Reja: Bolalarda fonetik-fonematik nutq rivojlanmaganligini bartaraf etish
Download 22.6 Kb.
|
7-amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar
Logopedik tekshirishGuruhga qabul qilingan bolalar mukammal logopedik tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bolalarni tekshirish uchun logoped o‘quv yilning ikkita birinchi xaftalarini ajratadi. Keyinchalik tekshiruv natijalari mashg‘ulotlar vaqtida bolani kuzatish natijalari bilan to‘ldirilishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda talaffuzni tuzatish ustida ish boshlanadi hamda rejaga muvofiq frontal mashg‘ulotlar olib boriladi, bu haqda quyida bayon etiladi. Tekshirish maxsus “Nutq kartasi”da ko‘rsatilgan reja asosida o‘tkaziladi. Nutq kartasi ………………………………………………………………... Bolaning guruhga kelgan vaqti ................................................................... Ismi, familiyasi............................................................................................. Yoshi ................................................................................................................. Uy adresi ........................................................................................................ Qaysi bog‘cha tomonidan yuborilgan (№,vaqti,adresi) .............................. Ota-ona shikoyati ........................................................................................... Nutq shakllanishi xaqidagi ma’lumot....................................................... Umumiy motorikasining holati...................................................................... Eshitishi............................................................................................................. Bolaning umumiy rivojlanishi...................................................................... Diqqati, ish qobiliyati .................................................................................... Nutqning umumiy tomonlari (sur’ati, ovozi, artikulyatsiyasi, nafas olishi) .................................................................................................................................... Artikulyatsion apparatining holati (tuzilishi, harakatlanishi) ……………………… .................................................................................................................................. Tovushlar talaffuzi va farqlanishi.............................................................................. Nutqning tovush sostavli analizi va sintezi ........................................................... .......................................................................................................................... Murakkab bo‘g‘in sostavli so‘zlarning talaffuzi .................................................... ................................................................................................................................. Nutqning grammatik qurilishi ................................................................................ ................................................................................................................................. Lug‘ati ..................................................................................................................... Logopedik tekshiruvni tugatib, individual ish rejasini tuzgandan so‘ng logoped tarbiyachiga har bir bolaning nutqi shakllanishidagi asosiy kamchiliklarni aytib va ko‘rsatib beradi (nutq kartasiga muvofiq), ayniqsa nutqi shakllanishida og‘ir kamchiliklarga ega bo‘lgan bolalar bilan o‘tiladigan tuzatuvchi ta’lim mazmuni ustida to‘liq to‘xtalib o‘tadi. Logoped ta’limning turli davrlarida alohida bolalar nutqiga talablar belgilaydi. Shu bilan birga har bir tarbiyachi bolalarning tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni eshitishi, nutq buzilishlarini aniq tasavvur qilishi, tovushlarning nutqqa qo‘yishning asosiy usullarini egallagan bo‘lishi, bolalarning nutqini kuzatish hamda mashg‘ulot va mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda ularning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda tuzatish uchun qaysi bolada qanday tovushlarni nutqga qo‘yish, mustaxkamlash yoki differensiatsiyalash zarurligini bilishi kerak. Adabiyotlar:Ayupova M.Y. Logopediya. Darslik. T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2007. Logopediya L.S.Volkova, S.I.Shaxovskaya. Izd-vo «Vlados» – M., 2002. Golubeva G.G. Korreksiya narusheniy foneticheskoy storoni rechi u doshkolnikov. Izd-vo «Soyuz» – M., 2001. Krauze YE.N. Logopediya. Izd-vo «Korone print» – M., 2003. Mo‘minov L., Ayupova M. Logopediya. – T., 1993. Download 22.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling