Bug’li issqilik ta’minoti
MUSTAQIL ISH
Bajardi:Kunnazarov Qural
Qabul qiluvchi:Azimova Munira
Reja:
- Bug'li issiqlik ta'minoti tizimlari;
- Kondensat qaytmaydigan chizmalar;
- Ulanish chizmalari;
- Nazarot savollari.
Bug'li issiqlik ta'minoti tizimlari.
Issiqlik ta'minotida bug'li tizimlar: - bir quvurli;
- ko'p quvurii;
- yuqori bosimli;
- kichik bosimli;
- kondensatning qaytishi;
- qaytmasligi bilan bo'ladi.
Isitish asboblari bug' quvurlariga:
- bog'liq;
- bog'liq bo'lmagan chizmalar bilan ulanadi.
Issiq suv tizimidagi uskunalar:
- bog'liq bo'lmagan chizma, ya'ni aralashuvchi isitgichlar
yordamida ulanadi.
Kondensat qaytishi bilan bo'lgan tizimlar turar joy, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari uchun xizmat qiladi.
Bug' bilan isitish tizimida, bug'ning sarfini sozlash krani orqali sozlanadi. Ventilyatsiya, issiq suv ta'minoti va texnologik apparatlar uchun bug' sarfi avtomatik regulatorlar, haroratlar regulatori va sarf regulatori (HR va SR) yordamida sozianadi.
Isitish tizimi va issiq suv ta'minoti tizimida:
- kondensat ajratuvchi;
- kondensat yig'uvchi:
- kondensat nasoslar,
binolarga kirish joyida qo'yiladi.
- Ventilyatsiya va texnologik agregatlarda kondensat ajratuvchilar har bir uskunalardan yoki bir guruh uskunalardan keyin o'rnatiladi.
- Kondensatlar bir umumiy quvur bo'yicha qaytadi va uning diametri, uzatish quvurining diametriga nisbatan 3-5 marta kichik bo'ladi.
- Issiqlik stantsiyasiga qaytayotgan kondensatning bosimi yetarli bo'lsa, kondensatni nasoslar yordamida haydaladi va bunday kondensat quvurlarni – bosimli, deb ataladi.
- Kondensat qaytmaydigan chizmalar turar joy binolar va ishlab chiqarish korxonalaridagi isitish, ventilyatsiya va issiq suv ta'minotida juda kam qo'llaniladi.
Issiqlik iste'molchilari bu tizimlarga bog'liq bo'lgan chizmalar yordamida ulanadi. Isitish asboblarida hosil bo'lgan kondensatni kerakli haroratga sovutib, issiq suv ta'minoti uchun ishlatiladi (a, b - chizmalar).
Issiq suvni dush xonalari uchun tez tayyorlashda, bug'ni sovuq suv bilan aralashtirgan holda akkumulatordan, oqimli isitgichlardan va ijektorlardan foydalaniladi (v - chizma).
Ulanish chizmalari: a) isitish tizimini bog'liq chizmasi bo'yicha; b) isitish tizimini bog'liq bo'lmagan chizmasi bo'yicha; v) issiq suv ta'minoti bo'yicha; g) texnologik uskunalar uchun; l - bug' quvuri; 2 - kondensat quvuri; RK - rostlash krani; KD - kondensat ajratkich; KS - kondensat to'plagich; II - isitgich; A - akkumulator; R - kengayish idishi; ТА - texnologik apparat.
Kondensat qaytadigan bir quvurli bug'
tizimining chizmasi.
Kondensat qaytmaydigan bir quvurli bug'
tizimining chizmasi.
Bug'li tizimlar ta'minotida quvurlar soni korxona ish haraktyeri, vazifasi va ishlab chiqarish quvvatiga bog'liq bo'ladi. Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qaytadan ishlash, yog'ochlarni quritish, korxonalarida va mavsumiy issiqlik yuklamalarini sezilarli darajada o'zgarishi bo'lgan joylarda ko'p quvurli bug' quvurlarini ishlatish mumkin. Bunda bitta bug' quvuri o'rtacha bug' sarfi uchun hisoblanadi, qolgan quvurlar zaxira quvurlar bo'lib, korxona uchun qo'shimcha minimal bug' yuklamalarini yuborishda ishlatiladi.
Nazorat savollari .
- Bug'li issiqlik ta'minoti tizimralari haqida nimalarni bilasiz?
- Kondensat qaytmaydigan chizmalar nima uchun kam ishlatiladi ?
- Qanday kondensat quvurlarni bosimli deb ataladi?
- Qanday ulanish tizimlari mavjut ?
Do'stlaringiz bilan baham: |