarishidan sifat o‘zgarishi;
-inkomi-inkor va boshqalar.
Tahlilning xususiyati, zaruriyligi va qimmatli tomoni, u voqeahodisalami dinamikasini o‘rganadi.Bu jarayonda mazkur fan tadqiq qilish mumkin bo‘lgan obyektiv reallik; predmet va hodisalar u yoki bu tomon hamda
jihatlarga ko‘ra boshqalar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq bo‘lgan holda, doimo harakatda, o‘zgarishda deb o‘rganiladi.Iqtisodiy hodisalarni bir-birlariga bogTiqligini, o‘zaro harakatlarini, alohida yuzaga chiqishini va boshqa tomonlarini o‘rganmasdan turib, ulaming tuzilishi, harakat qonunlari, xususiyatlarini o‘rganib bo‘lmaydi. Bu esa muayyan iqtisodiy obyektni muhim belgilarga ko‘ra bo‘laklarga bo‘lib, so‘ngra ulami umumiyligini
ta’minlovchi jihatlarini tahlil yordamida aniqlab tegishli xulosalar olishda hamda ulardan amaliyotda foydalanishda juda muhimdir.Inson tomonidan iqtisodiy faoliyatdagi turli voqealar kuzatilib
ulaming natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar olinadi ya’ni faktlar to‘planadi.
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi bilan insoniyat ongi
rivojlanib va takomillashib borgan. Insoniyat ongi rivojlanishi
natijasida borliqni o‘rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo
bo‘la boshlagan. Fikrlaming shakllanib, takomillashib borishi
natijasida ma’lum bir fanlarga asos solingan.
Har qanday fanning vujudga kelishi uchun hayotiy zaruriyat
tug‘ilishi lozim. Shu tufayli fanning shakllanishi biror shaxsning
ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, balki obyektiv jarayonga tayanadi.
Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fatii ko‘p asrlik
tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya uchyoti va statistika kabi fanlar
asosida vujudga kelgan. Bu uchun esa obyektiv shart-sharoitlar
yaratilgan.
Buxgalteriya hisobi bo‘yicha birinchi asar XV asrda Reguzda
paydo bo‘ldi. Bunga misol qilib Vendrikt Katrulinning 1458-yilda
THANK YOU
Hakimov Quvonchbek
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling