Reja: Budjet sudasi
Download 23.48 Kb.
|
Reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kassa xarajatlarini amalga oshirish
- Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar
Reja: Budjet sudasi Kassa xarajatlarini amalga oshirish Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar: Budjet sudasi — yuqori byudjetdan quyi byudjetga yohud respublika byudjetidan rezident — yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bn ajratiladigan mablagʻ („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). Budjet ssudasi kechiktirib boʻlmaydigan birinchi navbatdagi tadbirlarni moliyalashtirishni taʼminlash uchun beriladi . Ular : a) daromadlar tushumlari b-n xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi rejali vaqtincha uzilishlarini qoplash uchun; b) daromadlar tushumlari bn xarajatlarni amalga oshirish oʻrtasidagi amaldagi vaqtinchalik kassa uzilishlarini qoplash uchun; v) QR byudjeti va mahalliy byudjetlar rejali xarajatlarini maqsadli moliyalashtirish sxemalarini amalga oshirish uchun ajratiladi . Ssudalar joylardagi hokimiyat ijroiya organlari rahbarlarining yozma murojaati boʻyicha beriladi. Ular QR Vazirlar Kengashi, vil . hokimlari va Toshkent sh . Hokimi tomonidan OʻzR Moliya vazirligiga joʻnatiladi, tum.lar va sh . hokimlari esa yuqori hokimiyat organlariga yuboradi. Byudjetga daromadlar kelib tushmagan yoki byudjet xarajatlarini oldindan moliyalashtirish zarurati tugʻilgan holatlar hamda qabul qilingan choralar tegishli byudjet daromadlari va xarajatlari muvozanatini taʼminlamagan sharoitlar ssuda berilishi uchun murojaatga asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Kassa xarajatlarini amalga oshirish G‘aznachilik bo‘linmalari budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning buyurtmalari bo‘yicha to‘lovlarni ularda budjetdan ajratiladigan mablag‘lar, yuridik va moliyaviy majburiyatlar mavjud bo‘lgan taqdirda, shuningdek budjet tashkilotlari budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘larining qoldiqlari doirasida amalga oshiradi. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarni to‘lash uchun to‘lov hujjatlarini g‘aznachilik bo‘linmalariga to‘lov amalga oshiriladigan sanadan kechi bilan bir ish kuni oldin taqdim etadi. G‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan budjet tashkilotlari (budjet mablag‘lari oluvchilar) o‘rtasidagi, budjet tizimi budjetlarining turli darajalari o‘rtasidagi, shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari o‘rtasidagi to‘lovlar g‘azna memorial ordyerlari asosida amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari oluvchilarning chet el valyutasidagi to‘lovlari hamda pul o‘tkazmalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari foydasiga amalga oshiriladi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) yetkazib beruvchi tomonidan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga joriy yoki kelgusi yilda qaytariladigan Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining mablag‘lari hisobidan o‘tgan moliya yilida hosil bo‘lgan debitorlik qarzining summasi, tegishli moliya yiliga qo‘shimcha davrda qaytariladiganidan tashqari, tegishli budjet daromadlariga o‘tkaziladi. Budjet tizimi budjetlari xarajatlar qismining ijrosi: yuridik va moliyaviy majburiyatlarni qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olishni; kassa xarajatlarini amalga oshirishni, shu jumladan budjetlararo transfertlarni o‘tkazishni; hisob va hisobotni nazarda tutadi. Budjet tizimi budjetlarining xarajatlari daromadlar va xarajatlar yoyilmasida nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida hamda budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan muddatlarda, daromadlarning tushishi hisobga olingan holda amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlariga va budjet mablag‘lari oluvchilarga turli darajadagi budjetlardan budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan hollar bundan mustasno. Budjet tizimi budjetlarining ijrosi jarayonida budjetdan ajratiladigan mablag‘lar: 1) quyidagilar munosabati bilan foydalanilmay qolgan budjetdan ajratiladigan mablag‘larning: budjet tashkilotlarining tarmog‘i, shtatlari va kontingentlari bo‘yicha reja bajarilmaganligi; budjet tashkilotlarining tasdiqlangan shtat jadvalida nazarda tutilgan shtat birliklari to‘ldirilmaganligi; kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish uchun nazarda tutilgan mablag‘lar moliya yili yakuni bo‘yicha to‘liq o‘zlashtirilmaganligi; budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilar faoliyati to‘xtatib turilganligi — to‘xtatib turilgan davr uchun; 2) budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning tasdiqlangan xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan, davlat moliyaviy nazorati bo‘yicha tadbirlar davomida aniqlangan ortiqcha va qonunga xilof ravishda budjetdan ajratilgan mablag‘larning summalariga; 3) qonun hujjatlari qabul qilinishi munosabati bilan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar miqdorlarining qisqartirilishi summalariga; 4) moliya yili boshiga tovar-moddiy qimmatliklarning normativdan ortiq zaxiralarining summalariga; 5) dotatsiyalar va subsidiyalarni to‘lash uchun mo‘ljallanib, ammo zarurati qolmagan summalariga kamaytiriladi. Budjetdan ajratiladigan mablag‘larni ushbu moddaning to‘rtinchi qismiga muvofiq kamaytirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi. Download 23.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling