Reja biznes va tadbirkorlik tushunchalari va ularning mohiyati


Biznes faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari


Download 32.13 Kb.
bet3/6
Sana09.03.2023
Hajmi32.13 Kb.
#1255693
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu. Biznes asoslari

2.Biznes faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari.


Ilmiy tahlillarimiz ko‘rsatishicha, hozirgi kunga qadar mamlakatimizda davlatning biznesni qo‘llab-quvvatlashi asosan quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirib kelindi:



  • mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi uchun lozim bo‘lgan huquqiy-me’yoriy asos yaratildi;

  • kichik biznesning rivojlanishida ustuvorliklar belgilandi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning Dasturi ishlab chiqildi va joriy etilmoqda;

  • kichik biznesning rivojlanishiga yordam beruvchi bozor
    infratuzilmasiga asos solindi;

  • imtiyozli soliq, subsidiyalar, davlat va byudjetdan
    tashqari fondlardan beriladigan imtiyozli kreditlar, xalqaro
    moliya institutlari kreditlarini jalb etish kichik biznes
    rivojlanishini rag‘batlantiradi;

  • huquqiy va jismoniy shaxslarga xorijiy va milliy
    valyutada mikrokredit berish mexanizmi ishlab chiqildi va
    joriy etilmoqda.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti, erkin raqobat sharoitida marketing birinchi o`ringa chiqib qoladi. Chunki marketing tovarning ishlab chiqaruvidan iste’molgacha bo`lgan yo`lini belgilab beradigan jarayondir. U mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning kompleks tizimi bo`lib, xaridorning talab va ehtiyojini har tomonlama o`rganishga asoslanadi. Bu jarayon o`zgarib turadigan bozorga moslashib borish tizimi bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarish va umuman xo`jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o`z ichiga oladi. Marketing bo`limiga qolgan barcha bo`limlarni o`zaro bog`lovchisi, ishlab chiqarishning boshida turuvchi asosiy bo`g`in sifatida qaralishi lozim. Ularning birgalikdagi hamkorligi natijasida bozor tadqiq qilinadi, korxonaning biznes sohasidagi yangi imkoniyatlari izlanadi, marketing strategiyasi va taktikasi yaratiladi, reklama va tovarlar harakati bo`yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqiladi, baholar o`rnatish amalga oshiriladi, rejalar yaratiladi va uning bajarilishi ustidan nazorat olib boriladi. Marketingning eng asosiy vazifalaridan biri kafolatlangan yuqori sifatli, xaridor talabiga javob beradigan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni va sotishni tashkil qilish hamda yo`lga qo`yishdir.

Bu o`rinda iqtisodiyotni boshqarishda marketing unsurlaridan biri reklamaning o`rni beqiyosdir. Yaxshi tashkil etilgan reklama bozor talabini oldindan ko`ra bilish va bozor sharoitida xaridorlar oqimini boshqara olish imkonini beradi. Reklama biror korxona, mahsulot, xizmat turi, ijtimoiy faoliyatning biror turini ommalashtirish maqsadida qilingan ishdir. Shu maqsadda reklama o`sha korxona yoki ijtimoiy faoliyatning biror-bir mahsulotiga yoki xizmat turiga keng jamoatchilikning e’tiborini jalb etadi.
Har bir korxona va tashkilot mahsulotining turi, uning taniqlililik darajasidan kelib chiqib o`z reklama dasturini ishlab chiqadi. Reklama byudjetini ishlab chiqishning turli usullarining hech birini umumiy deb tan olish va ular reklama xarajatlarining aniq va yagona hisob-kitobi darajasini kafolatlaydi deb ishonish mumkin emas. Kommunikator mustaqil tarzda, o`z marketing va reklama faoliyati xususiyatlarini hisobga olib, eng samarali usulni tanlashi lozim.

Reklama yangi mahsulot yaratilganligi to`g`risida iste’molchilarga xabar berish, mavjud tovar va xizmatlar haqida eslatib o`tish singari muhim vazifalarni amalga oshiradi. Reklama mijozlarning diqqatini tovarga jalb etish va ularning qiziqishini saqlashda yuqori samara beradi. Bunday holatda korxonani himoyalashda reklamaning samaradorlik darajasi yuqori.



Download 32.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling