Reja: Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish


Kassa kitobini yuritish va pulni saqlash


Download 212 Kb.
bet12/15
Sana17.06.2023
Hajmi212 Kb.
#1521178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1515124703 69819

Kassa kitobini yuritish va pulni saqlash

Kassa ordcri­ng raqami

Kimdanolingan yokikimgaberilgan

Korrcspon-
dcnsiyala-
nuvchi
subschot-
ning raqami

Kirim

Chi-
qim

1

2

3

4

5




Kunning boshigaqoldiq




200,00




7

Bankdan 0245536-sonli chek bo'yichaolibkelindi

100

650000,00




10

MenenjerErbolayevPo'latjonga xizmat safari (Konizarga) uchun bo‘nak berildi

160




15000,00

11

15-sonlito'lovvedomostibo'yicha xodimlarga ish haqi berildi

180




450000,00

8

Qayumova Ruzvonbibi xizmat safari (Konizarga) uchun olgan bo'nakning sarflanmagan qismi kassaga qaytarib topshirdi

160

5000,00




12

Qayumov Ostonaqulga xizmat safari (Konizarga) uchun bo'nak berildi

160




30000,00

13

Qayumov Mirzakarimga xizmat safari (Bag'dodga) uchun bo'nak berildi

160




25000,00

14

MurodovAxadjonga xizmat safari (Jondorga) uchun bo'nak berildi

160




20000,00

15

Ostonaqulova Bibirobiyaga xizmat safari (Konizarga) uchun bo'nak berildi

160




20000,00

16

Sarimsaqov Jo'raqo'ziga xizmat safari (Qirqvoldiga) uchun bo'nak berildi

160




20000,00

17

Ostonaqulova Qumrinisoga xizmat safari (Rishtonga) uchun bo'nak berildi

160




20000,00

18

Qayumov Rahimjonga deponent qilingan ish haqi summasi berildi

177




15000,00
Tashkilotning barcha tushumlari va naqd pul berilishi kassa kitobida hisobgaolinadi. Harbir budjet tashkiloti budjet mablag'lari bo'yicha bitta kassa kitobini hamda budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha ham bitta kassa kitobini yuritadi, bu kitoblar varaqlari raqamlangan, ip o'tkazilgan va unga surg'uchli yoki mastikali muhr bosilgan bo'lishi lozim. Kassa kitobidagi varaqlar soni mazkur budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri imzolari bilan tasdiqlanadi.
Budjet tashkilotlarida yoki budjet tashkilotlariga xizmat ko'r-satayotgan markazlashtirilgan buxgalteriyalarda kassa operatsiyalari hisobi kassir tomonidan O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tasdiqlagan shakldagi maxsus kitob-(KO-4-shakl)da olib boriladi.
KO-4-shakt Kassa kitobi

(....yil...yanvarkuniuchun)(so‘mvatiyin)1

2

3

4

5

19

MamadaliyevTurdialigaxizmat safari (Polosonga)uchunbo'nak berildi

160




20000,00




Jamibirkunda Kunning oxirigaqoldiq
Shujumladan,ishhaqiga




655000,00 20200,00 10000,00

635000,00

Kassir OstonaqulovaUmriniso
ikki kirim va o'nta chiqim hujjatlarini ilovalari bilan tekshirib, qabul qilib oldim.
Boshbuxgalter Akbarova Gulsunbibi
Kassa kitobidagi yozuvlar ikki nusxada sharikli ruchka, kimyoviy qalam yoki siyoh bilan, nusxa ko‘chiruvchi qog‘oz orqali, qayd etiladi. Varaqlaming ikkinchi nusxalari yirtib olinadigan bo‘lishi kerak, ular kassirning hisoboti bo'lib xizmat qiladi. Varaqlaming birinchi nusxalari kassa kitobida qoladi. Varaqlaming birinchi va ikkinchi nusxalari bir xil raqam bilan raqamlanadi. Kassa kitobiga o‘chirib-yozish va izohsiz tuzatishlar kiritish man etiladi.
Kassa kitobiga yozuvlar har bir order yoki uning o‘miga o‘tadigan boshqa hujjat bo‘yicha pul berilganidan yoki pul olinganidan keyin kassir tomonidan darhol qayd etiladi. Har kuni-ish kuni oxirida kassir bir kunlik operatsiyalar yakunini hisoblaydi, kassada keyingi sanaga pul qoldig‘i chiqanladi va ikkinchi yirtib olinadigan varaq (kassa kitobidagi bir kunlik yozuvlar nusxasi)ni kirim va chiqim kassa hujjatlari bilan birgalikda kassa kitobiga imzo chektirib buxgalteriyaga topshiradi.
Agar budjet tashkilotlarida har kuni umumiy summasi 200 so‘mgacha bo'lgan operatsiyalar amalga oshirilsa, kassa hisobotlari 3-5 kunda bir marta tuzilishi mumkin. Kassa kitobi to‘g‘ri yuritilishini nazorat etish budjet tashkilotining bosh buxgalteri zimmasiga yuklanadi.
Oluvchining imzosi bilan tasdiqlanmagan chiqim kassa orderi yoki uning o‘mini bosadigan boshqa hujjat bilan kassadan berilgan pul kassadagi naqd pul qoldig‘ini hisoblashda e’tiborga olinmaydi. Bu summa kamomad hisoblanadi va kassirdan undirib olinadi. Kassadagi kirim kassa orderlari bilan tasdiqlanmagan naqd pul kassadagi ortiqcha pul hisoblanadi va daromadga olinadi.
Bir necha kassirlar ishlaydigan budjet tashkilotida katta kassir ish kuni boshlanishidan oldin boshqa kassirlarga chiqim operatsiyalari uchun zarur bo'lgan naqd pul miqdorini bo‘nak sifatida kassir tornonidan qabul qilingan va berilgan pul hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib beradi.
Kassirlar ish kuni oxirida katta kassirga olingan bo‘nak va kirim hujjatlari bo'yicha qabul qilingan pul to‘g‘risida hisob berishi hamda naqd pul qoldig‘i va amalga oshirilgan operatsiyalarga doir kassa hujjatlarini katta kassirga kassir tornonidan qabul qilingan va berilgan pullar hisobini yuritish kitobiga imzo chektirib beradi.
Kassir ish haqi to‘lash va stipendiyalar berish uchun olingan bo‘nak pul yuzasidan ularai to'lash uchun to'lov vedomostida ko'rsatilgan muddatda hisobot beradi. Bu muddat tugaguniga qadar to'lov vedomostlari bo'yicha berilmagan naqd pul qaytarib topshiriladi. Bu pul kassirlar tornonidan muhrlangan xaltalar, paketlar va boshqalarda summasi ko'rsatilgan holda katta kassirga topshiriladi.
Har bir tashkilot naqd pul bilan hisob-kitoblami amalga oshirish uchun o'z kassasiga ega bo'lishi lozim. Naqdpulni qabul qilish, berish hamda vaqtincha saqlash uchun mo'ljallangan, alohida ajratilgan va maxsus jihozlangan xona kassa deb ataladi. Budjet tashkilotlarining rahbarlari kassaning tegishli ravishda jihozlanishi va pulning kassa xonasida saqlanishini, shuningdek, uni bank muassasasidan olib kelish hamda bank muassasasiga topshirilishi vaqtida but saqlanishini ta’minlashlari shart. Rahbarlarning aybi bilan pul mablag'larini saqlash va tashish vaqtida pulning but saqlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmagan hollarda, ular qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Tashkilotlaming kassalari zarur bo'lgan hollarda sug'urta tash-kilotlari tornonidan sug'urta qilinishi mumkin. Kassa xonasi alohida ajratilgan bo'lishi, eshiklari esa, operatsiyalami amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanadigan bo'lishi kerak. Kassa ishiga aloqador bo'lmagan shaxslaming bu xonaga kirishi man etiladi.
Budjet tashkilotlaridagi barcha naqd pul va qimmatli qog'ozlar, odatda, yonmaydigan metall javonlarda saqlanadi. Ular kassa ishi tugaganda kalit bilan qulflanadi va kassiming surg'uchli muhri bilan muhrlanadi. Metall javonlaming kalitlari va muhrlar kassirlarda saqlanadi hamda ularni kelishilgan joylarda qoldirish, begona shaxslarga berish yoki hisobda turmagan dublikatlarini tayyorlash taqiqlanadi. Metall javonlar turgan xonalaming eshiklarini ochiq qoldinsh, shuningdek bu javonlaming eshiklarida kalitlami qoldirish qat’iyan man etiladi.
Kalitlaming hisobda turgan dublikatlari paketlar, qutichalar va shu kabilarga solinib, kassirlar tomonidan muhrlanadi va budjet tashkilotilarining rahbarlarida saqlanadi. Karmda har oyda bir marta komissiya tekshiruvi o'tkaziladi. Kalit yo'qolganligi aniqlangan hollarda budjet tashkilotining rahbari ichki ishlar organlariga bu haqda xabar beradi va zudlik bilan metall javonni almashtirish chorasini ko'radi.
Muayyan budjet tashkilotiga tegishli bo'lmagan naqd pul va boshqa qiymatliklarni kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassa xonasini va metall javonlarai ochishdan oldin kassir qulflar, eshiklar, deraza panjaralari va muhrlarning butligini ko'zdan kechirishi hamda qo'riqlash tizimi soz holatda ekanligini tekshirib, bunga ishonch hosil qilishi kerak.
Muhr shikastlangan yoki buzilgan, qulf, eshik va panjaralar buzilgan, sindirilgan hollarda kassir zudlik bilan bu haqda budjet tashkilotining rahbarini xabardor qiladi. U esa. sodir bo'lgan voqea to'g'nsida ichki ishlar organlariga xabar beradi va militsiya xodimlari yetib kelguniga qadar kassani qo'riqlash choralarini ko'radi.
Bunday hollarda, budjet tashkilotining rahbari, bosh buxgalten yoki ularning o'raini bosuvchi shaxslar hamda kassir, ichki ishlar organlarining ruxsatini olgandan keyin, kassada saqlanayotgan pul mablag'lari va boshqa qiymatliklar mavjudligini tekshiradi. Bu tekshiruv kassa operatsiyalari boshlangunga qadar amalga oshinladi. Tekshiruv natijalari to'g'risida to'rt nusxada dalolatnoma tuziladi va u tekshiruvda qatnashgan barcha kishilar tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi-ichki ishlar organlariga, ikkinchisi-agar tegishli shartnoma tuzilgan bo'lsa, sug'urta kompaniyasiga, uchinchisi-yuqon tashkilotga (agar u mavjud bo'lsa) beriladi, to'rtinchisi esa, mazkur budjet tashkilotidaqoladi.
180
Ishchi va xizmatchilaming moddiy javobgarligi to‘g‘risida amal-dagi qonunchilikka muvofiq, kassir o‘zi qabul qilib olgan barcha qiymatliklaming but saqlanishi uchun hamda tashkilotga qasddan qilingan harakatlar, shuningdek, o‘z vazifalariga pala-partish va sovuq-qonlik bilan qarashi natijasida yctkazilgan zarar uchun to'la moddiy javobgarhisoblanadi.
Kassimingishgatayinlanganligito‘g‘risidabuyruq(qaror)chiqarilganidan keyin, budjet tashkilotining rahbari kassimi imzo chektinb 0‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari» bilan tanishtirishi, bundan so‘ng kassir bilan uning to‘la shaxsiy moddiy javobgarligi to‘g'nsida shartnoma tuzilishi kerak. Kassir to‘la moddiy javobgarligi to'g'risida o'zining shaxsiy delosida saqlanadigan majburiyat beradi.
Shtat bo'yicha kassir lavozimi bo'lmagan kichik budjet tashkilotlarida naqd pul bilan to'lanadigan operatsiyalar budjet tashkiloti bo'yicha buyruq bilan rasmiylashtiriladigan hisobdor shaxslar orqali amalga oshiriladi. Kassir o'ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib topshirishi man etiladi.
Kassir majburiyatimng mavmini quyidagicha bo‘lishi mumkin:
«Men, quyida imzo chekuvchi kassir , menga
(familiyasi, ismi, otasining ismi),
budjet tashkiloti topshirgan
(tashkilotning to‘la nomi) barcha pul mablag'lari va boshqa qiymatliklar uchun to'la javobgarlikniо ‘zzimmamga olaman. Agarmemngmas ’uliyatsizligim, beparvoligim yoki ehtiyotsizligim natijasida budjet tashkiloti
ga ziyon ke/tirsam, и holda men uni
(tashkilotning to'la nomi) to Ъ hajmda qaytarish majburiyatini olaman. Men belgilangan kassa operatsiyalarini olib borish qoidalarini to 'la bajarish majburiyatini olaman va ularning buzilishi uchun javobgardirman».
Majburiyatni imzolash sanasi va majburiyat olayotgan kassir-ning imzosi.
Bitta kassiri bo'lgan tashkilotlarda, u vaqtincha almashtirilishi zarur bo'lgan hollarda, kassir vazifasini bajarish budjet tashkiloti rahbarining yozma buyrug'i (qarori) bilan boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. Bu xodim bilan tegishli shartnoma tuziladi va undan ham kassirning yozma majburiyati olinadi.
Kassir ishni to'satdan qoldirgan (kasal bo'lgan va boshqa) hollarda uning hisobidagi qiymatliklar darhol budjet tashkilotining rahbari va bosh buxgalteri ishtirokida yoki budjet tashkilotining rahbari tayinlagan shaxslardan tarkib topgan komissiyaning ishtirokida ishni qabul qilayotgan kassir tomonidan qayta sanaladi. Qiymatliklarni qayta sanash va topshirish to'g'risida dalolatnoma tuzilib, unga yuqorida ko'rsatilgan shaxslar imzo chekadi.
Katta tarkibiy bo'linmalari bo'lgan yoki markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan xizmat ko'rsatiladigan budjet tashkilotlarida ish haqi to'lash, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, stipendiya, pensiya va mukofotlarni to'lash budjet tashkiloti rahbarining yozma buyrug'i(qarori)ga muvofiq kassirlardan tashqari, boshqa shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunda ushbu shaxslar bilan tegishli shartnoma tuziladi vaulargakassirlaruchunkassaoperatsiyalarini olib borish qoidalarida belgilangan barcha huquq va majburiyatlar tatbiq etiladi. Bunday shaxslar belgilangan tartibga muvofiq jihozlangan kassa punktlan xonalarida pul mablag'larini beradilar va qabul qiladilar.
Kassa hujjatlariga imzo chekish huquqidan foydalanadigan buxgalterlar va boshqa xodimlar kassirlik vazifasini bajarishlari mumkin emas.
Shtatlar jadvali bo'yicha kassir lavozimi ko'zda tutilmagan tash­kilotlarda kassa operatsiyalarini bajarish vazifasi yuklatilgan boshqa xodimlar zimmasiga kassa operatsiyalarini amalga oshirish bo'yicha majburiyatlar ham xuddi shu tarzda yuklanadi.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling