Reja: Bronxit nima?


Download 26.44 Kb.
bet9/9
Sana01.05.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1418728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bronxit

Sabzi sharbati va asal. Bir stakan sabzi sharbatiga 3 qoshiq asal qoʻshish va uni bir kunda 2 osh qoshiqdan 3 mahal ichish tavsiya etiladi;
Otquloq sharbati va asal. Oʻsimlik sharbati va asal bir xil hajmda olinadi va 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal qabul qilinadi;
Karam sharbati. Karam sharbatiga tabga koʻra asal qoʻshib bir kunda 3-4 marotaba qabul qilish. Karam sharbati ham bolalarda balgʻam koʻchishini ragʻbatlantiradi.
Bronxitning davosida koʻkrak qafasi massaji, nafas mashqlari (shar puflab shishirish, shamlarni puflab oʻchirish), baʼzi fizioterapiya usullari (elektroforez, UVCH, UB nurlar) va davolovchi gimnastikalar ham samarali hisoblanadi.

Bronxit qancha muddat davom etishi mumkin?


Oʻtkir bronxit oʻz-oʻzidan oʻtib ketadigan kasalliklar turkumiga kirmaydi. Shu sababli kasallikdan butunlay qutulish uchun ota-onalar biroz “ter toʻkishlari” kerak boʻladi.
Baxtga qarshi bronxitni davolash muddati uzoq vaqt talab etadi. Oddiy asoratsiz bronxit – toʻgʻri davo muolajalari olib borilgan boʻlsa, 1-2 hafta ichida butunlay oʻtib ketadi. Aks hollarda kasallik surunkali shakliga oʻtishi mumkin. Kasallikning surunkali shakli esa 2-3 oygacha choʻzilishi va xurujlarning qaytalanib turishi kuzatiladi.
Yoʻtal 2 haftagacha davom etadi. Traxeobronxitda esa 1 oy davomida bezovta qilishi ham mumkin. Odatda bakteriyalar va adenoviruslar chaqirgan bronxit uzoq muddat davom etadi.

Bronxit kasalligi profilaktikasi


Bronxit profilaktikasi sovuq qotmaslik, immunitetni oshiruvchi chora tadbirlar, toʻgʻri ovqatlanish ratsioniga rioya etish, bolalarni tutunli xonada boʻlmasligini taʼminlash (oilada chekuvchilar boʻlsa bolalar yonida chekmaslik kerak), oʻtkir respirator kasalliklarni oʻz vaqtida davolash va boshqalardan iborat.
Surunkali bronxit xuruj qilmasligi uchun sanatoriya sharoitida davolanish, bolalarni ob-havoga mos holatda kiyintirish, issiq kiyimlar bilan bolani oʻrab tashlamaslik, bolaning terlamasligini taʼminlash kerak.
Bronxitning spetsifik vaksinasi mavjud emas. Ammo, bronxitga sabab boʻluvchi ayrim guruh infeksiyalarga qarshi emlanish tavsiya etiladi.

Bronxit yuqumli kasallikmi?


Bronxit oʻz-oʻzidan yuqumli kasallik emas. Bronxit kasalligi koʻp uchrashining sababi – kasallik nafas yoʻllarining boshqa kasalliklari asorati sifatida rivojlanishidir. Shunday ekan bronxitning oʻzi emas, balki nafas yoʻllarining virusli kasalliklari yuqumli hisoblanadi. Bakterial bronxit rivojlanishiga kelsak, bronxit chaqiruvchi koʻpgina bakteriyalar normal holatda nafas yoʻllarida uchraydi, ular patogenligi bola immuniteti susayganda yoki sovuq qotganda yuzaga chiqadi.
Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling