Reja: Biologik populyatsiyalar rivojlanishi haqida


Download 39.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana28.12.2022
Hajmi39.97 Kb.
#1021167
Bog'liq
Untitled document



Mavzu Biologik populyatsiyalar rivojlanishi va grip epidemiyasi jarayonlarini
modellashtirish.
Reja:
1.Biologik populyatsiyalar rivojlanishi haqida
2.Grip epidemiyasi haqida
3.Ushbu jarayonlarni madellashtirishga hulasa
1.Biologiyada populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha
oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va
maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi.
Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon
zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik
Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik
jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903).
Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan
juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft
tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan,
koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya
genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan
chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi;
muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion
tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga
koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi
chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya
tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Masalan,
zogʻora baliq yirik koʻllarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab,
mayda hayvonlar bilan oziqlanadi va sekin oʻsadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab,
baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan
navlari populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan
turlicha reaksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan.
2. Gripp (frans.grippe), inflyuensa ((ital. influenza, lot. infl uo — tarqalaman) —
1780—82-y.larda gripp yoppasiga tarkalganda unga berilgan nom.) — keng tarqalgan oʻtkir
yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati
buziladi. G.ni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti
bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga
qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim
hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng
yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa
xavo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq
mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari,
formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham G.
viruslarini oʻldiradi.


G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 yilda G. epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai
bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va soʻlak tomchilari
bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor
organizmidan koʻplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yoʻllari orqali tushadi.
Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli
xastaliklarga chalingan odamlarga G. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda
kasallik kam kuzatiladi.
Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha.
Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Sogʻlom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi,
lohas boʻladi, harorati koʻtarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat oʻtgach, kasallikning asosiy
alomatlari namoyon boʻladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha koʻtariladi, bemor
junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat koʻtarilib boʻlgach, bemorning badani qiziydi, betoqat
boʻladi. Aʼzoi badani, boshi, qoʻl-oyoq muskullari zirqirab ogʻriydi. Ayniqsa, peshona va
chakka sohasida ogʻriq kuchli boʻladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, koʻzi tinadi. Koʻz
yoshlanadi, qizarib ketadi, koʻz soqqasida ogʻriq boʻladi. Burun "bitib" qoladi, nafas olish
qiyinlashadi, tomogʻi ogʻriydi, ogʻzi qaqraydi, quruq yoʻtal paydo boʻladi. G. yengil, oʻrtacha va
juda ogʻir oʻtadi. Kasallik ogʻirroq kechganda koʻngil aynishi, qusish, burun qonashi ham
mumkin.
G. keksalar va bolalarda ancha ogʻir kechadi, organizmda ilgaridan mavjud boʻlgan surunkali
kasalliklar, odatda, zoʻrayadi, baʼzan boshqa kasalliklar — zotiljam qoʻshiladi. G.dan keyin
oʻpka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yalligʻlanishi kabi
asoratlar kuzatiladi.
Davolash. G. bilan ogʻrigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada
yotgani maʼqul. Faqat kasallik ogʻir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi.
Kasallikning ogʻir-yengil oʻtishidan qatʼi nazar, bemor yotishi lozim. Viruslarga taʼsir etuvchi
remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qoʻllanilsa yaxshi naf beradi.
Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib terlash bemor
ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi bilan ogʻriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya
etiladi;Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli boʻlgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida G.
vaksinasi bilan emlash oʻtkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaksina
burunga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobulin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida
interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish
maqsadga muvofiq.
3. Ushbu jarayonlarni madellashtirishda fizik, biologik va boshqa fanlar ichiga kirishi mumkin.
Kampyuterda madellashtirishda biz bu jarayonlarni fizik halatlarini kurib chiqishimiz mumkin.
Fizikada garmonik tebranishlarga misol aytishimiz mumkin.
Grip holatda temperaturani kutarilishi kabi holatlarni kuzatishimiz mumkin

Download 39.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling