Reja: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari


Yozuvga o`rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari


Download 475.75 Kb.
bet31/46
Sana17.06.2023
Hajmi475.75 Kb.
#1550175
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish metodikasi fani

Yozuvga o`rgatishning tashkiliy va gigiyenik shartlari. Maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka bo`lib, xattaxtaga yozishda bo`rdan foydalaniladi.
Savod o`rgatish davrida bolalarni yozuvga o`rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog`oz ishlatilgan bo`lsa, keyin quyuq yotiq chiziqlar bilan kesil-uch chiziqli daftardan foydalanilgan:
Bunday daftarda yozuvga o`rgatilgan boladan boshlang`ich sinflarni besh xil daftarga yozishni o`rganish talab etilar edi:
Hozirgi vaqtda yozuvga o`rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo`lishi talab qilinadi; 2-sinfda ba`zan 1-sinfda o`quv yiuning ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziq daftarga yozishga o`tiladi.
Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlari rioya qilishga, hartlarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq to`g`ri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikni o`rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o`quvchilar «Yozuv daftari» bilan ishlaydilar. Sinfda o`rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo`lishi kerak.
O`qituvchi yozish vaqtida 65° qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25° qiyalikda qo`yilishini amaliy ko`rsatib turadi.
Yozuv daftari bilan ishlash. Yozuv daftari asosida uyushtiriladigan yozuv darslarida o`quvchilar asosan grafik malakalarni egallaydilai Yozuv ko`nikmalarini shakllantirish ham bevosita nutq hamda tafakkur faoliyati bilan bog`liq. Shu sababli yozuv daftari ham savod o`rgatish jarayoniga mos holda tuziladi.
Yozuv daftarida ta`lim beruvchi, o`rganuvchi-tekshiruvchi tekshiruvchi mashqlar beriladi. Bu mashqlar bilan ishlash jarayonidi lug`at ustida ishlash, to`g`ri talaffuz, og`zaki suhbat, gap va so`z tahlili, so`z yoki bo`g`indagi yozilishi o`rganiladigan harfni ajratish bo`g`inlarni biriktirish, tuzilgan so`zlarni o`qish va yozish kabi ish turlaridan foydalaniladi.
Yozuv daftarida o`quvchilar «Alifbe»da o`rganilgan harfni yozma shakllantiradilar. Suhbat uchun daftarning yuqori qismida predmet rasmi yoki biror mazmunli rasm keltirilishi, ayrim predmet nomlarini ifodalovchi so`z chizmasi katakchalarga ajratib berilishi, gap nusxalar ining keltirilishi maqsadga muvofiqdir. Ba`zi o`rinlarda o`quvchilni berilgan gap yoki so`z chizmasini o`zlari mustaqil tasvirlaydilar.Predmet rasmi berilgan o`rinlarda shu predmet nomi — so`z bo`g`in-tovush jihatdan tahlil qilinadi, so`zdagi tovushlar soni suhbat yo`li bilan aniqlanadi va katakchalarda ranglar bilan belgilanadi.
Mazmunli rasm asosida gap chizmasiga mos gap tuziladi, keyin o`sha gapning tahlili ustida ish olib boriladi.
Harflarning yozma shakli ularning bosma shakli bilan taqqoslash orqali tanishtiriladi.Yozuv daftarida tinish belgilar qo`llangan. Ular shu belgi uchragan o`rinlarda tanishtirib boriladi.Yozuvga o`rgatishda o`quvchilarning ko`ruv, eshituv, qo`l harakati sezgilarni ishga solish lozim. Shunda yozuv quniq yozuv bo`lmay, ongli yozuvga aylanadi.Yozuvga o`rgatishda orfografik elementlar. Orfografiya yunoncha so`z bo`lib, «to`g`ri yozuv» degan ma`noni bildiradi. Orfografiya (imlo) adabiy tilning yozma shakli bilan bog`liq bo`lib, to`g`ri yozish haqidagi qoidalar yig`indisidir. Orfografiyani bilmay turib, fikrni ad-lil ine`yorlari asosida yozma ifodalab bo`lmaydi. O`quvchilarning imloviy savodxonligi haqida g`amxo`rlik qilish tilning aniqligi, fikrni to`g`ri ifodalash, kishilar bilan o`zaro xatosiz muomala qilish uchun |g`amho`rlik demakdir. Savod o`rgatish davrida bolalarda grafik malakani shakllantirish bilan birga imloga oid malaka ham shakllantiriladi.
Savod o`rgatish davrida o`quvchilar quyidagilarni amaliy tarzda o`rganadilar:
a) talaffuzi va yozilishida farq qilmaydigan so`zlarda tovush bilan harfning mosligini;
b) so`zlarni alohida yozishni, ya`ni yozuv vositasida so`zni ma`nosi sifatida ajratishni; (I) so`zning satrga sig`may qolgan qismini keyingi qatorga bo`g`inlab chirib yozishni (bunda bo`g`in hosil qilgan bir unli harfni qatorga chirib yozib bo`lmasligini);
d) gap boshida, shuningdek, kishilar ismida, hayvonlarga qo`yilgan nomlarda bosh harming ishlatilishini.
Savod o`rgatish davrida o`quvchilarda o`z-o`zini tekshirishga oid malaka shakllantiriladi: ular yozganlarini namuna bilan solishtiradilar, yo`l qo`ygan xatolarini topadilar, ularni izohlashga o`rganadilar. Shu davrdanoq ko`chirib yozish, diktant va ijodiy yozuv (insho)lardan foydalaniladi .
Gap va so`zlarni yozishdan oldingi tayyorgarlik ishlari, muntazam o`tkazib boriladigan o`z-o`zini tekshirish mashqlari, o`qilgan matnning imlosini kuzatish o`quvchilarda yuqori savodxonlik garovi bo`lgan fografik ziyraklikni asta-sekin shakllantira boradi, ularni yuqori sinfda o`rganiladigan imlo qoidalarini puxta o`zlashtirishga tayyorlaydi.

Download 475.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling