Reja: Bog’langan ro’y’hatlar haqida tushuncha
7-Mavzu:“Ro‘yxat” turdagi ma'lumotlar tuzilmalari. Ro‘yxatlarni statik va dinamik tarzda amalga oshirish. Bir va ikki bog‘lamli ro‘yxatlar va ular ustida amal bajarish algoritmlari . Roʼyxatlar
Roʼyxatning umumiy koʼrinishiga misol :
E1, E2, ..., En, (n ≥0 boʼlib n fiksirlanmagan).
Roʼyxat elementlari soni dastur bajarilishi davomida oʼzgarib turishi mumkin.
Roʼyxat deb bir turga tegishli boʼlgan elementlar ketma-ketligiga aytiladi.
Roʼyxatni tashkil etuvchi elementlar soni chegaralanmagan boʼlishi mumkin.
Roʼyxatni mantiqiy tasvirlash
Roʼyxatni tashkil etuvchi elementlar soni n ga roʼyxat uzunligi deyiladi.
Bog’langan ro’y’hatlar
Agar ro’yhat elementlari ko’rsatkichlar orqali bog’langan bo’lsa, u holda bunday tuzilmaga bog’langan ro’y’hatlar deyiladi.
Bog’langan ro’yhatlarning har bir elementi ikki xil maydonga ega tuzilma hisoblanadi.
Informatsion maydonda ro’y’hat elementi ma’lumotlari, ko’rsatkichlar maydonida esa mazkur element bilan bog’langan tuzilmaning boshqa elementlari manzillari joylashgan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |