Reja: Bo`g’im kasalliklarida davolash mashqlari Qomat


Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi


Download 88.5 Kb.
bet3/6
Sana15.06.2023
Hajmi88.5 Kb.
#1481645
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
10-mavzu . Shikastlanishlarda va tayanch-harakat apparati kasalliklaridadavolash jismoniy tarbiyasi

Qomat buzilganda davolash jismoniy tarbiyasi.


Qaddi-qomat bolaning yoshligidan boshlab o`sishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga qarab shakllanadi. To`g’ri shakllangan qaddi – qomat kishini xushbichim qiladi, xarakat apparati va butun organizmning normal ishlashiga yordam beradi. Odamning qomati to`g’ri shakllangan bo`lsa umurtqa pog’onasi qiyshayishi bilinmas darajada, kurak suyagida bir – biriga nisbatan simmetrik joylashgan ikkala elka bir tekisda qorin tortilgan, oyoq to`g’ri, oyoq panjalari normal muskullari yaxshi rivojlaggan bo`ladi, qomati noto`g’riligi ayniqa uning o`sish davrida noto`g’ri shakllanishi suyak skeletida turg’un o`zgarishlar xosil bo`lishiga nafas organlari qon aylanishi ovqat xazm bo`lishi siydik ajrashi nerv xarakat apparatini faoliyatini yomonlashuviga, bosh og’rishga, tez tez charchashga, ishtaxa yo`qolishiga olib keladi. Elkasi turib chiqqan umurtqa pog’onasi qiyshiq kishilar qomati noto`g’ri bo`ladi. Elkasi chiqqan kishilarda elka muskullari sust rivojlangan, umurtqa pog’onasi ko`krak qismi orqaga bir tekisda turtib chiqqan bosh oldiga egilgan, ko`krak qafasi yassi elka kirishgan qorin chiqqan bo`ladi. SHalvaygan qomatda bosh egilgan, ko`krak qafasi yassi, elka kirishgan oyoqlari tizza qismi bukilgan bo`ladi.
Qomat buzilishida umurtqa pog’onasining qiyshayishiga katta ahamiyat kasb etadi. Normal umurtqa pog’onasi tik yurishda moslashgan bo`lib, pastga qarab kengayib boradi. Umurtqa pog’onasining bel, ko`krak va dumg’aza qismlaridan fiziologik bukilmalar bor. Bo`yin va bel qismidagi bukilmalar lordoz ko`krak va dumg’aza qismidagi buklamalar kifoz deb ataladi.
Bo`yin va bel qismlari oldinga ko`krak va dumg’aza qismlari org’aga qarab bukilgan bo`ladi. Bu buklamalar bola boshining mustaqil ko`tarib turishi, o`tira boshlashi va tik turish, yurishidan boshlab shakllanadi. Odam umurtqa pog’onasining o`zgarishi umurtqa pog’onasining qiyshayishi deyiladi. U uch xilda bo`ladi. Lordoz (oldinga), kifoz (orqaga) va Skolioz (yonga) qiyshayishi orqali vujudga keladi. Katta yoshdagi kishining umurtqa pog’onasi old va orqa tomonga qaragan kichikroq bukilmalar bo`ladi. Bu bukilma yoshlikdan asta sekin ayniqsa bola tik turishiga va yurishga o`rgana boshlaganda vujudga keladi. Bu kasallik bo`lmay, balki fiziologik holat xisoblanadi. Umurtqa pog’onasi kasalligida esa umurtqa pog’onisaning fizioligik holatidan chiqib, old va orqa tomonga qarab, qiyshayishi kuzatiladi. Kifoz yoysimon bo`lishi mumkin. Bunda umurtqa pog’onasinig u yoki bu bo`lagi orqa tomonga qiyshaygan bo`ladi. YOysimon kifoz umurtqa pog’onasining ko`krak qismida ko`proq uchraydi. Kifozni bu formasini oldini olish skoliozga o`xshashdir. Uni davolash gimnastikasi, fizioterapiya buyuriladi. Umurtqa pog’onasining orqaga tortib turtib chiqishi ko`proq ko`krak umurtqalarida kuzatiladi va bu bukrilik deb ataladi. Bukrilikka umurtqa pog’onasining turli kasalliklari va shikastlanishi, ko`pincha umurtqani sil bilan kasallanishiga sabab bo`ladi bu kasalni davolab bukrilikni oldini olish mumkin. Lordazda umurtqa pog’onasi ichkariga qiyshayadi. Ko`pincha chanoq suyagining son suyagi bilan tutashgan bug’inining tug’ma chiqishi sabab bo`ladi. Bel lordozi qorniga eyo yig’ilishidan ham paydo bo`ladi. Lordozda umurtqalar deformatsiyalanadi va og’riydi. Umurtqa pog’onasi shikaslangan qismining xarakatlanishi qiyinlashadi. Lordozni davolashda uning sababi aniqlangach vrach tomonidan davo gimnastikasi va massaj buyuriladi.

Download 88.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling