O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa doim ham ko’zga tashlanmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi. - O’tgan asrning 80-yillar oxirida buyruqbozlik iqtisodiyoti o’rniga bozor iqtisodiyoti kelib, u mos keluvchi bozor munosabatlari va mulkchilikning turli xil shakllarini olib keldi. Buyruqbozlik (markazlashgan) iqtisodiyotda boshqaruv «yuqoridan pastga» amal qilgan bo’lib, qabul qilinuvchi qarorlarning samarali va asoslanganligi ta’minlash uchun zarur bo’lgan teskari aloqa doim ham ko’zga tashlanmagan bo’lsa, bozor iqtisodiyoti va bozor munosabatlari faoliyat turini tanlashda erkinlikni, tadbirkorlik faolligi va raqobatni ko’zda tutadi. Bu erda moddiy baza bo’lib xususiy mulk xizmat qiladi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishni esa yuqori foyda olish rag’batlantiradi.
- Bozor iqtisodiyoti qadimgi davrlarda vujudga kela boshlagan bo’lsada, uch yuz yildan beri amal qilib kelmoqda. Tovarlarni ayirboshlash zaruratidan kelib chiqqan bozor asta-sekinlik bilan jamiyatdagi iqtisodiy aloqalarning asosiy shakliga aylanib bordi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan odamlar tovarlarni ayirboshlash qandaydir sirli aloqalarga egaligini tushuna boshlagan bo’lib, ularni Adam Smit o’z vaqtida «ko’rinmas qo’l» deb atagan.
Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri tushunish uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur. - Hozirgi kunda bozor Adam Smit davridagi yoki K.Marksning «Kapital» asarida tasvirlangan bozorga unchalik o’xshamaydi, albatta. Biroqning bozorning asosi sezilarli o’zgarmagan. Narx, qiymat, raqobat, talab va taklif – bularning barchasi bozor toifalaridir. Bozor mexanizmini to’g’ri tushunish uchun narx va qiymat o’rtasidagi farqni tasavvur qila olish, iste’mol va ayirboshlash qiymati nima ekanligini, raqobatning asosiy belgilarini bilish zarur.
- Bu erda yana bir narsaning ahamiyati bundan kam emas: tovar ayirboshlash sohasi sifatida bozor dinamikasi yuqori bo’lib, barqarorlik darajasi past hamda o’z agentlariga talablari yuqoriligi bilan ajralib turadi. Bunday sharoitlarda korxonaning muaffaqiyatga erishuvi yuqorida aytib o’tilgan toifalardan tashqari bozor ehtiyojlari hamda tadbirkorlik tashabbusining mahsuldorligiga ham bog’liq bo’ladi. Ko’pchilikning hisoblashicha, iqtisodiyotga bozor tartiblarini kiritishning o’zi etarli, vaqtinchalik qiyinchiliklar o’tib ketishi bilan jadal suratlarda rivojlanish boshlanadi. Biroq amalda bunday bo’lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |