Reja: Bulutli texnologiyalar tushunchasi va ularning evolutsiya tarixi
Download 372 Kb.
|
0CD6BC9F-F997-4A34-A2FB-F51080E277A5.3--MAVZU (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va ularning evolutsiya tarixi.
MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA BULUTLI TEXNOLOGIYALARI Reja: 1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va ularning evolutsiya tarixi. 2. Bulutli texnologiyalar va bulutli hisoblash 3. Bulutli hisoblash xizmatlarini yetkazib berish modellari 1. Bulutli texnologiyalar tushunchasi va ularning evolutsiya tarixi. Ushbu atamaning paydo bo'lish tarixini ko'rib chiqishda javob berish kerak bo'lgan eng muhim savol bu "bulut" atamasining ta'rifidir . "Bulut" atamasini birinchi marta kim ishlatganligini aniq aytish hali ham mumkin emas, ammo ba'zi manbalarga ko'ra , atamaning kelib chiqishi kompyuter aloqasi infratuzilmasi chizmalarida bulutlardan foydalanish an'anasini bilan bog’lash mumkin. Umuman olganda, "bulut" atamasi "Internet" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi, ma'lum hollarda esa "bulut" uzoq serverlar, shuningdek tarmoq infratuzilmasi yoki barchasi tushunilishi mumkin. "Bulut" tushunchasi inqilobiy kontseptsiyasi emas, mayn-freym (ta'lim muassasalari va korporatsiyalar)ng yuqori samaradorlikni va foydani olish uchun uning quvvatlarini optimal yuklab olishga harakat qilgan XX asrning 50-yillarida g’oya va texnologiyalardan vujudga kelgan bo’lib evolyutsion konsepsiasi hisoblanadi. Optimallashtirishga intilish foydalanuvchilar vaqtincha asosda uzoqdan kirish haqidagi g'oyani paydo bo’lishiga sabab bo’ldi va buning uchun mavjud bo'lgan barcha resurslar va vaqtdan foydalangan. Bulutli hisob-kitoblar kontsepsiya tarixida 1960 yilda sun’iy intellekt sohasida amerikalik mutahassisi Djon Makkarti (John Mackarthi) "hisoblash imkoniyatlar biron kun ochiq bo'lishi mumkin", ya'ni uning hisoblash imkoniyatlari foydalanuvchilarga xizmat (servis) sifatida taqdim etishni taklifi ahamiyatli bo’lgan. Keyinchalik 70-yillardan boshlab to XX asrning 90 – yillargacha bulutli texnologiyalar rivojlanishi komminikatsion va tarmoq texnologiyalar nomukammalligi tufayli sekinlashdi. Bulut hisoblashni kontseptuallshtirishning keyingi qadamlari veb sayt ko’rinishda obuna orqali taqdim etiladigan Salesforce.comning CRM -tizimining (1999) paydo bo’lishi va Amazon.com (2002 y.) kitob magazini orqali xizmatlar taqdim etishi boshlanishi hisoblanadi. Bulutli texnologiyalarning rivojlanishining avjiga yetishi 2006 yilda Amazon Web Service (AWS)ing Amazon platformaning ishga tushurilishi bilan bog’liq. Kompaniya ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini modernizatsiya qilib, ko’plab kompyuter infratuzilmalar kabi umumiy hajmining atigi 10%ni ishlatgan. Amazon bulutli hisoblash bozorini ochishda muhim rol o’ynadi va shu bilan o'z resurslarini optimallashtirib, ilgari ishlatmay qolgan manbalardan foyda olishni o’rgandi. 2008 yilda Microsoft Windows Azure va Google - Google App Engine bulutli platformalarni taqdim etgan. 2008 yildan boshlab bulutli hisoblash bozori yetakchi kompaniyalar ( Amazon , Microsoft , Salesforce , Google , HP, Dell , AT&T, RackSpace ) va muayyan muammolarni hal qilish uchun bulutli manbalarni taqdim etuvchi tashkilotlar ( Engine Yard , gCloud3, OrangeScape) bilan to'ldirilib, tez sur'atlar bilan rivojlana boshladi. 2009 yilda Google Apps ilovalari ishga tushirilishi targ'ib qilisdah va bulutli hisoblashni anglashda navbatdagi muhim qadam sifatida nishonlanadi. Download 372 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling