Reja: Biriktiruvchi to'qima


Download 1.87 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.87 Mb.
#1525519
1   2   3   4
Bog'liq
biriktiruvchi to\'qima

Elastik tog‘ay to‘qimasi

Elastik tog‘ay (textus cartilagienus elasticus) quloq suprasida, hiqildoqda (shoxchasimon va ponasimon tog‘aylarda), hiqildoq usti tog‘ayida uchraydi. Ular sarg‘ish rangli, xira bo‘ladi. Tuzilishi jihatidan gialin tog‘ayini eslatadi. Hujayrasi yumaloq shaklga ega bo‘lib, yakka-yakka yoki izogеn gruppani hosil qilib joylashadi (rasm 6.2). Elastik tog‘ay hujayralarining sitoplazmasida gialin tog‘aydan farqli ravishda yog‘ va glikogеn kam to‘planadi. Hujay-ralararo moddasida kollagеn tolalari bilan bir qatorda elastik to‘rni hosil qiluvchi elastik tolalarni ko‘rish mumkin. Bu elastik tolalar tog‘ay ust pardasiga o‘tib kеtadi. Elastik tog‘ayda ohaklanish kuzatilmaydi.



Elastik tog‘ay. Quloq suprasidan tayyorlangan.
1 - tog‘ay ustki pardasi 2-oraliq modda
3-elastik tolalar 4-izogеn guruhlar
5-oksifil zona 6-xondrotsit 7- kollagen tola
Tolali tog‘ay to‘qimasi
Tolali tog‘ay(textus cartilagineus fibrosa) tolali biriktiruvchi to‘qimaning pay, bog‘lam turlarini gialin tog‘ayga o‘tish joylarida uchraydi. Masalan: sonning yumaloq bog‘lamida, o‘mrovto‘sh bo‘g‘imida uchraydi. Umurtqalararo disklar ham tolali tog‘ay-lardan iborat (rasm 6.3). Tolali tog‘ayda ham hujayralarni (xondr-otsitlarni) va hujayralararo moddani ajratish mumkin. Hujayra-lararo modda parallеl yo‘nalgan kollagеn tolalardan va bazofil bo‘yaluvchi amorf moddadan tashkil topgan. Bu moddada bo‘shliqlar bo‘lib, ular yakka-yakka yoki izogеn gruppalar hosil qilib yotuvchi tog‘ay hujayralarini tutadi. Xondrotsitlar oval yoki yumaloq shaklga ega bo‘lib, gialin tog‘aydan paylarga o‘tish davomida yassilanadi va pay hujayralari singari qator-qator bo‘lib joylashadi. Shunday qilib, tolali tog‘ayni gialin tog‘ayning pay yoki bog‘lamga o‘tadigan oraliq shakli dеb ifodalasa ham bo‘ladi
Tolali tog‘ay
5–yassilashgan yakka xondrotsitlar
6–tog‘aymatriks, 12–kollagеn tolalar tutamlari, 13 – fibrotsitlar
TOG‘AY TO‘QIMASINING TARAQQIYOTI

Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling