Reja: Butunjahon banki guruhining ta'sis etilishi, maqsad va vazifalari
Download 58 Kb.
|
O\'ZBEKISTONDA MILLIY VALYUTA SO\'MNING BARQARORLIGINI OSHIRISH VAZIFALARINI HAL ETISH BORASIDAGI DASTURLAR
O'zbekiston prezidenti I.Karimov 1998 yil 8 sentabrda Ozarbayjon poytaxtida ish boshlagan Buyuk Ipak yo'lini tiklashga bag'ishlangan Xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.TRASEKA dasturi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlarga nafaqat unga ishtirokchi mamlakatlar, borki jahondagi boshqa davlatlar ham katta qiziqish bilan qarashmoqda. Mazkur anjumanda jahonning 32 mamlakati bilan bir qatorda Jahon banki ham faol ishtirok etdi. Jahon bankining bundan oldin ham o'tkazilib, kelayotgan tadbirlarda ham faolligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, 1995 yil 3 martda Toshxovuzda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo'ldi. Uchrashuvda N.Nazarboyev Orol dengizini qutqarish bo'yicha xalqaro jamg'arma faoliyati haqida ma'ruza qildi. Mazkur jamg'armaga mablag' ajratish masalalari ko'rib chiqildi. Bu jamg'armani amalga oshirishda Jahon banki ham o'zi qo'llab quvvatlash bilan faol qatnashganligi ta'kidlandi.Bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, yangilanish va taraqqiyot yo'li bo'yicha muvafaqiyatli xarakat O'zbekistonning tashqi aloqalarini faollashuvi, uning dunyo xo'jalik aloqalariga keng kirib borishi bilan uzviy bog'liq. Tashqi iqtisodiy faolitni erkinlashtirish bilan valyuta siyosatini erkinlashtirish juda jips bog'langandir. Bu borada Xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik maqsadga muvofiqdir. Xalqaro valyuta fondining xizmatlari muhim ahamiyatga ega. Valyuta siyosatini erkinlashtirish birjadan tashqaridagi valyuta bozorini jiddiy ravishda mustahkamlashni, unda amalga oshiriladigan operasiyalar hajmini kengaytirishni, tijorat banklarining valyutalarni tezda pulga aylantira olish quvvatini oshirishni nazarda tutadi. Bu esa impor qiluvchilarning lisenziyalash ularning chet elda tovar olib kelish uchun ruhsat berishning mavjud tizimini yo'q qilish, valyutaga bo'lgan haqiqiy talab va taklifga ma'qul keladigan almashuv kursini belgilash imkonini beradi.Yuqoridagi chora tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro valyuta fondi bilan olib borilayotgan hamkorlik taxsinga sazovorligini alohida ta'kidlashimiz lozimdir.Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling