Reja: Biologik populyatsiyalar rivojlanishi haqida
Download 39.97 Kb. Pdf ko'rish
|
Untitled document
Mavzu Biologik populyatsiyalar rivojlanishi va grip epidemiyasi jarayonlarini modellashtirish. Reja: 1.Biologik populyatsiyalar rivojlanishi haqida 2.Grip epidemiyasi haqida 3.Ushbu jarayonlarni madellashtirishga hulasa 1.Biologiyada populyasiya (lotincha: populus — guruh, uyushma, xalq) — erkin chatisha oladigan (yoki chatishish imkoniyatiga ega boʻlgan), aniq yashash arealini egallagan va maʼlum darajada zamon va makonda bir-biriga oʻzaro taʼsir koʻrsatadigan organizmlar guruhi. Populyatsiyadagi genetik oʻzgarishlar turlarning kelib chiqishi, yangi oʻsimlik navlari, hayvon zotlarini yaratish va boshqa asosini tashkil qiladi. „Populatsiya“ terminini daniyalik genetik Wilhelm Johannsen genetik jihatdan bir xil boʻlmagan individlar guruhini sof liniya (genetik jihatdan bir xil boʻlgan guruh)dan farq qilish uchun taklif etgan (1903). Tabiatda populyatsiyaning turli xil tiplari uchraydi: yopiq populyatsiya (faqat bir-biri bilan juftlasha oladigan individlar guruhi); panmiktik populyatsiya (individlar juftlashishi juft tanlamasdan amalga oshadi); mendelcha populyatsiya (bir geografik arealda tarqalgan, koʻpayish va boshqa xususiyatlari bir xil boʻlgan individlar majmui); izogen populyatsiya genetik jihatdan aynan oʻxshash, yaʼni barcha lokuslar (xromosomaning bir gen joylashgan chiziqli uchastkasi) boʻyicha koʻpchilik hollarda gomozigota boʻlgan individlar guruhi; muvozanatlangan populyatsiya — genlar chastotasi (takrorlanishi) mutatsion va seleksion tazyiqlar oʻrtasidagi muvozanatga asoslanib oʻzgarib turadi va tasodifiy juftlashish prinsipiga koʻra juftlashishda hamda lokuslararo erkin rekombinatsiyalanishda genotiplarning amaldagi chastotasi nazariy kutilgan holatga moye keladi. Fanda mavjud boʻlgan ideal populyatsiya tushunchasi tabiatda uchramaydi va u faqat matematik modellarda hisobga olinadi. Masalan, zogʻora baliq yirik koʻllarda 2 ta populyatsiya hosil qiladi, ulardan biri qirgʻoq yaqinida yashab, mayda hayvonlar bilan oziqlanadi va sekin oʻsadi; ikkinchisi suvning chuqur qismida yashab, baliklar bilan oziqlanadi va tez oʻsadi; gʻoʻzaning yovvoyi turlari, shuningdek, ekiladigan navlari populyatsiyasi harorat, yorugʻlik, suv rejimi, oziqlanish va boshqalarga nisbatan turlicha reaksiyalar bilan harakterlanadigan juda koʻp guruxlardan tashkil topgan. 2. Gripp (frans.grippe), inflyuensa ((ital. influenza, lot. infl uo — tarqalaman) — 1780—82-y.larda gripp yoppasiga tarkalganda unga berilgan nom.) — keng tarqalgan oʻtkir yuqumli kasallik. Yaqqol intoksikatsiya kuzatiladi, nerv va yurak-tomir sistemasi faoliyati buziladi. G.ni viruslar qoʻzgʻatadi; ularning A, A,, A2, V, S turlari maʼlum. Viruslar vaqt-vaqti bilan antigen tuzilishini oʻzgartirib turadi. Jumladan, A turining oʻzida antigen xususiyatiga qarab A (HjN,), A (H3N2) antigenli viruslar farq qilinadi. Oʻzbekistonda, asosan, A, ayrim hollarda, V turi uchraydi. G. viruslari juda beqaror; xona sharoitida bir necha soatdan soʻng yuqish ehtimoli yoʻqoladi, quyosh nuri taʼsirida tez nobud boʻladi. Past haroratda, ayniqsa xavo harorati 0° dan past boʻlganda virus uzoq saqlanadi. Shu sababli G. kasalligi sovuq mavsumda koʻproq kuzatiladi. Dezinfeksiyalovchi vositalar (xloramin, xlorli ohak eritmalari, formalin, kislota va ishqorlar) taʼsirida viruslar tez nobud boʻladi. Isiriq tutuni ham G. viruslarini oʻldiradi. G. butun dunyoga tarqalgan, har 2 — 3 yilda G. epidemiyasi qayd etiladi. Infeksiya manbai bemor, u aksirganida, yoʻtalganida, gaplashganila virus havo zarrachalari va soʻlak tomchilari bilan atrof muhitga tarqaladi. Ayniqsa kasallikning dastlabki kunlarida virus bemor organizmidan koʻplab ajralib yaqin atrofdagi odamlarga nafas yoʻllari orqali tushadi. Aholining barcha tabaqalari (bolalar va keksalar ham) bu kasallikka moyil. Nimjon, turli xastaliklarga chalingan odamlarga G. tez yuqadi. Jismonan baquvvat, chiniqqan odamlarda kasallik kam kuzatiladi. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri juda qisqa — bir necha so-atdan 1 — 2 kungacha. Kasallik toʻsatdan boshlanadi. Sogʻlom yurgan odam birdan mazasi qochib eti uvishadi, lohas boʻladi, harorati koʻtarila boshlaydi. Oradan 1 — 2 soat oʻtgach, kasallikning asosiy alomatlari namoyon boʻladi. Isitma qisqa vaqt ichida 39 — 40° gacha koʻtariladi, bemor junjikib, sovqotadi, qaltiraydi. Harorat koʻtarilib boʻlgach, bemorning badani qiziydi, betoqat boʻladi. Aʼzoi badani, boshi, qoʻl-oyoq muskullari zirqirab ogʻriydi. Ayniqsa, peshona va chakka sohasida ogʻriq kuchli boʻladi. Baʼzan bemorning boshi aylanib, koʻzi tinadi. Koʻz yoshlanadi, qizarib ketadi, koʻz soqqasida ogʻriq boʻladi. Burun "bitib" qoladi, nafas olish qiyinlashadi, tomogʻi ogʻriydi, ogʻzi qaqraydi, quruq yoʻtal paydo boʻladi. G. yengil, oʻrtacha va juda ogʻir oʻtadi. Kasallik ogʻirroq kechganda koʻngil aynishi, qusish, burun qonashi ham mumkin. G. keksalar va bolalarda ancha ogʻir kechadi, organizmda ilgaridan mavjud boʻlgan surunkali kasalliklar, odatda, zoʻrayadi, baʼzan boshqa kasalliklar — zotiljam qoʻshiladi. G.dan keyin oʻpka shamollashi, buyrak, miya pardalari nerv tugunlari va tolalarining yalligʻlanishi kabi asoratlar kuzatiladi. Davolash. G. bilan ogʻrigan bemorni kasalxonaga yotqizish shart emas, uyda alohida xonada yotgani maʼqul. Faqat kasallik ogʻir kechgan hollarda bemor kasalxonaga yotqiziladi. Kasallikning ogʻir-yengil oʻtishidan qatʼi nazar, bemor yotishi lozim. Viruslarga taʼsir etuvchi remantadin, interferon kabi dorilar faqat dastlabki kunlarda qoʻllanilsa yaxshi naf beradi. Shirchoy, limonli murabbo (ayniqsa malina, smorodinali), qatiq, qoqurum ichib terlash bemor ahvolini yaxshilaydi. Vrach tavsiyasi bilan ogʻriq qoldiruvchi dorilar va antibiotiklar tavsiya etiladi;Oldini olish. G. tarqalish ehtimoli boʻlgan kezlari maxsus profilaktika maqsadida G. vaksinasi bilan emlash oʻtkaziladi. Asosan bolalar va keksa yoshdagilar emlanadi; vaksina burunga tomiziladi. G.ga qarshi gammaglobulin qilinadi. Burunga profilaktika maqsadida interferon tomizib turish, oksolin moyi surtish, bemor bor xonada isiriq tutatib turish maqsadga muvofiq. 3. Ushbu jarayonlarni madellashtirishda fizik, biologik va boshqa fanlar ichiga kirishi mumkin. Kampyuterda madellashtirishda biz bu jarayonlarni fizik halatlarini kurib chiqishimiz mumkin. Fizikada garmonik tebranishlarga misol aytishimiz mumkin. Grip holatda temperaturani kutarilishi kabi holatlarni kuzatishimiz mumkin Download 39.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling