Reja: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari


Download 475.75 Kb.
bet39/46
Sana17.06.2023
Hajmi475.75 Kb.
#1550175
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish metodikasi fani

Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o`quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo`llaniladigan usuldir.
O`qish darslarida reproduktiv metod keng qo`llamladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga bo`ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo`lgan muhim fikriga o`quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko`rsatadi, o`quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma`noni ochib, o`quvchilarga ko`maklashadi. Bularning bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`taydi. Shundan so`ng o`quvchilar o`qituvchining ko`rsatmalari yordamida yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni o`zlari mustaqil ravishda bajaradiiar.
Yuqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari, boshlang`ich sinf o`qish darslarida zamonaviy pedagogik texnologiya usullaridan «Aqliy hujum», «Tarmoqlash», «Guruhlar bilan ishlash», «Blis texnologiyasi» kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.
Shuni ta`kidlab o`tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo`llash o`qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.
8-MA`RUZA: O`QISH MALAKALARINING SIFATLARI: TEZ, ONGLI IFODALI O'QISH
REJA:

  1. O`qish malakalari.

  2. O`qish turlari

  3. O`qish bosqichlari

TAYANCH SO`Z VA IBORALAR: Ovozli o`qish, ichda o`qish, shivirlab o`qish, ongli o`qish, analitik bosqich, sintetik bosqich, avtomatlashish.

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.O`zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risidagi qonuni. Toshkеnt, O`zbеkiston, 1997
2.Qosimova K., Matchonov S., G`ulomova X., Yo`ldoshеva Sh., Sariеv Sh., Ona tili o`qitish mеtodikasi, T., 2009.
3.Boshlang`ich sinflar “ O`qish kitobi”, 2010
4.Boshlang`ich sinflar “ O`qish kitobi”ga yozilgan mеtodik qo’llanmalar.


Dastur talablarini to`liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda, o`qish ko`nikmalarini to`g`ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur. O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shakllanadi, o`qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.





Download 475.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling