Reja: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari


Download 475.75 Kb.
bet25/46
Sana17.06.2023
Hajmi475.75 Kb.
#1550175
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish metodikasi fani

T

M





K





L

B





A


Topshiriq: Tanish harflarni o`qing. Harflar ichidan o`zingizga notanish harfni toping.
So`ngra Kk harflari kesma harflar ichidan toptiriladi:
- Bosh K hafini ko`rsating. U bilan qanday so`zlar.yoziladi?
Kichik k harfini ko`rsating. Bu shakl qachon ishlatiladi? Kk harflari «Harf kassasi»ga qo`shib qo`yiladi.
4. Bo`g`in o`qish. K harfini o`rganilgan unli harflarga qo`shib bo`g`inlar tuzdiriladi va o`qitiladi.
5. Rasm asosida suhbat. O`qituvchi ko`rgazmani harakatlanadiga qilib tayyorlasa, o`quvchilarda qiziqish uyg`onadi, yangi mavzu oson o`zlashtiriladi.
Xattaxtaga bosma harflar bilan quyidagi matn yoziladi:
Kamol Komilaga kitob olib keldi. Komila kitobni oldi. U kitobni toza saqlashga so`z berdi.
Bu gaplar bolalarga bo`g`inlab o`qitiladi. O`quvchilar nutqini o`stirish maqsadida quyidagi savollar beriladi:
1. Kamol kitobni qayerdan olgan?
2. U kitobni kimga sovg`a qildi?
3. Komila nega xursand bo`ldi?
4. Komila akasiga qanday va`da berdi?
Kartochkalarga bo`g`inlarga ajratib yozilgan so`zlar o`qitiladi.
6. Darslik bilan ishlash. O`qituvchi darslikda berilgan bo`g`inlar: so`zlar va matnni o`quvchilarga o`qib beradi, bolalar birgalikda ovoz chiqarib takrorlaydilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Buning uchun o`quvchi bilan quyidagicha savol-javob o`tkaziladi:
1. Bugun biz qaysi tovush bilan tanishdik?
2. Rasmda nimalar tasvirlanibdi?
3. Bolalarning ismlarini ayting.
4. Kitobdan qanday foydalanish kerak?
Kichik yoshdagi maktab o`quvchilarining nutqini o`stirishda didaktik o`yinlar, turli xil musobaqalar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuni mustahkamlashga oid quyidagicha qatorlararo mnsobaqa uyushtirish mumkin:
1-qator: K harfi bilan boshlanadigan so`zlardan ayting.
2-qator: 0 `rtasida k harfi qatnashgan so`zlardan ayting.
3-qator: Oxirida k harfi ishtirok etgan so`zlardan ayting. Qaysi qatorda takroriy so`zlar bo`lmasa, o`sha qator g`olib hisoblanadi. So`ngra o`quvchilarning har biriga bittadan turli xil predmetlarning rasmlari bor kartochkalar tarqatiladi. Rasmdagi predmetning belgilarini bildiruvchi so`zlar toptiriladi va ular ishtirokida ikkitadan gap tuziladi. Birgina rasm asosida bir necha gap tuzishni mashq qildirish o`quvchilarning fikrlash doirasini kengaytirishga ham yordam beradi va nutqini o`stiradi.

Download 475.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling