Reja: Bir o‘lchovli massivlar


Download 1.45 Mb.
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi1.45 Mb.
#1742139
  1   2
Bog'liq
Python dasturlash tilida bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli va dinamik massivlar.


Python dasturlash tilida bir o‘lchovli, ikki o‘lchovli va dinamik massivlar.
Reja:
1. Bir o‘lchovli massivlar;
2. Bir o‘lchovli massivlarga oid dasturlar;
3. Massiv elementlari ustida aniqlangan amallar;
4. Ikki o‘lchovli massivlar;
5. Ikki o‘lchovli massivlarga oid dasturlar;
6. Random funksiyasi
Python dasturlash tilida kompyuter xotirasiga bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlarda foydalanish bo‘yicha bir nechta turlarni qarab o‘tdik. Bir o‘zgaruvchi bilan bir nechta qiymatlarni ro‘yxat, kortej, to‘plam va satr turlar bilan amalga oshirish mumkin.Python dasturlash tilida bir o‘zgaruvchi yordamida bir nechta qiymatlardan foydalanish uchun massiv degan turdan ham foydalanish imkoniyati mavjud
Bu qismda dasturdagi ma'lumot strukturalari bilan tanishishni boshlaymiz. Dasturda ikki asosiy tur ma'lumot strukturalari mavjuddir. Birinchisi statik, ikkinchisi dinamikdir. Statik deganimizda xotirada egallagan joyi o‘zgarmas, dastur boshida beriladigan strukturalarni nazarda tutamiz. Dinamik ma'lumot tiplari dastur davomida o‘z hajmini, egallagan xotirasini o‘zgartirishi mumkin. Massivlar hotirada ketma-ket joylashgan, ma’lumotlar guruhidir. Alohida bir o‘zgaruvchini ko‘rsatish uchun massiv nomi va kerakli o‘zgaruvchi indeksini yoziladi.
Ta’rif: Bir turga mansub bo‘lgan yagona nom bilan saqlanuvchi tartiblangan ma’lumotlar majmuasi massiv deyiladi. Massivlar yagona o‘zgaruvchi bilan kompyuter xotirasiga saqlanadi, uning elementlari ma’lum bir indekslar bilan tartiblab joylashtiriladi. Bu qonuniyat ro‘yxatlar uchun ham o‘rinli bo‘ladi. Massivlar yagona nom bilan bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashtiradi, bularga matematikadagi vektorlarni misol keltirish mumkin. Vektor ham yagona nom bilan saqlanib uning tarkibida bir nechta qiymatni o‘zida mujassamlashadi. Vektorning ham elementlari bir turga mansub va tartiblangan bo‘ladi
Massivlar holatiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi.
- Bir o‘lchovli massivlar;
- Ikki o‘lchovli massivlar;

Download 1.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling