Reja: Bolalar ongida natural sonlar qatori tiziminig tarkib topishi


Download 341.5 Kb.
bet3/6
Sana04.11.2020
Hajmi341.5 Kb.
#140328
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Matematika Ma'ruza

Birinchi mashg'ulotni o'tkazishda bolalarga namunalar (doira- chalar yoki narsalar rasmi solingan quticha) beriladi. Bola namunaga qarab qutichada qancha doiracha bo'lsa, shuncha o'yinchoq (yoki buyum) sanab ajratadi. Quticha harakat natijalarini nazorat qilish vositasini o'taydi. Bolalar doirachalarni ichlarida sanaydilar.

Avval namuna bola qo'liga beriladi, keyinchalik esa uni pedagog faqat ko'rsatadi, «Sanab chiq va hamma qo'g'irchoqlarga yetadigan kiyim olib kel» kabi narsalar yig'indisini tenglash mashqlari ayniqsa foydalidir. Bola o'yinchoqlarni sanab ajratadi va talab qilingan miqdorda olib keladi. Bunday mashqlar sanoq ahamiyatini ta'kidlash imkonini beradi.

Bolalar uchinchi mashg'ulotda narsalarni aytilgan son bo'yicha sanab ajratishni o'rganadilar («Sanab chiq va 4 ta quyoncha olib kel»). Pedagog ularni doim sonni eslab qolish zarurligi haqida ogohlantirib turadi. Bolalar bitta guruhni yodlariga tushirishni mashq qilishdan darrov ikki guruhni tuzishga, ikki sonni eslab qolishga o'tadilar («3ta quyoncha va4ta sabzi olib kel»). Bunday mashqlarni berishbilan birga natural sonlar qatoridagi qo'shni sonlar aytib beriladi. Bu bolalarga yo'l-yoiakay sonlarni taqqoslashni mashq qildirishga imkon beradi.

Bolalarga ma'lum miqdordagi narsalarni faqat sanab ajratish emas, balki ularni ma'lum bir joyga, masalan, yuqorigi yoki pastki tokchalarga, stolning o'ng yoki chap tomoniga joylashtirish va hokazolar ham taklif qilinadi.

Tarbiyachi ayni bir narsalar o'rtasidagi miqdoriy munosabatlarni va shuningdek, ularning joylashish o'rnini o'zgartiradi. Narsalarning soni, sifat belgisi va fazoviy joylashishi o'rtasidagi bog'lanishlar aniq o'lchanadi.

Bolalar borgan sari ko'proq mustaqil ravishda, qo'shimcha savollarni kutib o'tirmasdan, narsalar qancha, ular qanday narsalar va qayerga joylashganligi haqida gapirib beradilar. Sanash natijasini ular narsalarni qayta sanab chiqish bilan tekshiradilar.

Oxirgi 2-3 mashg'ulotda bolalarga turli narsalarni teng miqdorda to'plash taklif qilinadi. (Uchta doira, uchta kvadrat, uchta to'g'ri to'rtburchak — hamma figuralar uchtadan). Mazkur holda narsalarning hamma guruhlari uchun umumiy belgi ularning teng miqdorda ekanligidir. Bolalar bunday mashqlardan so'ng natijaviy sonning yakunlovchi ahamiyatini tushuna boshlaydilar.

Turli vositalar (eshitish, sezish, harakat) yordamida idrok etiladigan to'plamlarni sanash. Ko'rib idrok qilish (aniq ko'rsatilgan to'plamlar) bilan bir qatorda, bolalarga eshitib, ushlab ko'rib hisobini olib borishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Tovushlarni, harakatlarni hisoblash, ushlab ko'rib sanash faoliyatini umumlashtirish uchun xizmat qiladi, uni bolalarning turli sha- roitlarda mustaqil qoilanishlari uchun shart-sharoit yaratiladi.

Musiqa asboblari ushlab ko'rib sanash va tovushlarni sanash mashqlarini bolalarga ko'zlarini yummasdan bajarish taklif qilinadi. Bu mashqlarni ko'z yumib bajarish bolalarni sanashdan chalg'itadi. Tarbiyachi bolalarning qo'l harakatlarini ko'rmasdan faqat eshitishlari uchun tovushlarni parda orqasida turib hosil qiladi.

Bolalar xaltachalarga solib qo'yilgan narsalarni paypaslab sanab chiqadilar. Buning uchun turli xil qo'llanmalardan foydalaniladi. Masalan, kartochkalardagi tugmachalarni, taxtachadagi teshiklarni, xaltacha ichidagi yoki salfetka tagidagi o'yinchoqlarni va hokazolarni sanash mumkin. Binobarin, tovushlar ham turli xil musiqa asboblari yordamida hosil qilinadi. Topshiriqlarning xilma-xil bo’lishi bolalardagi qiziqishni bo'shashtirmay saqlab turadi.

Bolalarga harakatlarni hisoblashni mashq qildirishda harakatning ko'rsatilgan miqdorini namuna bo'yicha yoki aytilgan songa qarab takrorlash taklif qilinadi: «Boltacha bilan necha marta urilgan bo'lsa, shuncha marta taqillat», «To'rt marta o'tirib tur». Tarbiyachi bolalarga o'ng (chap) oyoq bilan depsinish, chap (o'ng) qoini ko'tarish, oldinga engashish va shu kabi harakatlarni taklif qilib, harakatlarning xususiyatini asta-sekin murakkablashtirib boradi. Biroq, to'rt yashar bolalarga haddan tashqari murakkab harakat­larni taklif qilmaslik kerak, chunki bunday harakatlar kichkin- toylar diqqatini hisoblashdan chetga tortadi.

Turli vositalar yordamida idrok etilgan to'plamlar taqqosla- nadi, bu narsa vositalar o'rtasida o'zaro aloqa paydo bo'lishiga yordam beradi va son haqidagi bilimlarni umumlashtirishni ta'minlaydi. Masalan, bolalarga ular qancha tovush eshitgan bo'lsalar, kartochka ustida qancha tugma bo'lsa yoki qancha o'yinchoq turgan bo'lsa, shuncha marta qo'l ko'tarishlari taklif qilinadi.

Bu ish narsalarni sanab ajratish mashqlari bilan birga olib boriladi va ko'pincha ular bilan bog'langan holda o'tkaziladi.

Predmetlarning soni ularning o'lchamlari va turgan o'rni, shakliga bog’liq emasligini ko'rsatish. Bolalarni 10 gacha bo'lgan barcha sonlar bilan tanishtirib bo'lgach, nechta? degan so'roqqa javob berish uchun sanashni qaysi tomondan olib borishning ahamiyati yo'qligi ularga ko'rsatiladi: chapdan o'ngga, o'ngdan chapga, pastdan yuqoriga, yuqoridan pastga sanab chiqib, o'zlari ham bunga ishonch hosil qiladilar.

Bolalar turli figuralar shaklida aylana bo'ylab (juft-jufti bilan, noaniq guruh bilan) joylashgan narsalarni va sonli figura doira- chalarini sanaydilar.

Bolalarni bir xil predmetlarni sanashning turli usullarini ko'rsatish va qayta sanash ularda sanashni istagan predmetdan va xohlagan tomondan boshlash, ammo bunda bitta ham predmetni sanamasdan qoldirmasilik va bittasini ham ikki marta sanamaslik kerak ekanligi haqida ishonch hosil qilinadi.

Agar bola predmetlarning joylashishi ataylab murakkablashtirilganda yanglishsa, uning qanday xatoga yo'l qo'yganligi aniqlanadi. Pedagog narsalarni qayta sanayotganda ataylab xato qilishi mumkin. Bolalar narsalarning birortasini ham sanamasdan o'tkazib yubormaslik yoki bitta predmetni ikki marta sanamaslik uchun sanash qaysi predmetdan boshlanganligini yaxshi eslab qolish zarur ekanligi to'g'risida xulosa chiqaradilar.

Pedagog turli-tuman topshiriqlardan foydalanib, predmetlarning joylashish shaklini murakkablashtirib, tegishli tasavvurlarni va harakat usullarini mustahkamlaydi.

Savol va topshiriqlar

1. Bolalarda son va natural son qatori haqidagi tasavvurlarning rivojlanish xususiyatlari.

2. Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari.

3. O’rta, katta, tayyorlov guruhlarida sanashga o’rgatishni shakllantirish vazifalari.

4. Bolalarni miqdor va tartib bilan sanashga o’rgatish. Raqamlar bilan tanishtirish.

O’lchash haqida tushuncha, O’lchamning asosiy xususiyatlari.

Matematik tasavvurlarni tarkib toptirishda bolalarni predmetlarning kattaliklari bilan tanishtiruvchi masalalar ma‘lum o’rinni egallaydi.

Har qanday predmetga to’g’ri va to’la xarakteristika berishda predmet kattaligining ahamiyati uning boshqa asosiy xususiyatlarining ahamiyatidan kam emas. Taqqoslash asosidagina predmetning kattaligini ta‘riflash mumkin.

“Kattalik” tushunchasining ma‘nosini ochib berar ekan, matematika metodisti D.Galanini bunday ko’rsatadi: «predmetlar va harakatlarning shunday xususiyatiga aytiladiki, bu xususiyat bo’yicha predmetlarni bir-biri bilan taqqoslay olamiz, bu xususiyat har xil predmetlarda har xil miqdorda bo’lishi mumkin». Predmetlarni taqqoslashning ma‘lum mezonlariga ko’ra predmetlarning kattaliklari tengligi yoki tengsizligi munosabati o’rnatiladi.

Ammo har doim ham bevosita taqqoslashga duchor qilinavermaydi. Biz ko’pincha berilgan predmetni tanish predmetlarning kattaliklari haqidagi o’zimizda hosil bo’lgan umumiy tasavvurlarda (fikrda) taqqoslaymiz. Bu o’rinda idrok qilinayotgan predmetning kattaligi umumlashtirilgan obraz bilan taqqoslanadi, bu borada predmetlarni amalda farqlash tajribasi tugallangandek bo’ladi.

Kattalik, shuningdek, o’zgaruvchanligi bilan ham xarakterlanadi. V.V.Davidov bunday yozadi: «O’lchamlar — bu ob‘ektning shunday holatiki, ma‘lum chegaralargacha o’zgara borib, aqalli berilgan alohida ob‘yektni o’zgartirsa ham, ammo uning tur, boshlang’ich sifatini o’zgartirmaydi. Berilgan stol uzunliginig o’zgarishi, uning kattaliginigina o’zgartiradi, ammo uning mazmuni va sifatini o’zgartirmaydi, stol stolligicha qolaveradi.

Kattalikning uchinchi xossasi — nisbiyligidir. Haqiqatdan ham, bir predmetning o’zi kattaligi bo’yicha qanday predmet bilai taqqoslanayottaniga qarab katta yoki kichik deb aniqlanishi mumkin. Shuni ham ta‘kidlab o’tish kerakki, kattalik predmetning shunday xosasiki, uni predmetdan ajratib alohida tasavur qilib bo’lmaydi, kattalikni predmetdan ajratib bo’lmaydi.

Predmetning kattaligini idrok qilib, biz predmet borasida butun tasavvur (orientir) olamiz (va shundagina uni “katta, kichik” so’zlari bilan aniqlaymiz) yoki alohida uzunliklarning (o’z kengligi, balanddigi) nisbati haqida ma‘lumotga ega bo’lamiz. Bunday sub‘ekt uchun har bir konkret holda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan uchun ko’p holda kattalikni aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Bu holda kattalikning «baland», «uzun», «yo’g’on», va h.k. kabi aniq ta‘riflaridan foydalanadilar («bolaga past stul kerak», “mashinalar keng yo’ldan bormoqda”, «Baland archa sotib olishdi» va h.k.) .

Bir qator predmetlar borki, ular uchun «katta-kichik” atamalarini ishlatib bo’lmaydi. Masalan: lenta uzun, qisqa, keng yoki ingichka (tor bo’lishi mumkin: sakragich esa uzun yoki qisqa bo’lishi mumkin va h.k. Shu 6ilan birga kuzatishlar va maxsus tekshirishlar ko’rsatmokdaki, maktabgacha yoshdagi bolalar predmetlarning kattaliklarini aniqlashda «katta-kichik», «ortiq-kam» so’zlaridan foydalanishni afzal ko’radilar. Buning sababi, birinchidan, bolalarni predmetlarni alohida uzunliklarini (uzunligi, kengligi, balandligi, differentsiallashtira olmasliklari, ular orasida o’lchamlik munosabatlarini o’rnata olmasliklari va ularning har birini., so’zlar bilan aniqlay olmasliklari, ikkinchidan, o’zlari ko’pincha kattalikning aniq ta‘rifi o’rniga juda umumiy bo’lgan katta-kichiklik terminlarini ishlatadilar.

Katta-kichiklik narsalarning fazoviy belgilaridan eng umumiysi ularning bir-biridan farqlanuvchi belgisidir. Har bir hajmli narsa haqida gapirganimizda, biz katta yoki kichik narsa to’g’risida so’zlaydi. Bundan tashqari, narsaning uchta o’lchami — bo’yi, uzunligi, eni (qalinligi, balandligi) bo’ladi. Ana shu o’lchamlarni bilgan holdagina narsani uzun yoki qisqa, keng yoki tor, baland yoki past deyish mumkin.

Lekin shuni ham aytib o’tish kerakki, buyumlarning hajmi (balandligi, rangi, pastligi, eni) o’zgargani bilan stol yoki stulniig nomi o’zgarmaydi. Stol stolligicha, stul stulligicha qoladi. Agar biz sonlarni oladigan bo’lsak 6 soni 5 sonidan katta, faqat 5 dan emas balki 4,3,2,1 dan ham katta. 3 soni esa faqat 4 sonidan kichik emas balki, undan yuqori sonlarning hammasidan kichik.

Predmetlar o’lchamini idrok qilish.

Bolalarni narsalarning katta-kichikligi bilan tanishtirish ularni maktabga tayyorlashda juda zarur bo’lib, bolalarning aqliy, matematik jihatdan o’sishida, xususan matematik qobiliyatlarning o’sishida, xususan matematik qobiliyatlarning o’sishida muhim ahamiyatga ega. Dastlabki yozuv, matematika, rasm, mehnat darslaridayoq bolalardan narsalarning katta-kichikligini farqlash, ularni taqqoslash va og’zaki aytib berishni talab qiladi. Boshlang’ich maktabda o’lchov birliklarini o’rganish narsalarning kichiklik belgilarini ajrata olish bilan bog’liqdir. Katta- kichiklik haqida to’g’ri tasavvurga ega bo’lish geografiya, tabiyyog, geometriya, chizmachilikni o’rganishda katta ahamiyatga egadir.

Boshlang’ich maktabga politexnik ta‘lim elementlarining kiritilib borilishi munosabati bilan narsalarning katta-kichikligi haqidagi bilimlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun maktabgacha yoshdayoq bolalarda katta-kichiklik haqida tasavvurni tarkib toptirish zarurdir.

Katta-kichiklik haqidagi bilimlar narsalarni bevosita idrok qilish protsessida aniqlanadi. Narsalarning katta-kichikligini idrok qilish murakkab protsess bo’lib, u ko’rish, sezish va harakat analizatorlarining faoliyati asosida amalga oshiriladi. Katta kichiklikni idrok qilish u haqidagi so’zni ham o’z ichiga oladi. Ya‘ni narsalarning katta-kichikligi ikki tomonlama: narsalarining idrok qilayotgan haqiqiy katta- kichikligi va so’z bilan aytiladigan katga-kichiklikni aytish orqali baholanadi.

Katta-kichikligi turlicha bo’lgan narsalarni bolalar ilk yoshligidanoq ajratib olishi mumkin. Bu yoshidagi bolalar «katta» va «kichik» degan tushunchalarni o’zlashtirib oladilar, lekin katta kichiklikning boshqa belgilarini hali ajrata olmaydilar. «Katta» yoki «kichik» degan umumiy nom ostida narsalarning eni, uzunligi, balandligi, qalinligiga tegishli bo’lgan barcha narsa tushiniladi.

Uch yoshli bolalar o’qitish ta‘sirida narsalarning katta-kichikligi (bo’yi, eni va boshqalar)ni, agar narsaning shu belgisi aniq ko’rinib turgan bo’lsa, osongina aniqlaydilar. Ular bir xil narsalar ichidan ularning eng katta yoki eng kichigini xatosiz topadilar. Ammo bir necha narsani ularning katta-kichikligiga qarab tarti6 bilan joylashtirishga, bir necha narsa ichidan bir xil kattalikdagilarni topishga ancha qiynaladilar. Uch yoshli bolalarning ko’pchiligi turli katta-kichiklikdagi narsalardan birinchi safar eng kattasidan boshlab tartib bilan terib piramida tuza olmaydilar.

To’rt yoshli bolalar bir necha narsaning katta-kichikligini taqqoslash asosida «eng katta» (eng uzun) «kichikrok» (ingichkaroq), «juda kichik (eng qisqa) kabi yangi nomlarini biladilar. Shu bilan birga narsalarning kattaligini baholashning nisbiyligi tushinila boshlaydi: birgina narsa boshqa narsalarga nisbatan ba‘zan katta, ba‘zan esa kichik deb aytilishini bola anglaydi. Bu vaqtda shu yoshdagi bolalarda ma‘lum bir narsaga uning o’lchamini anglatuvchi so’zni qo’shib aytish kuzatiladi.

Masalan, bir sharoitda bola bir necha karobka ichidan bittasini eng uzun deb olsa, boshqa sharoitda ham, karobka bu gal boshqalariga qaraganda baland bo’lsada, uni «uzun» deb atayveradi.

Xuddi shu parsa ancha kattaroq bolalarda ham kuzatiladi. 5-6 yoshli bolalar katta-kichiklik haqidagi tushuncha (tasavur) ancha keng. U faqat ko’rinib turgan narsalarni emas, balki ko’rinmaydigan narsalarni ham taqqoslay oladilar: «bizning uyimiz bog’chamizdan katta, u qavatli”.

Biroq bu yoshdagi bolalarda ham o’ziga xos xususiyat bor. Masalan bolalar buyi baland odam degan gapni tez tushunadilar va nutqlarida ishlatadilar, lekin «Bo’yi baland ko’g’irchoq» yoki «bo’yi past ayiq» degan tushunchalarni ishlatmaydilar, bu yerda ular faqat «katta» va «kichik” so’zini ishlatadilar. Bolalar «chuqur», «yuza» tushunchalarini qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar.

Shunday qilib, narsalar turli o’lchamlarini ajratishda bolalar qiynaladilar. Bolalar sonlarni taqqoslash mobaynida katta-kichik haqidagi tushunchalarni oson o’zlashtiradilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar aniq narsalarni taqqoslab, ularning o’lchamlarini ajratishlari mumkin, lekin bu har bir narsaning o’lchamnni alohida holda ajrata olmaydilar. M: bolalar narsaning yuqori tekisligini ko’pincha undan balandligi deb biladilar, uzunligi o’rniga esa odatda narsa balandligini yoki uning enini ko’rsatadilar.

Predmetlarning fazoviy joylashuvidan qat’iy nazar, unda 3 ta o’lchovni ko’rish qobiliyatini rivojlantirish.

Kattalik. Buyumlarning o'lchamidagi barcha tafovutlarni bolalar katta va kichik so'zlari bilan, ya'ni buyumlarning o'zaro nisbatini umuman hajmiga qarab belgilash uchun qo'llaniladigan so'zlar bilan bildiradilar. Narsalar o'rtasidagi farqni bitta belgisiga qarab aniq ta'riflash imkonini beradigan so'zlardan bolalar foydalanmaydilar. Shuning uchun kichkintoylarga faqat bitta belgisi (uzunligi, kengligi yoki balandligi) bir xil (barobar); qalinroq, yupqaroq, qalinligi bir xil (barobar) kabi so'zlardan foydalanishni o'rgatish zarur. U yoki bu belgini birinchi marta ajratishda bir-biridan faqat mazkur belgi bilan farqlanadigan narsalargina taqqoslanadi. Masalan, bolalarga «uzunroq-qisqaroq» tushunchasi haqida ma'lumot berish uchun rangi, kengligi va yo'g'onligi bir xil, bir-biridan faqat uzunligi bilan farq qiladigan buyumlar tanlab olinadi.

Taqqoslash uchun oldin katta-kichikligi har xil narsalardan foydalaniladi. Namoyish qilinadigan materialning katta-kichikligidagi farq 0-5 sm.dan kam bo'lmasligi, tarqatma materialniki esa 5 sm.dan kam bo'lmasligi kerak.

Ayrim o'lchamlarni ajratib ko'rsatishda qo'l harakatlari yordam beradi. Pedagog (tarbiyachi) bolalardan qaysi narsa uzunroq (kaltaroq) ekanligini so'rash bilan bir vaqtda qo'lini narsa bo'ylab (chapdan o'ngga) yurgizadi. Kenglikni taqqoslayotib, qo'lini narsaning ko'ndalangi (kengligi) bo'ylab yurgizadi, balandligini taqqoslashda esa qo'lini narsaning pastidan yuqorisiga, asosan yuqori chekkasigacha yurgizadi. Mazkur belgilarni aniqlashda o'yin vaziyatini paydo qilish yordam beradi. Bunda u yoki bu harakatning qanchalik muvaffaqiyatli chiqishi mazkur belgining qanchalik yorqin ifoda etilganligiga bogliq bo'lib, uni hisobga olib borish talab qilinadi. Masalan: tarbiyachi bolaga mashinani keng va tor ko'prikcha ustidan yurgizib o'tkazishni buyuradi va unga shunday savol beradi: «Nima uchun bitta ko'prikdan mashina o'ta oldi, boshqasidan o'ta olmadi? Qaysi darvozadan mashina o'ta oladi, qaysisidan o'ta olmaydi? Nima uchun?».

Avvalo, bolalarga narsalarni yonma-yon qo'yish usulidan foydalanish o'rgatiladi, chunki bir xil rangli narsalar taqqoslanadi va ularni ustma-ust qo'yganda ular qo'shilib ketadi.

Tarbiyachi mazkur usullardan qanday qilib to'g'ri foydalanish kerakligini ko'rsatib beradi. Uzunlikni taqqoslayotganda, buyumlar yonma-yon joylashtiriladi va ularning uchlari bir tomondan (yaxshisi, chap tomondan) baravar qilib qo'yiladi; ustiga qo'yishdan foydalanib, ularning yuqori va pastki chekkalari ham birlashtiriladi. Agar narsaning uchi chiqib tursa, demak, bu narsani uzunroq deb aytish mumkin. Agar hech qaysi uchi chiqib turmasa, unda narsalarning uzunligi teng (baravar) deyish mumkin. Nar­saning kengligini taqqoslashda ularning yuqori va pastki chekkalari solishtiriladi (tekislanadi); balandligini taqqoslayotganda esa narsalar bitta tekislik ustiga yonma-yon qo'yiladi. Ajratilgan belgi aniq so'z bilan ataladi. Tarbiyachi bolalarni narsalarning qiyosiy katta-kichikligini bildiruvchi uzunroq — kaltaroq, kengroq — torroq, enliroq — ensizroq kabi so'zlarni aytishga undab: «Qaysi tasma uzunroq (enliroq)? Qaysi tasma kaltaroq (ensizroq)?»— deb so'raydi. U bolalarga javob namunalarini beradi, masalan: «Qizil tasma yashil tasmadan enliroq, yashil tasma esa qizil tasmadan ensizroq». Mana shunday qilib, kichkintoylar asta-sekin har ikkala taqqoslanayotgan narsalarni atashga o'rgatib boriladi.

Qarama-qarshi kattalikka ega bo'lgan narsalarni taqqoslash bolalarni narsalarning katta-kichikligi holatida idrok etishga va ularga tegishli ta'riflar («uzunroq — qisqaroq», «balandroq —pastroq» va boshqalar) berishga o'rgatish imkonini yaratadi. Bolalarni narsalarning uzunligi, eni, balandligi jihatidan tengligi bilan tanishtirish va ularni «uzunligi bir xil (teng)», «eni teng» kabi iboralardan foydalanishga o'rgatish imkoniyati paydo bo'ladi. Bolalar bilan birga «Kimning kafti kengroq» o'yinlarini o'ynash, shuningdek, ularga quyidagi savollarni berish mumkin: «Qaysi daraxt balandroq: olma daraxtimi yoki o'rik daraxtimi? Qaysi uy baland­roq (pastroq)? Qaysi uyning derazasi kengroq (torroq)?». Shunday qilib, kichkintoylarga ularni qurshab turgan narsalar turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega ekanligi ko'rsatiladi.

Katta maktabgacha yoshdagi bolalar hatto aniq doimiy fazoviy holatni egallab turadigan narsalarda, masalan, yozuv stolnning o’lchami (uzunligi, eni, balandligi) ni aniq ajrata olmaydilar. Bola ko’pincha bu uchta o’lcham o’rniga narsaning uchta tomonini ko’rsatadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning narsalarning katta-kichikligi haqidagi tushunchani o’zlashtirib olishlari imkoniyatlari va o’ziga xos xususiyatlarini ilmiy tekshirishlar natijasida ochib berish bolalar bog’chasidagi har bir yosh guruhi uchun dasturda berilgan bo’lim bo’yicha kerak bo’lgan zarur bilim va malakalar hajmini aniqlashga imkon beradi.

Savol va topshiriqlar.

1.O’lchash haqida tushuncha. O’lchamning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

2. Predmetlar o’lchamini idrok qilish mavzusini gapirib bering?

3. Predmetlarning fazoviy joylashuvidan qat’iy nazar, unda 3 ta o’lchovni ko’rish qobiliyatini rivojlantirishni izohlang?

4. Bolalarda shartli o’lchov yordamida turli o’lchamlarni o’lchash haqidagi tasavvurlarini shakllantirish mavzusini konspekt qilib kelish.

Bolalarda shartli o’lchov yordamida turli o’lchamlarni o’lchash haqidagi tasavvurlarni shakllantirish

Bolalarga shartli o’lchovlarni o’rgatishdan oldin o’lchovning aniq chiqishiga yordam beradigan quyidagi qoidalarni tushintirish lozim:

1. Har doim o’lchovni eng chekkadan boshlash kerakligi haqida.

2. O’lchovning oxirini belgilab qo’yish kerakligi haqida.

3. Predmetning uzunligini o’lchash vaqtida o’lchov chapdan o’ngga qarab, eni bilan bo’yini o’lchagan vaqt o’lchov yuqoridan pastga qapab olinishi haqida.

4. Keyingi o’lchovni oxirgi belgi qo’yilgan joydan boshlash kerakligi haqida.

5. O’lchov olayotgan vaqtda albatta uning sonini sanash kerakligi haqida.

Bolalarni uzinlikni o’lchashga o’rgatish vaqtida o’lchovni soniga qarab, lentachalarning uzunligini o’lchash yoki chiziqchalarda ramka chizishni taklif qilinadi.

Bolalar rasmdagi predmetlarning o’lchamlarini olishga qaraganda, tayyor predmetlarning o’lchamlarini olish vaqtida uncha qiynalmaydilar. Shuning uchun bolalarga to’g’ri o’lcham olishni o’rgatish vaqtida tayyor predmetlardan foydalanish kerak. Shuningdek ma‘lum sondagi o’lchovlar ko’p bo’lmasligi ya‘ni 5-6 ta bo’lishi kerak.

Kundalik hayotda olib borgan maxsus mashg’ulotlar davomida bolalarni uzunlik o’lchashni, turli usullarini o’rganib oladilar. Enini o’lchashga o’rgatish vaqtida bolalarga o’lchovni predmetning kundalangiga qarab qo’yganligini tushintirishning o’zi kifoya. Predmetning uzunligi va enini o’lchash vaqtida olgan ko’nikmalarini balandlikni o’lchash vaqtida qo’llaydilar, shuning uchun bu o’ulchovni olishda qiynalmadilar va birinchi mashg’ulotdayoq o’lchovni to’g’ri ola boshlaydilar.

Tajriba va kuzatishlar shuni ko’rsatdiki, 6-7 yoshli bolalar uzinlikni o’lchashni to’la egallash qobiliyatiga egadirlar.

Og’irlik o’lchamnni bolalar qanday tushunadilar? Kuzatish va bolalarning javobi shuni ko’rsatadiki, 6-7 yoshli bolalar og’irlikni tarozi orqali o’lchash kerakligini biladilar.

Xaltacha (qop)larda qancha shakar bor degan savolga bolalar «Uni tarozida tortish kerak» deb javob beradilar.

Bu savolga maishiy uy tajribasini ifodalovchi javoblar ham beradilar. M: «Stakan bilan o’lchash kerak». Bolalar shu narsalarning og’irligi uning toshi ekanligini bilmaydi. Toshlar katta va kichik, og’ir va yengil bo’ladi. Agar bolalarning uzunlik va og’irlik haqidagi bilimlari taqqoslansa, ularning og’irlik haqidagi bilimlari ko’p ekaniga ishonch hosil qilamiz. Bolalarning suyuqliklarning sig’imi haqidagi bilimlari juda past ekanligi aniqlangan. Bolalarning ko’pchiligi ko’zadagi sutni qanday o’lchashni bilmaydi. Ularni «santimetr» bilan, lineyka bilan, gradusnik bilan deb javob beradilar. Bolalarning javoblari ularning suyuqliklarni, sochiluvchi jismlarni o’lchash haqidagi bilimlari yo’qligini ko’rsatadi. Bolalar suyuqliklarni o’lchash qoidalarini, suyuqlikning o’lchami nimaligini bilmaydi. Bolalarning hikoyalarida ularning onalari bilan bir litr sut olganliklarini aytadilar, lekin ular litr suyuqliklarning o’lchov birligi ekanligini 6ilmadilar.

Turli narsalarni o’lchay olishga o’rgatish bolaning aqliy taraqqiyotiga katta ta‘sir qiladi. Shuning uchun bog’chaning katta tayyorlov gruppalarida olib borgan ta‘lim-tarbiyalari natijasida ularga uzunlikni o’lchash, og’irlikni o’lchash, suyuqliklarning sig’imini o’lchash va ularning o’lchov birliklari bilan tanishtirib borish kerak.

Ta‘lim berish natijasida (bola):

1. O’lchash, bolaga o’lchanayotgan ob‘ekt haqida aniq bilim beradi.

2. O’lchashlarning soni uning katta-kichikligiga bog’liq bo’ladi.

3. O’lchashlarning soni va ularning o’lchami o’rtasida funktsion bog’liq borligini ko’rsatadi.


Download 341.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling