Reja: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari


Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash


Download 475.75 Kb.
bet21/46
Sana17.06.2023
Hajmi475.75 Kb.
#1550175
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish metodikasi fani

Tovushlar artikulatsiyasi, diksiya ustida ishlash. Analiz-sintez ishlari tizimida tovushning o`zini analiz va sintez qilish, tovushni falaffuz qilish vaqtidagi nutq apparati organlarining holati va harakatini kuzatish (analiz) va harf bilan ifodalangan tovush va tovushlar birikmasini talaffuz qilish maqsadida nutq organlarini zarur holatga kcltirish (sintez) muhim o`rin tutadi. Masalan, u tovushining analizida til tanglayga tomon baland ko`tariladi, tanglay bilan til orasida torgina bo`shliq qoladi, lablar bir-biriga yaqinlashib yumaloqlashadi, ovoz hosil bo`ladi; r tovushining sintezida og`iz ozroq ochiq, tishlar orasida bo`shliq bo`ladi, lablar ozgina kengroq tortilgan, til ozroq orqaga itarilgan va tanglay (tepa)ga tomon baland ko`tarilgan holatda; ovoz cshitiladi, o`tayotgan havo kuchi bilan tilning uchi titraydi.
Sinfda barcha tovushlarning artikulatsiyasi (hosil bo`lishi)ni ko`rsatib bo`lmaydi. Masalan, qorishiq portlovchilar (ch, j), chuqur til orqa (q, g`, x), bo`g`iz tovushi (h) artikulatsiyasini ko`rsatish qiyin. Ammo shunday tovushlarning hosil bo`lishini tushuntirish uchun o`qituvchi, o`quvchilar diqqatini jalb qilgan holda, tovushni talaffuz qilib ko`rsatadi, so`ngra o`quvchilar talaffuz qiladilar. Bunday usulni bir necha bor takrorlagan ma`qul.
Diksiya ustida ishlash o`quvchilar nutqini tushunarli, sof, tiniq, jarangdor bo`lishiga erishishdir. U savod o`rgatish uchun ham, ifodali o`qish, orfoepik va orfografik malakani, xushovozlik ko`nikmasini o`stirish uchun ham juda muhimdir. Yaxshi diksiya tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligiga bog`liq, shuning uchun diksiyam o`stirish mashqlari tovush hosil qiluvchi apparatning egiluvchanligini oshirishga qaratiladi. Diksiya ustida ishlashda quyidagicha mashq turlaridan foydalanish mumkin:
1. Baland talaffuzni mashq qilish: Masalan, sara-shira-sara-shira kabi so`ziarni ovozni to qichqiriqqacha balandlatib, so`ngra esa ovozni to shivirlashgacha pasaytirib talaffuz qilish.
2. Talaffuz tempini mashq qilish. Shu sara-shira kabi so`zlarni sekin talaffuz qilib, tempni asta tezlashtira borish.
3. Ayrim undosh tovushlarni, ayniqsa, o`quvchilar qiyinchilik bilan yoki noto`g`ri talaffuz qiladigan so`ziarni qayta talaffuz qilish mashqi
4. Murakkab tovush birikmalarini talaffuz qilishni mashq qilish.Buning uchun tez aytishlardan foydalaniladi. Misol: Qishda kishmish pishmasmish, pishsa kishmish qishmasmish.
Bolalarni so`zlayotganda to`g`ri nafas olishga, tovushlarni to`g`ri talaffuz qilishga o`rgatish zarur. Ba`zi tortinchoq bolalar tovushni talaffuz qilishga uyaladilar. Sunday vaqtda tovushni, so`zni xor bilar talaffuz qildirish, xor bilan o`qitish, tez aytishlarni xor bilan ayttirish foydalidir.

Download 475.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling