Reja: Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari


Download 1.86 Mb.
Sana13.03.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1265761
Bog'liq
KuzievU.bugalteriya.h


KUZIEV UKTAMNING Buhgalteriya hisobining ahborot tizimlari fanidan taqdimot ishi.
Reja:
1. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari.
2. Buxgalteriya hisobida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalari.
3. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish zamonaviy dasturlari.
Buxgalteriya hisobining paydo bo’lishidan boshlab o’tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi korxonalarida, asosan buxgalteriya hisobining to’rtta shakli: soddalashtirilgan, memorial-order, jurnal-order va elektron hisoblash mashinalariga asoslangan avtomatlashtirilgan shakllari qo’llanilmoqda.
Buxgalteriya hisobi tarixiy rivojlanish jarayonida asta sekin o’zgarib, takomillashib borgan. Jamiyat rivojlanishining har bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha tartiblari hamda usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalarining u yoki bu usullaridan foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro’yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteIiya hisobining turli shakllarining paydo bo’lishiga olib keldi.
Bugungi kunda turli soha tizimlarida amalga oshirilayotgan avtomatlashtirish va modernizatsiyalash tendensiyasi buxgalteriya hisobi tizimini ham chetlab o’tmadi. Chunki hamma tashkilotlar amalda ish jarayonlarini, jumladan, buxgalteriya ishlarini avtomatlashtirishga muhtoj
Chunki hamma tashkilotlar amalda ish jarayonlarini, jumladan, buxgalteriya ishlarini avtomatlashtirishga muhtoj. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida xo’jalik amaliyotida kompyuter texnikasidan foydalanish buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shaklini jadal rivojlantirishga yo’l ochib berdi.
Kompyuterlar katta hajmdagi axborotni xotirasida saqlashga qodir. Hisob yuritishning ushbu zamonaviy shaklini qo’llash buxgalteriya hisobining hozirgi kundagi eng asosiy funksiyasi bo’lgan
axborotlarni tezkor-operativ ravishda olish imkoniyatini yaratadi.
Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan axborot tizimini tuzish ancha murakkab tadqiqot-izlanishidan iborat loyihaviy ish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining o’ziga xos jihatlari ko’p. Hujjatlarning ko’pligi, keng xotirali va o’tkazish xususiyatlari yaxshiroq bo’lgan texnik vositalarni qo’llashni talab etadi
Iqtisodiy axborotni ishlashni avtomatlashtirilgan tizimining (IAIAT) tarkibiy, nisbiy, mustaqil qismi bo'lib, boshqaruvning muayyan vazifasini o'z ichiga oladi. Amalda ishlash quyi tizimlarining turli tarkiblari bo'lib, ko'pincha ulardan "Ildam boshqaruv", "Buxgalteriya hisobi", "Rejalashtirish", "Talabni o'rganish va bashoratlash" tizimlari tez-tez uchrab turadi.Bozor iqtisodiyeti sharoitida boshqaruvning barcha darajalarda qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslarini oshirish zarur. Boshqaruvni yaxshilashning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblash texnikasidan, avvalo, elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) doirasida foydalanish axborotni to'plash va ishlashni jadallashtirishga ko'p muqobilli yechimlar tayerlashga yerdam beradi.
Buxgalteriya vazifalarni yechishni avtomatlashtirgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish deganda buxgalteriya hujjatlarni tuzish paytida birlamchi ma’lumotlarni yozishdan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlovchi operatsiyalarning yigindisidir. Hozirgi bosqichda temir yo’l transportida buxgalteriya vazifalarni axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda olib boriladi.
Buxgalteriya vazifalarni yechishni avtomatlashtirgan axborot texnologiyalari asosida tashkil qilish deganda buxgalteriya hujjatlarni tuzish paytida birlamchi ma’lumotlarni yozishdan boshlab yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish bilan yakunlovchi operatsiyalarning yigindisidir. Hozirgi bosqichda temir yo’l transportida buxgalteriya vazifalarni axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda olib boriladi.
Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling