Reja: Bozor tushunchasi va uning vazifalari


Download 91.5 Kb.
bet4/6
Sana13.02.2023
Hajmi91.5 Kb.
#1194536
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1355648560 41161

Oligolopistik bozor. Ozchilik firmalar hukmron bo`lgan bozor, bu erda raqobat ko`pgina sotuvchilar orasida emas, balki haridorlar o`rtasida yuz beradi. Bunga misol tariqasida O`zbekistondagi tsement bozorini olish mumkin. Bozorga 3 korxona mahsulot chiqaradi, TSement xarid qilish uchun raqobat esa : haridorlar o`rtasida boradn.
Sof monopoliya bozori. Bunday bozorga tovarni butun bir tarmoqda hukmron bo`lgan ayrim korxonalar etkazib beradi. Masalan, O`zbekisgonda paxta terish mashinalarini faqat Toshkent Qishloq xo`jaligi mashinasozlik zavodi, traktorlarni faqat Toshkent Traktor zavodi tayyorlab bozorga chiqaradi. Ichki bozorda ularning raqiblari yo`q,
O`z turidan qat`iy nazar har qanday bozor o`zining ixtisoslashgan kichik bir qismlariga segmentlariga ega bo`ladi
Bozor segmentlarga quyidagi belgilariga qarab ajraladi: aholining xarid qobiliyati; yashash sharoiti; yoshi va jinsi; qaysi tovarlarni afzal ko`rishi; kishilarningg mehnat faoliyati, turmush tarzi; inflyatsiya darajasi; bozor infrastrukturasi holati.
Bozor aloqalari faol bo`lishi uchun bozor infrastrukturasi yaxshi ishlashi lozim.
Bozor infrastrukturasi bozor aloqalarini yurgizish uchun xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuidir.
Infrastrukturani birjalar, savdo uylari, savdo kompaniyalari, hisob-kitob idoralari, maslahatchi firmalar, broker va auditor idoralari, yarmarkalar, tender (maxsus savdo) uyushtiruvchi tashkilotlar, bojxona idoralari, banklar, sug`urta kompaniyalari kabilar tashkil etadi. Ularning vazifasi oldi-sotdiga xizmat qilishdir.


Bozorning turlari va unsurlari

Bozorga g`oyat xilma-xil tovar va xizmatlar chiqariladi, ular bozor ob`ektini, aniqrog`i u erdagi oldi-sotdi ob`ektini tashkil etadi. O`z ob`ekti jihatidan bozorni quyidagi turlarga bo`lish mumkin:


1. Iste`mol tovarlari bozori, ya`ni iste`molchilar bozori kishilarning, tirikchiligi uchun zarur bo`lgan tovarlar va xizmatlar bozoridir. Bu bozorda keng iste`mol buyumlari, madaniy, maishiy va kommunal xizmatlari oldi-sotdisi olib boriladi. Bu bozorda deyarli barcha fuqaro ishtirok etadi. Bu bozorning O`zbekistonda aniq ko`rinishlari bor: magazinlar, savdo uylari, firmalar, supermarket, do`kon (shop), oshxona, nonvoyxona, har xil ustaxonalar, sartaroshxonalar, salonlar, nihoyat, dehqon bozorlari va buyum bozorlari.
2.
Download 91.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling