Reja: Boshlang`ich sinflarda ona tili o`qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari


Yozuv darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish


Download 475.75 Kb.
bet32/46
Sana17.06.2023
Hajmi475.75 Kb.
#1550175
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46
Bog'liq
Ona tili va o\'qish savodxonligi va uni o\'qitish metodikasi fani

Yozuv darslarida o`quvchilar nutqini o`stirish. Yozuv darslarida ham o`quvchilar nutqini o`stirish, fikrlashga o`rgatish asosiy vazifalarda hisoblanadi. Yozuvga o`rgatishning dastlabki kunlaridanoq bolalarni o`z fikrini yozma ifodalashi muhim ekanligini, u insonlarning aloqa kirishuvida muhim vositaligini tushunishlariga erishish lozim. Buning uchun o`quvchilar yozadigan birinchi so`z ularning jonli nutqidan yo o`zlari tuzgan gapdan olinishi kerak. Bu jarayonda ko`chirib yozish diktant ijodiy yozuvdan so`ng o`tkaziladi. Bu yozma mashq turlari ning ongli bajarilishini, o`quvchilarning bilish faolligini ta`minlaydi. Masalan, bolalar o`qish darsida «Alifbe» da berilgan rasmga qarab gap yoki hikoya tuzadilar, yozuv darsida esa o`sha gap yoki hikoyada ma`lum bir so`zni yozadilar. Bu ular uchun ijodiy yozuv—inshodir. Keyinchalik o`quvchilar alohida so`z yozishdan kichik-kichik gaplar yozishga o`tadilar.
O`quvchilar gap yoki hikoyani og`zaki ravishda erkin tuza oladilar lekin yozish uchun o`rganilmagan harf bo`lmagan so`zni tanlashda qiynaladilar. Bu jarayonda o`qituvchi yordam berishi va yozuvni kuzatib borishi lozim.
Ijodiy yozuv mashqini doimo izchil ravishda o`tkazib, asta-sekin murakkablashtirib borish kerak. Bunday mashqlar o`quvchilarni insho va bayon yozishga tayyorlaydi, o`z fikrlarini mustaqil ravishda yozma bayon qilishga o`rgatadi.Yozuv darslarida yuqoridagi kabi mashqlar o`quvchilarning yozma nutqini og`zaki nutqi bilan bog`liq holda o`stirishni ta`minlaydi.
Savod o`rgatish davrida o`qish va yozuv darslari
O`qish va yozuv darslariga qo`yiladigan talablar. Dars ta`limni asosiy shakli hisoblanadi. Analitik-sintetik tovush metodi asosida olib boriladigan savod o`rgatish darslari xilma-xil bo`lishi, o`quvchilarni zeriktirmasligi va charchatib qo`ymasligi kerak.
Savod o`rgatish davridagi o`qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo`lgan asosiy talablar mavjud:
1. Umumdidaktik talabiar:
a) har bir darsning tarbiyaviy maqsadi bo`lib, unda bironta axloqiy sifat o`stirilishi lozim darsning ta`limiy maqsadi, ya`ni o`quvchilar darsda qanday bilishi, nimani o`rganishi, qanday ko`nikma va malakalar o`tirilishi, o`quvchilarning mustaqil fikrlashi va faolligining qanday bo`lishi aniq belgilab olinishi kerak;
d) darsning izchilligi va istiqboli, uning oldingi va keyingi darslar bilan bog`liqligi aniq belgilab olinishi zarur;
c) o`tiladigan materialning xarakteri va ta`lim maqsadidan kelib chiqib dars uchun xilma-xil va qiziqarli metodik usullar va vositalar tanlanishi lozim;
f) dars davomida o`quvchilarga differensial va individual yondashish, ishni barcha o`quvchilarning imkoniyati, bilimi, ko`nikma malakasi hamda fikrlash faoliyatini hisobga olgan holda uyushtirish kerak;
g) o`quvchilarni aqliy mehnat (o`qish) usullariga o`rgatish, ularda maktabda o`qish uchun kerakli ko`nikmalarni hosil qilish zanir;
i) beriladigan material ilmiy, o`quvchilar yoshiga mos va muvofiq bo`lsin va hokazo.

Download 475.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling